Nazorat uchun savollar
1.Yuridik shaxs tushunchasiga izox bering.
2.Yuridik shaxsning jami daromadlari tarkibini sanab о‘ting.
3.Yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari nimalardan iborat?
4.Yuridik shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadlari tarkibini sanab о‘ting.
5.Qanday toifadagi yuridik shaxslar daromad solig‘i tо‘lashdan tо‘liq ozod etiladi?
6 Boshqa xarajatlar turkumiga qanday xarajatlar kiradi?
19-Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
Reja
1.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va uning о‘ziga xosligi.
2.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq solish obyekti va soliqqa tortiladigan baza.
3.Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining stavkasi.
4. Soliq stavkalarining tabaqalanishi.
5.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bо‘yicha imtiyozlar.
6.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash uslubiyoti. 7.Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiyalash tartibi.
1. Soliq solish ob’ekti va soliq tо‘lovchilar
Aholini soliqqa tortish tizimida markaziy bо‘lib jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa tortish hisoblanadi. YUrtimiz va chet davlatlarining iqtisodini tarixiy rivojlanishida ushbu soliq qо‘pdan buyon an’anaviy soliq bо‘lib kelmoqda.
Daromad solig‘i stavkasining pasayishi (maksimal soliq stavkasi 45 foizdan to 12 foizgacha tushirildi) doimiy ravishda soliqqa tortish bazasining kengayishi bilan olib borilmokda, va bu qatorda soliq tо‘lash manbasiga tо‘liq asosli ravishda faqat ishchi va xizmatchilardan undiriladigan daromad solig‘igina emas, balki u bilan birga mulkiy daromadlar va tadbirkorlik faoliyati daromadlari ham kirmokda.
О‘zbekistonda jismoniy shaxslarni soliqqa tortish О‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Jismoniy shaxslarni daromad soliqlarini hisoblab chiqarish va byudjetga tо‘lash tartibi tо‘g‘risida”gi Yо‘riqnoma, “YUridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qat’iy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va tо‘lash tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomga va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi.
Ushbu hujjatlarga asosan moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bо‘lgan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni tо‘lovchilari hisoblanadi.
Barcha jismoniy shaxslar soliqqa tortish maqsadida ikki toifaga bо‘linadi: О‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari.
О‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoxud tugaydigan о‘n ikki oygacha bо‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan kо‘proq muddatda О‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs О‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
О‘zbekiston Respublikasining rezidenti bо‘lgan jismoniy shaxslarga ularning О‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bо‘yicha soliq solinadi.
О‘zbekiston Respublikasining rezidenti bо‘lmagan jismoniy shaxslarga О‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bо‘yicha soliq solinadi. Agar О‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi hisoblangan xalqaro shartnomalar bilan jismoniy shaxslar daromadiga soliq solishning Yо‘riqnomadagidan farqlanadigan boshqacha qoidalari belgilangan bо‘lsa, u holda xalqaro shartnomalar qoidalari qо‘llaniladi.
Jami yillik daromad soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq tо‘lovchi olishi lozim bо‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar, shu jumladan:
1) mehnatga haq tо‘lash shaklida olinadigan daromadlar;
2) jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi:
3) jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad kiradi.
Mehnatga haq tо‘lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi bо‘yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bо‘yicha oladigan daromadlari kiradi.
Mehnatga haq tо‘lash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
a) xodimlarga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi о‘rtasidagi manfiy farq.
Masalan, korxona tomonidan 8 500 sо‘mga tovar sotib olingan va ishchisiga ushbu tovar 5 000 sо‘mdan sotilgan, shunda ular orasidagi farq (5 000 - 8 500) = -3 000 sо‘m ishchi uchun daromad hisoblanadi;
b) yuridik shaxs (ish beruvchi) tomonidan о‘z faoliyati bilan bog‘liq bо‘lmagan, xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan xarajatlar.
Masalan, korxona ishchisining shaxsiy uyali telefoni uchun aloqa xarajatlarini tо‘lab bersa;
v) xodim ish beruvchiga tо‘lashi kerak bо‘lgan, ish beruvchining qarori bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari.
Masalan, xodim korxona kassasiga 30 000 sо‘m tо‘lashi lozim edi (ortiqcha tо‘langan ish haqi, xizmat safari uchun berilgan mablag‘, yoki boshqa qarz). Korxona rahbarining buyrug‘iga asosan (ma’lum bir sabablarga kо‘ra) ushbu qarz korxonaning xarajatlari sifatida kechib yuboriladi, bunday holatda
30 000 sо‘m xodimning jami daromadiga qо‘shiladi;
g) ish beruvchi о‘z xodimlarining hayoti yoki sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urtalash badallarini tо‘lash uchun qilgan xarajatlar.
Ma’lumki, majburiy sug‘urta bо‘yicha xarajatlar korxona tomonidan amalga oshiriladi. Majburiy bо‘lmagan (ixtiyoriy) sug‘urtani ishchining о‘zi tо‘lashi lozim, ammo agarda majburiy bо‘lmagan sug‘urtani korxona tomonidan tо‘lab berilsa, u holda u summa ishchining daromadi hisoblanadi;
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi
Ish haqi kо‘rinishidagi daromad
Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad
Mulkiy daromad
- mehnat shartnomasi bо‘yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bо‘yicha olingan daromadlar;
- dividendlar kо‘rinishidagi daromadlar;
- foizlar kо‘rinishidagi daromadlar;
- qonunda ruxsat etilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanib ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va boshqalarni sotishdan olingan daromad
d) ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolishi kerak bо‘lgan tо‘lovlar
yuzasidan tо‘lagan summasi.
Masalan, ishchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan holatda, uning uchun ushbu summani korxona tо‘lab bersa u holda bu tо‘lov jismoniy shaxs uchun daromad hisoblanadi;
e) ish beruvchshing о‘z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarshi tashkil etadigan boshqa xarajatlari. Bunday xarajatlarga yuridik shaxsning о‘z xodimi tо‘lashi lozim bо‘lgan, ammo ushbu yuridik shaxs tomonidan tо‘langan mablag‘lar kiradi.
Masalan, kommunal xizmatlar, turar-joy uchun tо‘lov davlat pensiyasiga qо‘shimcha tо‘lov, yо‘l chiptalari qiymati (xizmat safarlari uchun foydalaniladigan yо‘l kartochkalaridan tashqari) va shunga о‘xshash xarajatlar.
Bunda ishlari transportlarda doimiy ravishda yurish bilan bog‘liq bо‘lgan va ushbu maqsadlarda ularga bir oylik yо‘l kartochkalari sotib olib beriladigan xodimlar rо‘yxati, ularning faoliyat turi, ularning xarid qilish maqsadlari ish beruvchining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga olingan foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromadlar kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan, yakka tartibda amalga oshirilayotgan boshqa faoliyatdan keladigan real tushumlar ushbu daromadni topish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy tо‘lovlar, chiqimlar va ajratmalar chegirib tashlangan holda kiradi.
Yuridik shaxsni tashkil etmasdan yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va soliqqa tortishda qat’iy soliq kо‘rinishida daromad solig‘ini tо‘lovchi jismoniy shaxslarga О‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilangan jami yillik daromadni aniqlash tartibi va undagi ruxsat etilgan chegirmalar qо‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |