Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi



Download 4,93 Mb.
bet72/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • ishtirokchilar umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan vaqt va joy;

  • yig‘ilishda qatnashayotgan ishtirok etuvchilar ega bo‘lgan ovozlarning umumiy soni;

  • yig‘ilishning raisi (rayosati) va kotibi, yig‘ilishning kun tartibi.

Ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida ma’ruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qo‘yilgan masalalar va ular bo‘yicha ovoz berish yakunlari, yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar aks ettirilgan bo‘lishi shart.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bayonnomasi yig‘ilish o‘tkazilganidan so‘ng uch kundan kechiktirilmay umumiy yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori yig‘ilishni o‘tkazmay (kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun jamiyat ishtirokchilari birgalikda hozir bo‘lmay) sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinishi mumkin. Bunday ovoz berish pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki uzatib beriladigan va qabul qilinadigan xabarlarning to‘g‘ri bo‘lishini va ularning hujjatlar bilan tasdiqlanishini ta’minlovchi boshqa aloqa vositasida hujjatlarni ayirboshlash yo‘li bilan o‘tkazilishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilinishi, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mumkin emas.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorini sirtdan ovoz berish yo‘li bilan (so‘rov yo‘li bilan) qabul qilish chog‘ida qo‘llanilmaydi.
Sirtdan (so‘rov yo‘li bilan) ovoz berish tartibi taklif qilinayotgan kun tartibini jamiyatning barcha ishtirokchilariga xabar qilishning majburiyligini, jamiyatning barcha ishtirokchilari ovoz berish boshlangunga qadar barcha zarur axborot va materiallar bilan tanishib chiqishi imkoniyatini, kun tartibiga qo‘shimcha masalalarni kiritish to‘g‘risida takliflar kiritish imkoniyatini, ovoz berish boshlangunga qadar jamiyatning barcha ishtirokchilariga o‘zgartirilgan kun tartibini, shuningdek ovoz berish taomilining tugash muddatini xabar qilishning majburiyligini nazarda tutgan bo‘lishi kerak.
Bir ishtirokchidan tarkib topgan jamiyatda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash yirik bitimlar tuzish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish, shuningdek boshqa masalalarni hal etish kiritilishi nazarda tutilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish jamiyatning ustavi bilan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari jumlasiga kiritilgan bo‘lsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish va uning faoliyati tartibi, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini va jamiyat kuzatuv kengashi raisining vakolatini tugatish tartibi jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi va kollegial ijro etuvchi organining a’zolari jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga haq to‘lanishi va (yoki) ularning o‘z majburiyatlarini bajarishlari bilan bog‘liq xarajatlari qoplanishi mumkin. Haqlar va tovonlarning miqdorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining jamiyatning ishtirokchilari bo‘lmagan a’zolari jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishlari mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosining ovoz berish huquqini o‘zga shaxslarga, shu jumladan kuzatuv kengashining boshqa a’zolariga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari bo‘lmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin.
Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yig‘ilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi sifatida faqat jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish