2-bob. О‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti parametrlari 3-modda. О‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti daromadlari va xarajatlari 2022 yil uchun О‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2023-2024 yillarga byudjet mо‘ljallari 1-ilovaga muvofiq, ularni tayyorlashda asos bо‘lgan 2022 yil uchun О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari prognozi va 2023-2024 yillarga maqsadli mо‘ljallar 2-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda О‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi va xarajatlari 2022 yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda О‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ularning xarajatlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5-modda. Respublika byudjeti daromadlari prognozi va xarajatlari 2022 yil uchun respublika byudjeti daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2022 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud va prokuratura organlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalariga soliqlar, davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bо‘lmagan tо‘lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning bir qismi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika byudjetiga о‘tkazilishi mumkin.
6-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 2022 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2022 yil uchun respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga va viloyatlarning viloyat byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti va viloyatlarning viloyat byudjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yо‘l qо‘yilmaydi.