Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


-modda. 2022 yilda О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti xarajatlarini amalga oshirishning о‘ziga xos xususiyatlari



Download 5,22 Mb.
bet194/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

13-modda. 2022 yilda О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti xarajatlarini amalga oshirishning о‘ziga xos xususiyatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga kо‘ra amalga oshiriladigan qо‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarining qо‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli byudjetlarini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan tо‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar uchun xarajatlar rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.
Choraklar yakuni bо‘yicha ushbu Qonunning 6-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz kо‘rsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liq bо‘lmagan sabablarga kо‘ra 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bо‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan kо‘rilgan choralar bilan birga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda kо‘rib chiqiladi. Tumanlar va shaharlar hokimlari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga xuddi shunday tartibda murojaat etadi.
2022 yilda:
Toshkent shahrining umumiy о‘rta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi ob’ektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qо‘yilmalarga doir xarajatlar Toshkent shahrining shahar byudjetidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning umumiy о‘rta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari ob’ektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash, shuningdek sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklashga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan va viloyatlarning viloyat byudjetlaridan;
advokatlar tomonidan kо‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq tо‘lashga doir xarajatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan;
kо‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash hamda О‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlarini va qozonxona uskunalarini mukammal ta’mirlashga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladi.
Hududlardagi barcha issiqlik ta’minoti tashkilotlari tomonidan kо‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti bо‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasining hududiy organlari xulosalariga kо‘ra, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Issiqlik ta’minoti bо‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida qayta kо‘rib chiqish yakunlariga kо‘ra issiqlik ta’minoti tashkilotlari aholiga pasaytirilgan tariflar qо‘llanilishi natijasida kо‘rgan zararlarining о‘rnini qoplash uchun qо‘shimcha mablag‘larga bо‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining qо‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Barcha tumanlar va shaharlar byudjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining (bundan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari mustasno) 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yо‘naltiriladi.
Barcha tumanlar va shaharlar byudjetlari qо‘shimcha manbalarining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yо‘naltiriladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish