Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 4,93 Mb.
bet65/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Tayanch iboralar:
ochiq aksiyadorlik jamiyati, yopiq aksiyadorlik jamiyati, ustav, moliyaviy hujjat, imtiyozli huquq, strategiya, integratsiya, rejalashtirish, nazorat, gorizontal va vertikal integratsiya.
Nazorat savollari
1. O‘zbekistonda korporatsiyalarning istiqbolini tushuntiring.
2. «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun haqida nimaiarni bilasiz?
3. Korporatsiyalar rivojlanishining integratsion strategiyasi bosqichlarini ayting.
4. Korporatsiyalarning integratsiya turlari va tiplarini sanang.
5. Korporativ strukturalar tuzishning tashkilly turlari tavsifini ayting.


9-MA’RUZA. MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNI TUZISH VA FAOLIYATINI BOSHQARISH XUSUSIYATLARI

  1. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning mohiyati va zarurligi

  2. Jamiyatni ta’sis etish

  3. Jamiyat ustav fondi

  4. Jamiyatni boshqaruv organlari




  1. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning mohiyati va zarurligi

Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) deganda bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va o‘z ulushlari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq ziyon ko‘rish tavakkalchiligini o‘z zimmalariga oladilar.
MCHJ va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning (QMJ) tuzilish va faoliyat ko‘rsatish huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan yagona «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
MCHJ va QMJning yagona farqi shundaki, QMJ ishtirokchilari jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdor darajasida ulushlariga mutanosib jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulklari bilan solidar ravishda subsidar javobgardirlar. QMJ ishtirokchilari javobgarligining chegaraviy miqdori jamiyat ustavida aniqlanadi.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi.
Ishtirokchilardan biri bankrot bo‘lib qolganida uning qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
SHuning uchun, agar alohida boshqacha ta’riflangan bo‘lmasa quyida MCHJ uchun bayon etilganlarning hammasi QMJga ham taalluqlidir (bundan keyin —jamiyat).
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.
Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
Jamiyat to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan manzili ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishi kerak. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.
Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgisiga va boshqa o‘z belgi-alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir.
Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.
Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillardagi to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va "mas’uliyati cheklangan jamiyat" so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "mas’uliyati cheklangan jamiyat" degan so‘zlarni yoki MChJ abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va "qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda "qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat" degan so‘zlarni yoki QMJ abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan chet tillardan o‘zlashtirilgan boshqa atamalar va abbreviaturalarni, agar qonunlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, o‘z ichiga olishi mumkin emas.
CHet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari qaysi davlatga mansubligini ko‘rsatuvchi qayd kiritilishi mumkin.
Jamiyatning joylashgan manzili uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyiga qarab belgilanadi. Jamiyatning ta’sis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan er yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan manzili deb belgilanishi mumkin.
Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim va yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organni o‘zining pochta manzili o‘zgargani to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Jamiyat ta’sischilari (ishtirokchilari), ularning huquqlari va majburiyatlarini ko‘rib o‘tamiz. Huquqiy va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Bunda, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari jamiyat ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin emas, biroq davlat korxonasining xususiylashtirilishi natijasida jamiyatning tuzilishi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan istisno.
Jamiyat uning yagona ishtirokchisi bo‘lib qoladigan bir shaxs tomonidan ta’sis qilinishi mumkin. Bu holda jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lib yagona ishtirokchi tomonidan tuzilgan boshqa xo‘jalik jamiyati (misol uchun, aksiyadorlik) bo‘lishi mumkin emas. Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik shaxsdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. YOllanma ishchi xodimlarning soni qonun bilan chegaralanmagan bo‘lib ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ta’sischilar tomonidan tasdiqlanadigan jamiyat ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyatning ta’sis hujjatlaridir. Jamiyatni yagona shaxs ta’sis qilgan hollar bundan mustasno. U holda yagona ta’sischi tasdiqlagan ustav jamiyat ta’sis hujjati hisoblanadi.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish