Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Korporatsiyalarning integratsion rivojlanish strategiyalari



Download 4,93 Mb.
bet61/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Korporatsiyalarning integratsion rivojlanish strategiyalari

O‘z oldiga integratsiyalanishni maqsad qilib qo‘ygan korporatsiya integratsion strategiyasining belgilangan bosqichlarini amalga oshiradi. Yiriklashtirilgan tarzda korporatsiyalar rivojlanishining integratsion strategiyasi uch bosqichga taqsimlanadi:
Birinchi bosqich — tashkiliy loyihalashni ifodalaydi, bu erda integratsiya haqida qaror qabul qilinadi, strategiyalar ishlab chiqiladi, amalga oshirish jarayonlari rejalashtiriladi va hokazo.
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqilgan rejalar va chora-tadbirlar asosida loyihani amalga oshirish ko‘zda tutiladi va integratsiya jarayoni amalga oshiriladi. Korporatsiya tarkibiga kiradigan kom-paniyalar yoki korporatsiyalarni tashkiliy stmkturasi o‘zgaradi, ishlab ehiqarish va boshqaruv aloqalarining bir holatdan boshqa holatga o‘tishi ro‘y beradi.
Loyihani amalga oshirishning ikkinchi bosqichida quyidagilar amalga oshirilishi mumkin:

  1. Qo‘shilish (qo‘shib olish). Qo‘shilish deb yangi jamiyatning unga qo‘shilishi haqida qaror qilgan, ularning faoliyat yuritishi to‘xtati-ladigan bir nechta jamiyatlarning barcha huquq va majburiyatlari berilishi yo‘li bilan tashkil topishiga aytiladi. Boshqacha aytganda, har bir jamiyatni yuridik jihatdan tugatish ro‘y beradi va yangi tashkiliy struktura tuziladi. Mos ravishda barcha mavjud boshqaruv organlari bekor qilinadi va yangi tashkil qilingan kompaniyada aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, Direktorlar kengashi, Boshqarma — hammasi yangidan tashkil etiladi. Qo‘shilishda ishtirok etadigan jamiyatlaming aksiyalari bekor qilinadi va keyinchalik yangi jamiyatning aksiyalari chiqariladi. SHu sababli dastlab, yangi tashkil qilingan aksiyadorlik jamiyatini boshqarish uchun ovoz berish tartibi qo‘shilish haqidagi shartnomada belgilab beriladi.

  2. Birlashish. Birlashish deb jamiyatning barcha huquq va majburiyatlarini boshqa jamiyatga bergan holda o‘z faoliyatini to‘xtatishiga aytiladi. YA’ni, o‘ziga jamiyatni birlashtirib oladigan tashkilot bu jamiyatning barcha mulkiy majmualarini, aktivlari va hokazolarni idora qilishi mumkin, lekin shu bilan bir paytda u mazkur jamiyatning uchinchi shaxslar oldidagi barcha majburiyatlarini ham o‘z zimmasiga oladi. Birlashtiriladigan jamiyat aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqiradi va birlashish haqidagi masalani hal etgach, topshirish dalolatnomasi tuzadi. Birlashish jarayonidan keyin jamiyatni birlash­tirib olgan tashkilot qo‘shib olingan mulk summasiga teng aksiyalar qo‘shimcha emissiyasi chiqaradi va tarqatadi. Aksiyadorlar sonining ortishidan kelib chiqib, Direktorlar kengashi a’zolari soni ham oshirilishi yoki boshqaruv organlarida boshqa o‘zgarishlar amalga oshirilishi mumkin.

  3. Tugatish. Jamiyatni tugatish jamiyatning huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda uning faoliyatini (o‘xtatishni anglatadi. Jamiyatni ko‘ngilli ravishda tugatish haqida qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi, majburiy ravishda tugatish esa sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. SHundan keyin jamiyat mulkini uning barcha kreditorlari, so‘ngra aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash ro‘y beradi va jamiyatni tugatish jarayoni yuridik shaxslar davLat reestriga mos keluvchi qayd kiritish bilan yakunlanadi.

  4. O‘zgartirish. Jamiyat mas’uliyati cheklangan jamiyatga, ishlab ehiqarish shirkatiga yoki notijorat hamkorligiga o‘zgartirilishi mumkin. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga jamiyatni o‘zgartirish tartibi va shartlari, jamiyat aksiyalarini mas’uliyati cheklangan jamiyat qatnashchilarining qo‘yilmalariga yoki ishlab chiqarish shirkati a’zolarining pay badallariga almashtirish tartibiga aloqador masalalar bilan birgalikda jamiyatni o‘zgartirish masalasi qo‘yiladi. SHundan keyin barcha qatnashchilar tomonidan o‘zgartirilgan tashkilotning ta’sis hujjatlari tasdiqlanadi, uning boshqaruv organlari sayianadi. O‘zgartirilgan tashkilot bunga qadar mavjud bo‘lib kelgan jamiyatning barcha huquq va majburiyatlarini o‘zida saqlab qoladi.

  5. Taqsimlash. Taqsimlash deb tashkilot faoliyatini to‘xtatish va uning barcha huquq hamda majburiyatlarini yangi tashkil etiladigan jamiyatlarga berish tan olinadi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida kun tartibiga jamiyatni taqsimlash tartibi va shartlari, yangi jamiyatlar tashkil qilish, taqsimlanadigan jamiyat aksiyalarini yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalariga almashtirish tartibi haqidagi masalalar qo‘yiladi, shuningdek, taqsimlash balansi tasdiqlanadi.

Agar umumiy yig‘ilish tomonidan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinadigan bo‘lsa, shundan keyin yangi tashkil etilgan har bitta jamiyatni boshqarish ularning o‘z aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan va qabul qilingan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashkilotni taqsimlash masalalri bo‘yicha ovoz berishda qatnash-magan yoki qarshi ovoz bergan shaxslarga keladigan bo‘lsak, ular jamiyat taqsimlangunga qadaro‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar soniga proporsional ravishda, yangi tashkil etilgan har bir jamiyatning xuddi shu huquqlarni beradigan aksiyalarini olishlari lozim.

  1. Ajratish. Ajratish deb ularga o‘z faoliyatini to‘xtatmagan holda ularni ajratadigan tashkilotning huquq va majburiyatlarining bir qismi beriladigan bitta yoki bir nechta jamiyatlarni tashkil qilishga aytiladi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida kun tartibiga jamiyatni ajratish, uni ajratish tartibi va shartlari haqida, tashkilot aksiyalarini almashtirish va bu almashtirish tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash haqida masalalar qo‘yiladi.

Uchinchi bosqichda — (integratsiya faoliyati monitoringi) o‘zgar-tirilgan korporatsiya faoliyatini kuzatib boriladi va nazorat qilinadi, qilingan ishlarga yakun yasaladi va natijalar baholanadi, integratsiyaga iqtisodiy baho beriladi.
Integratsiya jarayonlari turli yo‘nalishdagi xarakterga ega bo‘lishi mumkin: o‘z manbalari hisobiga faoliyatni kengaytirish qo‘shimcha emissiyalarni, aksiyalar garovi asosida kreditlashni, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalar strukturasidagi o‘zgarishlarni, fond bozorining hosila vositalaridan foydalanish va hokazolar talab qiladi (7-jadval).
Ratsionallashtirishda korporatsiyani rivojlantirish dasturiga muvofiq aktivlar salohiyatini ranglarga ajratish ko‘zda tutiladi va ularni ahamiyati darajasi bo‘yicha kompaniyalarga tarqatish amalga oshiriladi. Buning natijasida moliyaviy xolding munosabatlari yuzaga keladi, ya’ni ustuvor rang darajasiga kirmagan biznes-loyiha. odatda, yuridik shaxsni tash-kiliy-huquqiy rasmiylashtirish shartlarida korporatsiya doirasida qolib ketadi.



Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish