3.Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi Soliq tо‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda tо‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir.
Sayyor soliq tekshiruvi chog‘ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek soliq tо‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa axborotning tahlili о‘tkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvlarini о‘tkazish chog‘ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va tо‘lov terminallari qо‘llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini о‘tkazishga haqli.
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari о‘rinbosarining) buyrug‘i asosida о‘tkaziladi. Buyruqda soliq tо‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni о‘tkazish muddatlari va maqsadi kо‘rsatiladi.
Sayyor soliq tekshiruvi о‘n kundan kо‘p bо‘lmagan muddatda о‘tkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash tо‘g‘risidagi buyruqda kо‘rsatilgan sana Soliq tekshiruvni о‘tkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
Soliq tо‘lovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi. Sayyor soliq tekshiruvi natijalariga kо‘ra soliq organlari tomonidan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash amalga oshirilmaydi.
Sayyor soliq tekshiruvi о‘tkazish tо‘g‘risidagi nizomni О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tasdiqlaydi. Muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda tо‘lashning tо‘g‘riligini tekshirish soliq auditidir.
Soliq auditi soliq tо‘lovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq tо‘lovchiga (soliq agentiga) nisbatan о‘tkaziladi. Soliq organlari soliq auditi о‘tkazilishi boshlanishidan kamida о‘ttiz kalendarь kun oldin soliq tо‘lovchiga soliq auditi о‘tkazilishi tо‘g‘risida xabarnoma yuboradi. Xabarnomada soliq auditining boshlanish sanasi, tekshirilishi lozim bо‘lgan masalalarning rо‘yxati, zarur hujjatlarning dastlabki rо‘yxati, shuningdek soliq auditini о‘tkazish uchun zarur bо‘lgan boshqa ma’lumotlar kо‘rsatiladi.
Agar soliqlarni tо‘lashdan bо‘yin tovlash belgilari mavjud bо‘lsa, soliq organi О‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qо‘mitasi bilan kelishgan holda soliq tо‘lovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir. Yirik soliq tо‘lovchilar toifasiga mansub bо‘lgan soliq tо‘lovchilarning soliq auditi Yirik soliq tо‘lovchilar bо‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan inspeksiya boshlig‘ining (inspeksiya boshlig‘i о‘rinbosarining) buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Soliq auditida ishtirok etish uchun boshqa soliq organlarining mansabdor shaxslari jalb etilishi mumkin. Soliq organi rahbarining (rahbari о‘rinbosarining) soliq auditini о‘tkazish tо‘g‘risidagi buyrug‘ida tekshiriladigan soliq tо‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, soliq auditini о‘tkazish muddatlari va maqsadi kо‘rsatiladi.
Soliq organi rahbarining (rahbari о‘rinbosarining) soliq auditini о‘tkazish tо‘g‘risidagi buyrug‘i bilan uni о‘tkazish dasturi ham tasdiqlanadi.
Kodeksning 143-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, soliq auditi faqat Kodeksning 88-moddasida belgilangan da’vo qilish muddati о‘tmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin.
Soliq tо‘lovchi ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda soliq auditi, soliq tо‘lovchining bevosita soliq auditi о‘tkazilayotgan yildan oldingi uch yildan kо‘p bо‘lmagan faoliyatini qamrab olishi mumkin.
Soliq auditi о‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq tо‘lovchi tomonidan о‘zgartishlar va qо‘shimchalar kiritilishiga yо‘l qо‘yilmaydi.