Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad Soliq bazasi



Download 5,22 Mb.
bet141/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

4.Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad Soliq bazasi.
5.Soliq solinadigan bazadan chegirmalar. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning о‘ziga xos xususiyatlari.
6. Daromadlarga tuzatish kiritish tartibi. Soliq stavkalarining miqdorlari. Alohida-alohida hisob yuritish. 
7.Soliq davri va hisobot davri. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni tо‘lash tartibi.
Aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lovchilar (bundan buyon Soliq bо‘limda soliq tо‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard sо‘mdan oshmagan О‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon Soliq bо‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million sо‘mdan oshgan, lekin bir milliard sо‘mgacha bо‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
1) О‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
2) aksiz solig‘i tо‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
3) yuridik shaxslar - qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda ellik gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xо‘jaligi ekin maydoni mavjud bо‘lsa;
4) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
5) lotoreyalarni tashkil etish bо‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish о‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga - oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bо‘yicha;
7) bо‘sh turgan binolar, yashash uchun mо‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bо‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bо‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob’ektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga.
9) alkogolь mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bо‘yicha turg‘un savdo shaxobchalariga;
10) bozorlarga va savdo komplekslariga.
Aylanmadan olinadigan soliqni qо‘llashning о‘ziga xos xususiyatlari
Soliq Kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida kо‘rsatilgan soliq tо‘lovchilar qо‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini tо‘lash о‘rniga aylanmadan olinadigan soliq tо‘lashni nazarda tutadigan maxsus soliq rejimini tanlashga haqli.
Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida kо‘rsatilgan soliq tо‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliq tо‘lashga navbatdagi soliq davridan boshlab о‘tishga haqli. Aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lashga о‘tish uchun soliq tо‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lashga о‘tishi tо‘g‘risida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lashga о‘tilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar о‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida kо‘rsatilgan soliq tо‘lovchilarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million sо‘mdan oshganda, agar Soliq moddaning tо‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bо‘lmasa, soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lashga о‘tadi.
Soliq qodeksining 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida kо‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lash о‘rniga qо‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini tо‘lashga о‘tishga haqli. Soliq solish tartibini tanlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz million sо‘mdan oshgan sanadan besh kundan kechiktirmay, О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda bildirishnoma yuboradi.
Bildirishnoma Soliq kodeksida kо‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmaganda yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq tо‘laydi.
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati sub’ektini davlat rо‘yxatidan о‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini kо‘rsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lash tartibini tanlash huquqiga ega.
Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qо‘llashni Soliq kodeksining 237-moddasiga muvofiq qо‘shilgan qiymat solig‘ini tо‘lovchi sifatida rо‘yxatdan о‘tish uchun va bir vaqtning о‘zida aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lashni rad etishga doir ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy ravishda rad etishga haqli.
Qо‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini tо‘lashga ixtiyoriy ravishda о‘tgan soliq tо‘lovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari bо‘yicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadlari bir milliard sо‘mdan oshmagan bо‘lsa, aylanmadan olinadigan soliqni tо‘lashga kamida о‘n ikki oydan keyin qayta о‘tishga haqli.
Soliq davri davomida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi bir milliard sо‘mdan oshgan soliq tо‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi rо‘yxatdan о‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bunday oshish rо‘y bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qо‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini tо‘lashga о‘tadi.
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi rо‘yxatdan о‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi rо‘yxatdan о‘tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga bо‘lingan va rо‘yxatdan о‘tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar bо‘lgan kunlar soniga kо‘paytirilganda bir milliard sо‘mga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar rо‘yxatdan о‘tilgan yildan keyingi yildan e’tiboran qо‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini tо‘lashga о‘tadi.
Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari kо‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bо‘yicha vositachilik xizmatlari kо‘rsatuvchi soliq tо‘lovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini kо‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish bо‘yicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Bо‘sh turgan binolar, yashash uchun mо‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bо‘lgan yuridik shaxslar, ularni samarasiz foydalanayotganligi bо‘yicha xulosa kiritilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qо‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini tо‘lashga о‘tadi.
Qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bо‘lgan yuridik shaxslar, investitsion loyihaning amalga oshirilmaganligi tо‘g‘risida xulosa berishga vakolati bо‘lgan vakolatli organning xulosasi chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qо‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini tо‘lashga о‘tadi.
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan ob’ektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qо‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini tо‘lashga о‘tadi.
Soliqni tо‘lash soliq tо‘lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
-Soliq Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan;
-agar Soliq Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bо‘lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish