Xalqaro kredit shakllarini bir necha turga bо‘lib guruhlash mumkin:
1. Manbalari bо‘yicha tashqi savdoni ichki, tashqi (chet) va aralash kreditlash va moliyalashtirish bо‘yicha farqlanadi.
2. Tashqi iqtisodiy bitimning qarz mablag‘lari hisobidan qoplanishi bо‘yicha:
- tijorat krediti (asosan tashqi savdo va xizmatlar bilan bog‘liq kreditlar);
- moliyaviy kredit (istalgan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan, shu jumladan, kapital quyilmalar, investitsion ob’ektlarni qurish, qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, tashqi qarzni tо‘lash, valyuta intervensiyasi maqsadlaridagi kreditlar);
- “oraliq” kreditlar (kapitallar, tovar va xizmatlarning chiqib ketishining aralash shakllariga xizmat qilishga mо‘ljallangan).
-Xalqaro kreditni kо‘rinishi bо‘yicha 2 ta asosiy shaklga bо‘lib kо‘rsatish mumkin:
1.Xalqaro bank krediti;
2.Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro bank krediti asosan valyuta (pul) kо‘rinishida bо‘ladi.
Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar kо‘rinishiga ega. Ana shu 2 ta asosiy kredit shaklidan kelib chiqadigan bir qancha kreditlar mavjud:
1.Firma (tijorat) krediti-odatda eksportyor mamlakatning bir firmasi boshqa mamlakatning importyoriga tо‘lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishiga tushuniladi.
Tashqi savdoda tijorat krediti tovarli operatsiyalarga bog‘liq hisob-kitoblarda keng qо‘llaniladi. Tijorat kreditining muddati (odatda 2-7 yil) turlicha bо‘ladi va jahon bozori kon’yunkturasi shartlariga, tovarlar turlariga va boshqa bir qator faktorlarga bog‘liqdir. Mashina va asbob-uskunalar (texnologiya, jihozlar)ning eksportini kengayishi xalqaro kredit muddatini uzayishiga olib keldi. Tijorat krediti odatda vekselь yoki ochiq schyotlar bо‘yicha beriladigan kreditlar orqali rasmiylashtiriladi.
2.Vekselli kreditda eksportyor tovarni sotish xaqida bitim tuzib, о‘tkazma veksel (tratta)ni importyorga jо‘natadi, importyor tijorat hujjatlarini olib akseptlaydi, ya’ni unda kо‘rsatilgan muddatda tо‘lovni amalga oshirishga rozilik beradi.
3.Ochiq schyotlar bо‘yicha kredit. Bu kredit eksportyor va importyor о‘rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Eksportyor jо‘natilgan xar bir tovarlar qiymatini importyorning hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Importyor shartnomada kо‘rsatilgan vaqtda kredit summasini tо‘lab boradi. Ochiq schyotlar bо‘yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada bо‘lgan firmalar о‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Tijorat kreditining yana bir turiga importyorning avans tо‘lovi (sotib oluvchining avansi)ni kiritish mumkin. Bunda shartnoma tuzilayotgan paytda importyor tomonidan chet ellik mol etkazib beruvchiga odatda mashina, asbob-uskunalar (texnologiya)ning qiymatidan 10-15 foizi oldindan tо‘lanadi.
Xarid avansi eksportni kreditlashning bir shakli bо‘lib hisoblanadi va shu vaqtning о‘zida importyorning majburiyatini ta’minlovchi vositadir. Chunki importyor о‘zi buyurtma bergan tovarni sotib olishga majbur bо‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarning import bilan shug‘ullanuvchi firmalari rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli о‘laroq, xarid avansidan shu davlatlarning qishloq xо‘jalik mahsulotlarini olib chiqib ketishda foydalanmoqdalar.
Avans tо‘lagan tomonning aybi bilan shartnoma bajarilmay qolsa, sarf-xarajatlar undirilgan holda mablag‘ qaytariladi. Agar shartnoma avans olgan tomonning aybi bilan bajarilmay qolsa, u sotib oluvchiga barcha xarajatlarni tо‘lagan holda mablag‘ni qaytarishi shart.
Avans-shartnomani bajarilishini voz kechish mumkin bо‘lgan bitimga nisbatan rag‘batlantiradi. Voz kechish mumkin bо‘lgan bitimda esa, zarar kо‘rgan tomonning xarajatlarini tо‘lash majburiyatlaridan ikkinchi tomon ozod bо‘ladi. Ba’zan xarid - sotib oluvchining avansi tо‘lovni kechiktirishga о‘zaro moslashadi, buning ustiga teng ulushlar bilan ma’lum intervallarga bо‘linadi (oy, chorak, yil).
Tijorat krediti sotuvchi va sotib oluvchi о‘rtasidagi munosabatni namoyon qilsada, u odatda bank krediti bilan qо‘shilib ketadi. Mashina va asbob-uskunalarni sotishda tijorat krediti uzoq muddatga beriladi (7 yilga), bu esa, о‘z navbatida, eksportyorning anchagina mablag‘ini jalb qilinishiga olib keladi. SHu sababli, eksportyor bank kreditiga murojaat qiladi.
Tijorat krediti hajmi va moliyalashtirish shartlari bо‘yicha mashina va asbob - uskunalarni eksportini kreditlash muammosini tо‘liq echa olmaganligi sababli bank kreditlarining roli oshadi.
Bank krediti - eksport va importni kreditlashda ssuda shaklida namoyon bо‘ladi va u tovarlar, tovar hujjatlari, veksellarni, hamda trattani garovga olgan holda beriladi. Ba’zan banklar о‘zlariga chambarchas aloqada bо‘lgan yirik eksportyor-firmalarga blankli kredit, ya’ni ta’minlanmagan kreditlar berishadi.
Xalqaro savdoda bank kreditlari tijorat kreditlariga nisbatan ustunlikka ega. Ular kredit oluvchini olgan mablag‘laridan tovarlar sotib olishga mustaqil foydalanish imkoniyatini tug‘diradilar, mol etkazuvchi firmadan kredit sо‘rashdan ozod etadilar hamda oxirgi tovarlarga hisob-kitoblarni bank kreditidan foydalanib tо‘laydilar.
Xususiy banklar kо‘pincha davlat mablag‘larini va uning kafolatini olgan holda eksport kreditlarini 10 - 15 yilga bozor stavkasidan pastroq stavkada beradilar. Lekin, banklar qoida bо‘yicha, kreditdan о‘z mamlakatlari hududidagina foydalanishni chegaralab, uning intilishini ma’lum maqsadli qilib qо‘yadilar, masalan, faqat о‘zlarini qiziqtirgan firmaning tovarlarini sotib olishga yо‘naltiradilar. SHu orqali bank krediti firma krediti xususiyatlarini о‘zida mujassam etadi.
Eksport krediti-eksportyor bankining importyor bankiga etkazib berilgan mashina, asbob - uskuna va boshqa investitsiya qilingan tovarlarni kreditlashga aytiladi. Bank kreditlari pul kо‘rinishida beriladi va “bog‘liq”lik xarakteriga ega, chunki kredit oluvchi ssudadan faqatgina kreditor mamlakat tovarlarini sotib olishigagina beriladi.
XX asrning 60 - yillaridan boshlab eksportni kreditlashning shakli sifatida xarid krediti (5 - 8 va undan ortiqroq yil muddatga) yuzaga keldi. Xarid kreditining о‘ziga xos xususiyati bо‘lib, eksportyor bankning tо‘g‘ridan tо‘g‘ri milliy eksportyorni kreditlamasdan, balki chet ellik xaridorni, ya’ni, importyor mamlakat firmasi va uning bankini kreditlash hisoblanadi. SHu orqali importyor kerakli tovarlarni etkazgan mol etkazib beruvchilar tо‘lovni xaridorga yoki bankka qarz sifatida qayd qiladi.
Odatda, bunday kreditlar ma’lum bir firmaning tovarlari va xizmatlaridan foydalanishda qо‘llaniladi. Bunday kreditlash shartnomasida eksportyor ishtirok etmaydi, bu esa о‘z navbatida kreditning bahosini oshirish imkoniyatini yо‘qotadi. Bank kreditining xaridorga bо‘lgan narxi, qoida bо‘yicha ssuda kapitallari bozoridagi zayom mablag‘lari narxidan ancha past bо‘ladi, bu esa, о‘z navbatida, ularning raqobatbardoshligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |