35-Mavzu:Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Reja 1.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari. 2.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti va uni aniqlash tartibi. 3.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanishi: yer usti suv resurslari manbalari bо‘yicha; yer osti suv resurslari manbalari bо‘yicha. 4.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bо‘yicha imtiyozlar tarkibi. 5.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va byudjetga tо‘lash muddatlari. 6.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bо‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun tо‘lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kо‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xо‘jaligi korxonalari, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) - har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigacha;
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun tо‘lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan-yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha, yil yakunlari bо‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
3) yagona yer solig‘ini tо‘lashga о‘tmagan qishloq xо‘jaligi korxonalari tomonidan – yilda bir marta hisobot davrining 15 dekabrigacha;
4) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘lash tо‘g‘risidagi tо‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘lashni tо‘lovchilar tomonidan suvdan foydalanish joyida hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklari bundan mustasno.