Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet180/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

3-VAZIYAT. Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JSHDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yanvarь oyi uchun 1 400 000 sо‘m tо‘langan.
Unga farzandli bо‘lganligi munosabati bilan 2 600 000 sо‘m moddiy yordam kо‘rsatilgan.
Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-xatboshilariga kо‘ra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan tо‘lovlar; xodimga mehnatda mayib bо‘lganlik, kasb kasalligi yoxud sog‘liqqa boshqacha shikast etganligi bilan bog‘liq tо‘lovlar; bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan о‘tishi munosabati bilan beriladigan tо‘lovlar; qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‘lar berish tarzidagi tо‘lovlarga JSHDS solinmaydi.
Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qо‘llaniladi (202 730 x 12 = 2 432 760 sо‘m).
Soliq solinadigan daromad 1 567 240 sо‘mga teng.
(1 400 000 + 2 600 000 – 2 432 760).
Yanvar oyi uchun soliqni hisoblab yozamiz:
1 567 240 x 12foiz = 188 068,8 sо‘m.
SHJBPHga majburiy badallar summasi 1 567,24 sо‘mni (1 567 240 x 0,1foiz) tashkil etadi.
Yanvar oyi uchun byudjetga 186 501,56 sо‘m (188 068,8 – 1 567,24) JSHDS о‘tkaziladi.
Xodim qо‘liga 3 811 931,2 sо‘m (1 400 000 + 2 600 000 – 188 068,8) ish haqi oladi.
4-VAZIYAT. Qimmatbaho sovg‘a olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JSHDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yanvarь oyida 1 500 000 sо‘m ish haqi tо‘langan. Unga
1 2000 000 sо‘mlik smartfon sovg‘a qilindi.
Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga kо‘ra bir yil mobaynida yuridik shaxslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha bо‘lgan summada olingan sovg‘alarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qо‘llaniladi (202 730 x 6 = 1 216 380 sо‘m).
Soliq solinadigan daromad 2 283 620 sо‘mga (1 500 000 + 2 000 000 – 1 216 380) teng.
Yanvar oyi uchun soliqni hisoblab yozamiz:
2 283 620 x 12foiz = 274 034,4 sо‘m.
Yanvar oyi uchun JBPHga majburiy badallar summasi 2 283,62 sо‘mga (2 283 620 x 0,1foiz) teng.
Byudjetga 271 750,78 sо‘m (274 034,4 – 2 283,62) JSHDS о‘tkaziladi.
Xodim qо‘liga 1 225 965,6 sо‘m (1 500 000 – 2 74 034,4) ish haqi oladi.
5-VAZIYAT. Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovg‘a olinganda) JSHDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 180-moddasiga kо‘ra imtiyozga haqli bо‘lgan xodimga yanvarь oyida 1 500 000 sо‘m ish haqi tо‘langan. Unga nikohdan о‘tishi munosabati bilan 3 000 000 sо‘m moddiy yordam kо‘rsatilgan va 1 800 000 sо‘mlik qiymatga ega sovg‘a topshirilgan.
Quyidagilarga muvofiq:
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega bо‘lgan xodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (202 730 x 4 = 810 920 sо‘m) chiqarib tashlanadi;
Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (202 730 x 12 = 2 432 760 sо‘m) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JSHDS solinmaydi;
Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga kо‘ra yuridik shaxslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (202 730 x 6 = 1 216 380 sо‘m) miqdorigacha olingan sovg‘alarning qiymatiga JSHDS solinmaydi.
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
1 500 000 – 810 920 + 3 000 000 – 2 432 760 + 1 800 000 – 1 216 380 = 1 839 940 sо‘m.
Yanvar oyi uchun soliqni hisob-kitob qilamiz:
1 839 940 x 12 foiz = 220 792,8 sо‘m.
SHJBPHga majburiy badallar summasi 1 839,94 sо‘mni (1 839 940 x 0,1foiz) tashkil etadi.
Byudjetga 218 952,86 sо‘m (220 792,8 – 1 839,94) soliq о‘tkaziladi.
Xodim qо‘liga 4 279 207,2 sо‘m (1 500 000 + 3 000 000 – 220 792,8) ­oladi.
III. ODATDAN TASHQARI HOLATLAR
1-VAZIYAT. О‘rindosh xodim daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi.
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega о‘rindosh xodimga yanvarь oyida 800 000 sо‘m ish haqi tо‘langan.
Asosiy bо‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan olingan daromadlarga tо‘lov manbaida JSHDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qо‘llamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).
Yanvar oyi uchun soliqni hisob-kitob qilamiz:
800 000 x 12foiz = 96 000 sо‘mga teng.
SHJBPHga majburiy badallar 800 sо‘mga (800 000 x 0,1foiz) teng.
Yanvar oyi uchun byudjetga 95 200 sо‘m (96 000 – 800) JSHDS о‘tkaziladi.
Soliq ushlanganidan keyin xodim 704 000 sо‘m (800 000 – 96 000) ish haqi oladi.
2-VAZIYAT. Yuridik shaxsga turar joyni ijaraga beruvchi xodimning daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi.
Xodimning yanvarь oyi uchun mehnatga haq tо‘lash tarzidagi daromadi 1 100 000 sо‘mga teng. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 40 kv.m bо‘lgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish tо‘g‘risida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 sо‘m ijara haqi oladi.
Jismoniy shaxslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan tо‘lovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam bо‘lmasligi kerak (PQ-4086-son qarorga 24-ilova).
Toshkent shahrida bir oylik ijara tо‘lovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 10 000 sо‘m; Nukus va viloyat bо‘ysunuvidagi shaharlarda - 6 500 sо‘m; boshqa aholi punktlarida – 3 000 sо‘m belgilangan.
SHJBPHga badallar ish beruvchi va xodim о‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bо‘yicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad bо‘lganligi va ishlar bajarish bilan bog‘liq bо‘lmaganligi bois, undan SHJBPHga ajratmalar qilinmaydi.
Ijara haqidan JSHDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 400 000 sо‘mni (10 000 x 40) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:
1 000 000 x 12foiz = 120 000 sо‘m.
Yanvar oyi uchun mehnatga haq tо‘lash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz:1 100 000 x 12 foiz = 132 000 sо‘m.
SHJBPHga majburiy badallar 1 100 sо‘mga (1 100 000 x 0,1foiz) teng.
Yanvar oyi uchun byudjetga 130 900 sо‘m soliq (132 000 – 1 100) о‘tkaziladi.
Soliq ushlab qolinganidan keyin xodimga 1 848 000 sо‘m ish haqi (1 100 000 + 1 000 000 – 132 000 – 120 000) tо‘lanadi.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, dunyo taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari daromadlarining 40 foizgachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga о‘tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog‘i ortib, uning darajasi о‘rtacha 18 foizdan 30-50 foizgacha etib bordi. Ana shunday vaqtda О‘zbekistonda jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq stavkasi miqdori 12 foizga tushirildi.
Endi eng kam ish haqi oladiganlar yutqazadigan bо‘libdi-ku, deya shoshganlar e’tiboriga yana bir ma’lumotni keltirib о‘tamiz. Agar siz avvallari 920 ming olgan bо‘lsangiz, buning uchun 7,5 foiz soliq tо‘laganman desangiz, qattiq yanglishgan bо‘lasiz. Axir, buning ustiga pensiya jamg‘armasi uchun yana 8 foiz, jami 15,5 foiz soliq tо‘layotgan edingiz. 2019 yildan esa 12 foiz tо‘laydi.
Yana bir ma’lumot. ayrim toifadagi fuqarolarning eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolindi. О‘zbekiston qahramoni, urush qatnashchisi, yolg‘iz ona, 1,2 guruh nogironi va nogiron farzand parvarishlayotgan onalar shular sirasidandir.



Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish