7-modda. Ayrim tо‘lovlar stavkalari 2022 yil uchun:
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara tо‘lovining eng kam stavkalari 8-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun);
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari 9-ilovaga muvofiq;
chet davlatlar avtotransport vositalarining О‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
О‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qо‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish 2022 yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi 708,9 mlrd sо‘m miqdorida belgilansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining 2022 yil uchun zaxira jamg‘armalari tegishli byudjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetini, viloyatlar viloyat byudjetlarini va Toshkent shahri shahar byudjetini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi byudjetdan ularga ajratiladigan byudjetlararo transfertlar miqdori oshgan hollarda tegishli byudjetlar zaxira jamg‘armalarining belgilangan miqdorlari qayta kо‘rib chiqilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga о‘zgartishlar kiritilmaydi.
9-modda. 2022 yilda О‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi barqarorligini ta’minlash О‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari bо‘yicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oxirigacha ularning kelib tushishi uchun etarli asoslar mavjud bо‘lmagan hollarda:
respublika byudjeti umumiy xarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan;
respublika byudjeti umumiy xarajatlarining 3 foizidan kam miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga kо‘ra Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining xarajatlarini qisqartirish bо‘yicha qarorlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Byudjetlar xarajatlarini qisqartirishda byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘larini oluvchilarning byudjet mablag‘larini о‘zlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi. Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan tо‘lovlarni kamaytirish О‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi 120-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.