Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak



Download 4,93 Mb.
bet68/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi;

  • jamiyat faoliyatining predmeti;

  • jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;

  • jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar.




  1. Jamiyat ustav fondi

Jamiyat ustav fondi ishtirokchilar ulushining nominal qiymatidan tashkil topadi. Uning kattaligi davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun hujjatlarni taqdim etish kunida qonunchilik bo‘yicha belgilangan eng kam ish haqining ellik barobaridan kam bo‘lmasligi kerak. SHunday ustav fondini bitta yoki 2-3 kichik biznes sub’ektlari tomonidan shakllantirish oson va odatda MCHJlar ana shunday tuzilmoqda.
Pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkning muddat o‘tgunga qadar ushbu mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, jamiyatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi jamiyatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga o‘xshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqiga teng pul tovoni to‘lashi shart. Pul tovoni jamiyat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan e’tiboran agar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan tovon to‘lashning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lmasa, bir oy ichida bir yo‘la to‘lanishi kerak. Bunday qaror jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq muddatidan ilgari tugatilgan jamiyat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan holda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ta’sis hujjatlarida jamiyat ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkdan foydalanish huquqining muddatidan ilgari tugatilganligi uchun jamiyat ishtirokchisi tomonidan tovon to‘lashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk, agar ta’sis hujjatida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, u qancha muddatga berilgan bo‘lsa, shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga u to‘liq to‘langanidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan ko‘proq soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) hamda zaxira fondi summasi o‘rtasidagi farqdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Jamiyatning ustav fondi ko‘paytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda ko‘payadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar qo‘shish hisobiga jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorida qo‘shimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qo‘shimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qo‘shimcha hissalarni to‘liq qo‘shish muddati belgilanishi kerak.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchisining qo‘shimcha hissa qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (jamiyat ishtirokchilarining arizalari) va (yoki), agar bu jamiyatning ta’sis hujjatlarida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) uni (ularni) jamiyatga qabul qilish va hissa qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (arizalari) asosida jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining arizasida va uchinchi shaxsning arizasida hissani qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddati, shuningdek jamiyat ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) ega bo‘lishni xohlagan ulush miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Arizada hissalarni qo‘shish va jamiyatga a’zo bo‘lib kirishning boshqa shartlari ham ko‘rsatilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda uning ta’sis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining (ayrim ishtirokchisining) qo‘shimcha hissalarini qo‘shish hisobiga va (yoki) jamiyatga uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha ko‘paytirilishi va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdori aniqlanishi munosabati bilan o‘zgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qo‘shimcha hissasi qiymatidan ko‘proq summaga ko‘paytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir uchinchi shaxs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Qo‘shimcha hissalarni qo‘shishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaxslarning hissalarini qo‘shish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini ko‘paytirish, qo‘shimcha hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini ko‘paytirish va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish to‘g‘risida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.
Agar hissalar qo‘shishning jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddati o‘tganidan keyin, belgilangan qo‘shimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan to‘liq yoki qisman qo‘shilgan bo‘lmasa, umumiy yig‘ilishi:

  • qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha o‘zgartirib, amalda qo‘shilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qo‘shgan qo‘shimcha hissalarni hisobga olgan holda kamaytirish to‘g‘risida;

  • qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilarining jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi oldingi yig‘ilishi qarori bilan belgilangan ulushlarini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat ichida oldingi yig‘ilish qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jamiyat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan o‘sha qo‘shgan pul hissalarini jamiyat ishtirokchilariga qaytarishi shart.

Jamiyat ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan hissalar to‘liq miqdorda qo‘shilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay taqdim etilmog‘i lozim. Ta’sis hujjatlaridagi mazkur o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Muddatlarga rioya etilmagan taqdirda qo‘shimcha hissalar barcha ishtirokchilar tomonidan to‘liq qo‘shilmagan qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat ichida jamiyat ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan qo‘shimcha pul hissalarini qaytarishi shart.
Pul hissalari ko‘rsatilgan muddatda o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar to‘lashi shart.
Pulsiz hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilariga jamiyat uch oylik muddatda ularning hissalarini qo‘shilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida qaytarishi, hissalar ko‘rsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan mol-mulkdan foydalana olmaganligi oqibatida boy berilgan foydani ham qoplashi shart.
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqlidir, jamiyat o‘z ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirishi va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to‘lash orqali ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.
Jamiyat, agar bunday kamaytirish natijasida ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyatning ta’sis hujjatlaridagi tegishli o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra ustav fondining (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga majbur hollarda esa jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadagi holatga ko‘ra ustav fondi (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli emas.
Jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida uning ustav fondi (ustav kapitali) to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo‘lib qolsa, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi sanasidagi holatga ko‘ra ustav fondining (ustav kapitalining) minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, jamiyat tugatilishi kerak.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida jamiyatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bog‘liq ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kreditorlar xabardor qilinganligi dalillari taqdim etilgan taqdirdagina qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki o‘zining tugatilishi to‘g‘risida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini va o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini talab qilishga haqlidir. YUridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bunday hollarda jamiyatni tugatish to‘g‘risida sudga talabnoma taqdim etishga haqlidir.
Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoxud uning bir qismini jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki o‘zga tarzda ular foydasiga voz kechishga haqlidir. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi.
Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘langunga qadar bo‘lgan davrda u faqat to‘langan qismi bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilari jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga taklif qilinadigan baho bo‘yicha o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib olishda imtiyozli huquqdan, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, foydalanadilar. Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda o‘zlarining imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan bo‘lsalar, jamiyat o‘zining ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.
O‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga sotish niyatida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi ulushi sotiladigan bahoni va boshqa shartlarni ko‘rsatgan holda bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning o‘zini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Jamiyatning ustavida xabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat sotish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni (ulushning butun qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan, shunday xabar berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda (agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa) ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga xabar qilingan baholarda va shartlarda uchinchi shaxsga sotilishi mumkin.
Ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlariga nomutanosib ravishda sotib olishning imtiyozli huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar jamiyat ustavida uni ta’sis etish chog‘ida nazarda tutilishi, jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan umumiy yig‘ilishning qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, o‘zgartirilishi va jamiyatning ustavidan chiqarib tashlanishi mumkin.
Ulush (ulushning bir qismi) sotib olishning imtiyozli huquqi buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan ishtirokchisi va (yoki) jamiyat, agar jamiyatning ustavida ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat imtiyozli huquqqa egaligi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday buzilishni bilgan yoxud uni bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sotuvchining huquqlari va majburiyatlarini o‘zlariga o‘tkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar. Mazkur imtiyozli huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) sotishdan boshqacha tarzda uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning yoki jamiyat qolgan ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish to‘g‘risidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lmasa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) o‘zganing foydasiga voz kechish bo‘yicha bitimning jamiyatning ustavida belgilangan shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi.
Jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechilgani haqida bunday voz kechishning dalillarini taqdim etgan holda yozma ravishda jamiyat xabardor qilinishi lozim. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur voz kechish to‘g‘risida jamiyat xabardor qilingan paytdan e’tiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlariga ega bo‘ladi va majburiyatlarini amalga oshiradi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) voz kechishiga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari o‘tadi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga va jamiyatning ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga o‘tadi.
Jamiyatning ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, uning kreditorlari bilan hisob-kitob tugallanganidan so‘ng qolgan unga qarashli ulush, agar qonun hujjatlarida yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi.
Jamiyatning ustavida ulushning o‘tishi va taqsimlanishiga faqat jamiyat qolgan ishtirokchilarining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining merosxo‘ri tomonidan meros qabul qilingunga qadar jamiyatning vafot etgan ishtirokchisi huquqlari vasiyatnomada ko‘rsatilgan shaxs tomonidan, bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda esa notarius tayinlagan boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish, ulushning (ulush bir qismining) merosxo‘rlariga yoki huquqiy vorislariga o‘tishi yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida ulushning (ulush bir qismining) taqsimlanishi uchun jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan bo‘lsa, agar jamiyat ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan boshlab o‘ttiz kun mobaynida yoki jamiyatning ustavida belgilangan boshqa muddat davomida jamiyatning barcha ishtirokchilaridan birortasidan rozilik olingan bo‘lsa yoki jamiyat ishtirokchilarining birortasidan rozilik berishga yozma raddiya olingan bo‘lmasa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Agar jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan bo‘lsa, agar jamiyatga murojaat etilgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun mobaynida yoki jamiyat ustavida belgilangan boshqa muddat mobaynida jamiyatning yozma roziligi olingan bo‘lsa, yoxud jamiyatdan rozilik berishga yozma raddiya olingan bo‘lmasa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush (ulushning bir qismi) ochiq kim oshdi savdosi orqali sotilganda, mazkur ulushning (ulush bir qismining) oluvchisi jamiyatning yoki uning ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar jamiyatning ishtirokchisiga aylanadi.
Jamiyatning ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘ziga tegishli ulushni (ulushning bir qismini) jamiyatning boshqa ishtirokchisiga yoki, agar bu jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatning roziligi bilan uchinchi shaxsga jamiyat barcha ishtirokchilarining ko‘pchilik ovozi bilan, agar bunday qarorni qabul qilish uchun jamiyatning ustavida bundan ham ko‘proq ovozlar soni nazarda tutilgan bo‘lmasa, qabul qilingan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan garovga qo‘yishga haqlidir. O‘z ulushini (ulushining bir qismini) garovga qo‘yish niyatida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisining ovozlari ovoz berish natijalarini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Jamiyat o‘zining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas.
Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan bo‘lsa, jamiyatning boshqa ishtirokchilari esa uni olishni rad etsa, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs foydasiga voz kechish rad etilgan taqdirda, agar bunday rozilikni olish zarurligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) olishga majbur. Bunda jamiyat o‘zining ishtirokchisiga bu ulushning (ulush bir qismining) jamiyatning ishtirokchisi shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini o‘z muddatida to‘liq miqdorda qo‘shmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, pul tovonini muddatida taqdim etmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat ishtirokchisiga ulushning (mol-mulk jamiyat foydalanishida bo‘lgan muddatga) u qo‘shgan hissaning qismiga mutanosib ravishdagi qismining haqiqiy qiymatini jamiyat to‘lashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishga majbur. Ulush bir qismining haqiqiy qiymati hissani qo‘shish yoki tovonni taqdim etishning muddati o‘tadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Jamiyatning ustavida ulushning hissaning to‘lanmagan qismiga yoki pul tovoni summasiga (qiymatiga) mutanosib qismi jamiyatga o‘tishi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Jamiyatning ishtirokchilari ulushning o‘tishi yoki taqsimlanishiga rozilik berishni rad etsalar, agar jamiyatning ustaviga muvofiq bunday rozilik olinishi zarur bo‘lsa, ulush jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat vafot etgan jamiyat ishtirokchisining merosxo‘rlariga, qayta tashkil etilgan jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqiy vorislariga yoki jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilariga tegishincha vafot qilish, qayta tashkil etilish yoki tugatilish kunidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini to‘lashi yoxud ularning roziligi bilan ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan to‘langan taqdirda, ulush haqiqiy qiymatining jamiyat boshqa ishtirokchilari tomonidan to‘lanmagan qismi jamiyatga o‘tadi, ulushning qolgan qismi jamiyatning ishtirokchilari o‘rtasida ular qo‘shgan to‘lovga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatning ishtirokchisi u jamiyat tomonidan olinishi to‘g‘risida talabnoma taqdim etgan yoki hissani qo‘shish muddati o‘tgan yoxud tovon berilgan yoki ishtirokchini jamiyatdan chiqarish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan yoki jamiyatning istalgan ishtirokchisi ulushning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga (yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga) o‘tishiga yoxud uning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan tugatilgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishiga rozilik berishni rad etgan yoki jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan jamiyat tomonidan to‘langan paytdan e’tiboran jamiyatga o‘tadi.
Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga o‘tgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, agar jamiyatning ustavida kamroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori o‘rtasidagi farq hisobidan to‘lanadi. Agar bunday farq etarli bo‘lmasa, jamiyat o‘zining ustav fondini (ustav kapitalini) etishmayotgan summaga kamaytirishi shart.
Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ovoz berish natijalarini aniqlash, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.
Jamiyatga qarashli ulush u jamiyatga o‘tgan kundan e’tiboran bir yil ichida jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning barcha ishtirokchilari o‘rtasida ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoxud jamiyatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxslarga sotilishi hamda to‘liq to‘lanishi kerak. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) tegishlicha kamaytirgan holda to‘lanishi kerak. Ulushni jamiyat ishtirokchilarining ulushlari miqdorlari o‘zgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaxslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, ulush sotilgan taqdirda esa, jamiyat tomonidan sotilgan ulushning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ham yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga jamiyat ishtirokchilari ulushlarining haqini to‘lash yakunlarini tasdiqlash va jamiyatning ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida taqdim etilishi shart.
Kreditorlarning talabiga binoan jamiyat ishtirokchisining qarzlari bo‘yicha undiruvni jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratishga qarzlarni qoplash uchun jamiyat ishtirokchisining boshqa mol-mulki etarli bo‘lmaganda faqat sudning qarori asosida yo‘l qo‘yiladi.
Jamiyat ishtirokchisining qarzlari bo‘yicha undiruv jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratilgan taqdirda, jamiyat kreditorlarga jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymatini to‘lashga haqlidir.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan mol-mulkiga undiruv qaratilgan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati kreditorlarga jamiyatning qolgan ishtirokchilari tomonidan, agar jamiyatning ustavi yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi qarorida haq to‘lash miqdorini aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda to‘lanishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati undiruvni jamiyat ishtirokchisining qarzlari bo‘yicha uning ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratish to‘g‘risida jamiyatga talab qo‘yilgan sanadan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Agar jamiyat kreditorlari tomonidan talab taqdim etilgan paytdan e’tiboran uch oy ichida jamiyat yoki uning ishtirokchilari undiruv qaratilgan jamiyat ishtirokchisi butun ulushining (butun ulushi bir qismining) haqiqiy qiymatini to‘lamasalar, undiruvni jamiyat ishtirokchisining ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratish uni ochiq kim oshdi savdosida sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish