Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet149/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish tо‘g‘risidagi topshiriqnomaning kо‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish tо‘g‘risidagi talabnomani olgan shaxs talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida uni bajaradi yoki talab qilib olinayotgan hujjatlarga (axborotga) ega emasligini о‘sha muddatda xabar qiladi. Agar talab etiladigan hujjatlarni (axborotni) mazkur muddatda taqdim etish imkoni bо‘lmasa, soliq organi hujjatlar qaysi shaxsdan talab qilib olingan bо‘lsa о‘sha shaxsning iltimosnomasiga kо‘ra Soliq hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatini uzaytirishga haqli.
Talab etiladigan hujjatlar Soliq kodeksi 146-moddasining uchinchi - beshinchi va о‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar hisobga olingan holda taqdim etiladi.
Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishning Soliq moddada nazarda tutilgan tartibi soliq tо‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilariga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishda ham qо‘llaniladi.
Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishning Soliq moddada nazarda tutilgan tartibi soliq agentlariga tegishli bо‘lgan hujjatlar va axborotni talab qilib olishda ham qо‘llaniladi.
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish tо‘g‘risidagi talabnomani olgan shaxs Soliq moddaning qoidalariga muvofiq bо‘lmagan talabnoma bо‘yicha hujjatlarni (axborotni) taqdim etishni rad etishga haqli.
Hujjatlar va buyumlarni olib qо‘yish soliq organining soliq tekshiruvini о‘tkazayotgan mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlar va buyumlarni tungi paytda olib qо‘yishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Hujjatlar va buyumlarni olib qо‘yish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini olib qо‘yish amalga oshirilayotgan shaxslar ishtirokida о‘tkaziladi. Zarur bо‘lgan hollarda, olib qо‘yishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun mutaxassis taklif etiladi.
Olib qо‘yish boshlanguniga qadar soliq organining mansabdor shaxsi olib qо‘yishni amalga oshirish tо‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi hamda hozir bо‘lgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlar va buyumlarini olib qо‘yish amalga oshirilayotgan shaxsga ularni о‘z ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, taklif rad etilgan taqdirda esa olib qо‘yishni majburiy tarzda amalga oshiradi.
О‘ziga nisbatan olib qо‘yish amalga oshirilayotgan shaxs olib qо‘yilishi lozim bо‘lgan hujjatlar va buyumlar saqlanishi mumkin bо‘lgan binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh tortganda, soliq organining mansabdor shaxsi tambalarga, eshiklarga va boshqa buyumlarga zarurat sababli yuzaga kelmagan shikast etkazishdan qochib olib qо‘yishni mustaqil tarzda bajarishga haqli.
Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi bо‘lmagan hujjatlar va buyumlar olib qо‘yilmaydi. Hujjatlar va buyumlarni olib qо‘yishni amalga oshirish tо‘g‘risida Soliq kodeksining 154-moddasida hamda mazkur moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda bayonnoma tuziladi.
Olib qо‘yilgan hujjatlar va buyumlar olib qо‘yish bayonnomasida yoki unga ilova qilinadigan rо‘yxatlarda aniq nomi, soni, о‘ziga xos xususiyatlari va imkon qadar buyumlarning qiymati kо‘rsatilgan holda sanab о‘tiladi hamda rо‘yxatga olinadi.
Agar soliq nazorati tadbirlarini о‘tkazish uchun tekshirilayotgan shaxs hujjatlarining kо‘chirma nusxalari etarli bо‘lmasa hamda soliq organlarida hujjatlarning asl nusxalari yо‘q qilinishi, yashirilishi, о‘zgartirilishi yoki almashtirib qо‘yilishi mumkinligi tо‘g‘risida taxmin qilish uchun etarlicha asoslar mavjud bо‘lsa, soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlarning aslini Soliq moddada nazarda tutilgan tartibda olib qо‘yishga haqli. Bunday hujjatlar olib qо‘yilayotganda ulardan soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan kо‘chirma nusxalar olinadi va hujjatlar olib qо‘yilayotgan shaxsga topshiriladi.
Hujjatlarni olib qо‘yish bilan bir vaqtning о‘zida kо‘chirma nusxalarni tayyorlash yoki topshirish imkoni bо‘lmagan taqdirda, soliq organi kо‘chirma nusxalarni hujjatlari olib qо‘yilgan shaxsga hujjatlar olib qо‘yilganidan keyin besh kun ichida topshiradi.
Barcha olib qо‘yiladigan hujjatlar va buyumlar xolislarga hamda olib qо‘yishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kо‘rsatiladi va zarur bо‘lgan taqdirda olib qо‘yilgan joyda о‘raladi.
Olib qо‘yilgan hujjatlar raqamlanishi, tikilishi va olib qо‘yilayotgan shaxsning muhri yoki imzosi bilan tasdiqlangan bо‘lishi kerak. Soliq shaxs olib qо‘yilayotgan hujjatlarni muhr yoki imzo bilan tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, olib qо‘yish tо‘g‘risidagi bayonnomaga bu haqda maxsus belgi qо‘yiladi.
Hujjatlar va buyumlarni olib qо‘yish tо‘g‘risidagi bayonnomaning kо‘chirma nusxasi ular qaysi shaxsdan olib qо‘yilgan bо‘lsa, о‘sha shaxsga imzo qо‘ydirib topshiriladi yoki yuboriladi.
Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar о‘ziga ma’lum bо‘lgan har qanday voyaga etgan jismoniy shaxs kо‘rsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin.
Guvohning kо‘rsatmalari bayonnomaga kiritiladi. Guvoh sifatida quyidagi shaxslar jalb etilishi mumkin emas:
-о‘zining jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega bо‘lgan holatlarni tо‘g‘ri idrok etishga qodir bо‘lmagan shaxslar;
-о‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan soliq nazoratini о‘tkazish uchun zarur bо‘lgan va Soliq shaxslarning kasbiy siriga taalluqli bо‘lgan axborotni olgan shaxslar. Chunonchi, bunday shaxslar jumlasiga - advokat, auditor, soliq maslahatchisi kiradi.
Guvohning kо‘rsatmalari, agar u kasalligi, keksaligi, nogironligi tufayli soliq organiga kela olmasa, u turgan joyda olinishi mumkin. Kо‘rsatmalar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni kо‘rsatmalar berishni rad etganlik yoki bundan bosh tortganlik yoxud bila turib yolg‘on kо‘rsatmalar berganlik uchun javobgarlik tо‘g‘risida ogohlantiradi, bu haqda bayonnomaga guvohning imzosi bilan tasdiqlanadigan belgi kiritiladi.
Soliq organiga guvoh sifatida chaqirilgan xodimlar uchun soliq organiga kelganligi sababli ishda bо‘lmagan vaqt uchun asosiy ish joyidagi oylik ish haqi saqlanib qoladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish