Kо‘p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan yer solig‘i undirilmaydi. Xonadondan yoki kо‘p xonadonli turar joylarning bir qismidan odamlarning yashashi bilan bog‘liq bо‘lmagan maqsadlarda foydalanilganda, belgilangan tartibda xonadonning umumiy maydonidan kelib chiqib, yer solig‘ining tegishli hissasi undiriladi.
yer uchastkalarining maydoni о‘zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi paydo bо‘lganda (bekor qilinganda) davlat soliq organlari bir oy davomida soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq tо‘lovchiga tо‘lash muddatlari о‘zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qо‘shimcha tо‘lov xabarnomasini taqdim etishlari shart.
Nazorat savollari 1.Yer solig’i joriy etishning asosiy sabablarini ayting?
2.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i to’lovchilri tarkibini ayting ?
3.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ining soliq solish ob’yekti va soliq solinadigan bazalarini ayting?
4.Yer solig’i qanday hisoblanadi?
5.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i va uning iqtisodiy ahamiyati?
6.Yer solig’i bo’yicha qanday jismoniy shaxslarga imtiyozlar bor ?
23-Mavzu:Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Reja 1.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari. 2.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning obyekti va uni aniqlash tartibi. 3.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari. Soliq stavkalarining tabaqalanishi: yer usti suv resurslari manbalari bо‘yicha; yer osti suv resurslari manbalari bо‘yicha. 4.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bо‘yicha imtiyozlar tarkibi. 5.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi va byudjetga tо‘lash muddatlari. 6.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bо‘yicha soliq hisob-kitoblarini topshirish muddatlari. 1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq soliq tо‘lovchilar Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni tо‘lovchilar quyidagilardir:
-О‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
- tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklari.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv etkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat о‘z ehtiyojlariga ishlatiladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni tо‘lovchidir.
Notijorat tashkilotlari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘lovchilar bо‘lmaydi. Ular tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan suv hajmlari bо‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni tо‘lovchi bо‘ladi;
Yer usti va er osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq solish ob’ektidir. Suv resurslarining er usti manbalariga quyidagilar kiradi, ya’ni, daryolar, kо‘llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, er ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.
Suv resurslarining er osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan baza hisoblanadi.
Suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv о‘lchagich asboblarining kо‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan о‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suvdan foydalanish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya me’yorlaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish me’yorlaridan yoki ma’lumotlarning tо‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq tо‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bо‘yicha alohida-alohida aniqlanadi.
Suv etkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining er usti va er osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 fevraliga qadar taqdim etishlari kerak.
Davlat soliq xizmati organlari bu ma’lumotlarni soliq tо‘lovchilar e’tiboriga etkazishi lozim.
Soliq tо‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bо‘yicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun о‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv etkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv etkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq tо‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv etkazib berilishi yuzasidan solishtirib kо‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq tо‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bо‘lsa, о‘sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘laydi.
Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tо‘laydi.
Yagona yer solig‘i tо‘lovchilari bо‘lmagan qishloq xо‘jaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan erlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xо‘jalik bо‘yicha о‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xо‘jaliklari uchun soliq solinadigan baza kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi.