Nazorat savollari
1.Nazorat qiluvchi organlar haqida tushuncha bering?
2.Qanday soliq nazorati shakllarini bilasiz?
3.Soliq nazorati turlari ayting?
4.Soliq tekshiruvi materiallarini ayting ?
27-Mavzu: Davlat soliq xizmati organlarida qо‘llanilayotgan dasturiy mahsulotlar va soliq tо‘lovchilarga kо‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar
Reja
1.Davlat soliq xizmati organlarida dasturiy mahsullarni joriy qilinishi va qо‘llanilishi. Dasturiy mahsullarning turlari.
2.Soliq organlari faoliyatida dasturiy mahsullarning qо‘llanilishining maqsadi va vazifalari.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar. “Elektron soliq xizmatlari” portali faoliyati va unda soliq tо‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar.
4.Interaktiv xizmatlar xaqida tushuncha. Soliq tо‘lovchilarga taqdim etilgan interaktiv xizmatlar turlari va ulardan samarali foydalanish yо‘llari.
5.Jismoniy shaxslarga taqdim etilgan interaktiv xizmatlar turlari va ulardan samarali foydalanish yо‘llari. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taqdim etilgan interaktiv xizmatlar turlari va ulardan samarali foydalanish yо‘llari.
6. Interaktiv xizmatlarni yangi turlari yaratish va ulardan samarali foydalanish istiqbollari.
Soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq tо‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat kо‘rsatilishiga erishish davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ustuvor vazifalari sirasidandir.
Bugungi kunda davlat soliq qо‘mitasining “Elektron davlat xizmatlari - “my.soliq.uz” portali orqali 35 turdagi elektron davlat xizmatlari kо‘rsatilmoqda. Elektron davlat xizmatlaridan 15 tasi - axborot davlat xizmatlari, 20 tasi interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi. Portalda yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq tо‘lovchining “shaxsiy kabinet”lari joriy etilgan.
Soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar orqali soliq tо‘lovchining «shaxsiy kabineti» yordamida murojaatlarni yо‘llash, soliq organlarida hisobga turish, nazorat-kassa mashinalarini rо‘yxatdan о‘tkazish, ortiqcha soliq tо‘lovlarini qaytarish tо‘g‘risida arizalarni jо‘natish, soliq hisobotlari va deklaratsiyalarni elektron kо‘rinishda yuborish, soliq qarzi mavjud emasligi, soliq organlarida hisobda turganligi (STIR), О‘zbekiston Respublikasi rezidenti bо‘lganligi tо‘g‘risida va boshqa ma’lumotnomalarni olish mumkin.
Shu bilan birga, soliq tо‘lovchiga hisoblangan, u tomonidan tо‘langan summalar, soliq qarzi, ortiqcha tо‘lov, penyalar hamda budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham Davlat soliq qо‘mitasining axborot resurslaridan bevosita olish imkoniyati yaratilgan. Bu esa soliq organi xodimi va soliq tо‘lovchilar о‘rtasidagi munosabatlarni zamonaviy vositalar yordamida rivojlantirishga, soliq organlariga ortiqcha kelib-ketishlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Soliq tо‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan muloqotsiz kо‘rinishda 2018-yil boshidan my.soliq.uz portalidagi soliq tо‘lovchilarning «shaxsiy kabinet»lariga jami 600 mingdan ortiq foydalanuvchilar tomonidan 11 mln. dan ortiq murojaatlar bо‘lgan. «Shaxsiy kabinet»lar orqali tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 6,5 trln. sо‘m miqdoridagi soliqlar elektron shaklda tо‘landi.
Endilikda soliq tо‘lovchilar va soliq xizmati organlari о‘rtasidagi elektron shaklda amalga oshirilmayotgan jarayonlarni elektron kо‘rinishga о‘tkazish yuzasidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bu yо‘lda: Hozirda Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish bо‘yicha eksperiment о‘tkazilayotgan bо‘lib, uning natijalari bо‘yicha mazkur mexanizmni butun mamlakat bо‘ylab tizimli ravishda amalga oshirish;
Jismoniy shaxslar – О‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, soliq solish ob’ekti vujudga kelganda davlat soliq xizmati organiga hisobga qо‘yish tо‘g‘risidagi arizani taqdim etish;
Respublikamiz soliq tо‘lovchilarining yagona reestriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar – О‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hisobga qо‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisob ma’lumotlaridagi har qanday о‘zgarishlar haqida ma’lum qilish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan о‘tkazilayotgan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini tо‘ldirishda xatoliklarga yо‘l qо‘yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisoboti va davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlari о‘rtasida aniqlangan ziddiyatlar bо‘yicha tegishli tuzatishlar kiritish bо‘yicha xabardor qilish;
ortiqcha tо‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bо‘yicha penya va jarimalarni uzish asosida hisobga olinganda, soliq tо‘lovchiga bu haqda xabarnoma berish;
soliq tо‘lovchiga soliq qarzini uzish bо‘yicha talabnoma berish;
undiruvni soliq tо‘lovchining mol-mulkiga qaratish tо‘g‘risidagi da’vo arizalarni yuborish;
soliq qarzini debitor hisobidan undirilishi yuzasidan qarzdorning debitorlari «shaxsiy kabineti»ga elektron bildirishnomalar yuborishni va boshqa muloqotlarni elektron shaklga о‘tkazish va soliq tо‘lovchining «shaxsiy kabineti» orqali amalga oshirilgan.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratilgan Soliq imkoniyatlar, soliq tо‘lovchilar, ayniqsa, tadbirkorlik sub’ektlarining soliq organlariga tashriflarini kamaytirishga, vaqt va sarf-xarajatlarini tejashga, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Soliq toʻlovchilar uchun zamonaviy interaktiv xizmatlar .
Soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq toʻlovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz elektron xizmat koʻrsatilishiga erishish davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ustuvor vazifalari sirasidandir.
Bugungi kunda Davlat soliq qoʻmitasining “Elektron davlat xizmatlari – my.soliq.uz” portali orqali 35 turdagi elektron davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda. Elektron davlat xizmatlaridan 15 tasi – axborot davlat xizmatlari, 20 tasi – interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi. Portalda yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq toʻlovchining “shaxsiy kabinet”lari joriy etilgan.
Soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar orqali soliq toʻlovchining “shaxsiy kabineti” yordamida murojaatlarni yoʻllash, soliq organlarida hisobga turish, nazorat-kassa mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish, ortiqcha soliq toʻlovlarini qaytarish toʻgʻrisida arizalarni joʻnatish, soliq hisobotlari va deklaratsiyalarni elektron koʻrinishda yuborish, soliq qarzi mavjud emasligi, soliq organlarida hisobga turganligi (STIR), Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlganligi toʻgʻrisida va boshqa maʼlumotnomalarni olish mumkin.
Shu bilan birga, soliq toʻlovchiga hisoblangan, u tomonidan toʻlangan summalar, soliq qarzi, ortiqcha toʻlov, penyalar hamda byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham Davlat soliq qoʻmitasining axborot resurslaridan bevosita olish imkoniyati yaratilgan. Bu esa soliq organi xodimi va soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi munosabatlarni zamonaviy vositalar yordamida rivojlantirishga, soliq organlariga ortiqcha kelib-ketishlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Soliq toʻlovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan muloqotsiz koʻrinishda 2018 yil boshidan my.soliq.uz portalidagi soliq toʻlovchilarning “shaxsiy kabinet”lariga jami 600 mingdan ortiq foydalanuvchilar tomonidan 11 mln. dan ortiq murojaatlar boʻlgan. “Shaxsiy kabinet”lar orqali tadbirkorlik subektlari tomonidan 6,5 trln. soʻm miqdoridagi soliqlar elektron shaklda toʻlandi.
Endilikda soliq toʻlovchilar va soliq xizmati organlari oʻrtasidagi elektron shaklda amalga oshirilmayotgan jarayonlarni elektron koʻrinishga oʻtkazish yuzasidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu yoʻlda
– Hozirda Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkazilayotgan boʻlib, uning natijalari boʻyicha mazkur mexanizmni butun mamlakat boʻylab tizimli ravishda amalga oshirish;
– Jismoniy shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, soliq solish obekti vujudga kelganda davlat soliq xizmati organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etish;
– Respublikamiz soliq toʻlovchilarining yagona reestriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisob maʼlumotlaridagi har qanday oʻzgarishlar haqida maʼlum qilish;
– davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilayotgan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini toʻldirishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisoboti va davlat soliq xizmati organlari maʼlumotlari oʻrtasida aniqlangan ziddiyatlar boʻyicha tegishli tuzatishlar kiritish boʻyicha xabardor qilish;
– ortiqcha toʻlangan soliq summasini mazkur soliq turi boʻyicha penya va jarimalarni uzish asosida hisobga olinganda, soliq toʻlovchiga bu haqda xabarnoma berish;
– soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish boʻyicha talabnoma berish;
– undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalarni yuborish;
– soliq qarzini debitor hisobidan undirilishi yuzasidan qarzdorning debitorlari “shaxsiy kabineti”ga elektron bildirishnomalar yuborishni va boshqa muloqotlarni elektron shaklga oʻtkazish va soliq toʻlovchining “shaxsiy kabineti” orqali amalga oshirilgan.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratilgan Soliq imkoniyatlar, soliq toʻlovchilar, ayniqsa, tadbirkorlik subektlarining soliq organlariga tashriflarini kamaytirishga, vaqt va sarf-xarajatlarini tejashga, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |