Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet41/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Nazorat uchun savollar
1.Moliyaviy nazorat deb nimaga aytiladi?
2.Moliyaviy nazoratning predmeti qanday moliyaviy kо‘rsatkichlardan iborat?
3.Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat qanday sohalarga bо‘linadi?
4.Nodavlat moliyaviy nazorati nechaga bо‘linadi?
5.Moliyaviy nazorat о‘z ichiga qanday tekshiruvlarni oladi?
6.Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, qanday elementlardan tashkil topadi?
6.Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?
7.Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari nimalardan iborat?
8.Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
8-Mavzu: Xо‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
Reja
1.Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xо‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi bilan о‘zaro bog‘liqligi.
2.XYUSlarni isloh qilish va ular moliyaviy xо‘jaligini qayta qurishning zarurligi.
3.XYUSlarning faoliyatida sifat о‘zgarishlarni amalga oshirish. XYUSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari. XYUSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni. Sof foydani va aktivlarni kapitallashtirish.
4.Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish xarajatlari, foydasi va rentabelligi.
5.Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning baho siyosati va baholarni shakllantirish asoslari.


1.Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xо‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi bilan о‘zaro bog‘liqligi
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub’ektlari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib (tashkil topib), о‘zaro bog‘langan quyidagi bо‘g‘inlardan tashkil topadi:
-respublika va mahalliy byudjetlar, davlat maqsadli fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat (unitar) xо‘jalik yurituvchi sub’ektlari (XYUS) va davlatning ishtirokidagi XYUSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-rо‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital kо‘rinishidagi milliy boylik hajmi (о‘lchami)ni kiritish mumkin;
-xususiy XYUSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Bu erda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli quyilmalar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir.
SHuningdek, bu erda aylanma aktivlarning tarkibiga zahiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi.
Xо‘jalik yurituvchi sub’ekt (XYUS)larning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bо‘lgan XYUSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlikning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bо‘ladi.
Bank - kredit tizimining moliyaviy salohiyati - kredit resurslariga bо‘lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bо‘yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisidir. Juda kо‘pchilik mamlakatlarning bank - kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. XYUSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga ega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlarning salmog‘i iqtisodiyot samaradorligining о‘sishi uchun etarli emas;
- sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar о‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bо‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bо‘ladi;
- uy xо‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning jami daromadlari, soliq, renta va foiz tо‘lovlari, investitsion talabning о‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqali ifodalanadi.
Hozirgi paytda juda kо‘p mamlakatlarda aholining jamg‘armalari, XYUS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun tо‘liq foydalanilmayapti.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish