o‘ziga ishonib topshirilgan aktivlarning saqlanishi;
agar ushbu zararlar engib bo‘lmaydigan kuch yoxud O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining xatti-harakatlari oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, o‘z harakati (harakatsizligi) tufayli etkazilgan zarar;
qonun hujjatlariga muvofiq hisobot va axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Davlat aktivlarini ishonchli boshqarishda davlatning manfaatlari to‘g‘risida zarur tarzda g‘amxo‘rlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi davlat aktivlarini ishonchli boshqarish vaqtida etkazilgan zarar va boy berilgan foydani qonunda belgilangan tartibda davlatga to‘laydi.
Ishonchli boshqaruvchi (uning rahbari) va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi o‘z majburiyatlari zarur tarzda bajarilmaganligi uchun amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, quyidagi shakllarda javob beradi:
ishonchli boshqarish shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish;
o‘zlarining noto‘g‘ri xatti-harakatlari oqibatida etkazilgan zararni qoplash (kompensatsiya qilish) (sud qaroriga ko‘ra);
shartnoma intizomi buzilganligi uchun ishonchli boshqaruvchi va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi mansabdor shaxslarining javobgarligi;
javobgarlikning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllari.
Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma quyidagi holatlar boshlanganda to‘xtatilishi mumkin: a) tomonlardan birining:
shartnoma muddati tamom bo‘lishi;
boshqa tomon o‘z majburiyatlarini bajarmasligi yoki zarur tarzda bajarmasligi;
jamiyat yoki ishonchli boshqaruvchining qayta tashkil etilishi, tugatilishi, bankrot deb e’tirof etilishi;
davlatning shartnoma bo‘yicha foyda olishni rad etishi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruvni amalga oshirish mumkin emasligi sababi bilan ishonchli boshqaruvchining boshqarishning amalga oshirishni rad etishi munosabati bilan shartnomani to‘xtatish to‘g‘risida sabablari asoslangan arizasi. SHartnoma ariza taqdim etilgan paytdan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin bekor qilingan deb hisoblanadi.
b) davlat aktivlarini begonalashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi. Ushbu holatda shartnoma, shu jumladan:
aksiyalar paketlarini boshqarishda - davlatga tegishli aksiyalar paketi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchining "depo" subhisob raqamidan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining hisob raqamiga o‘tkazilgan paytdan boshlab, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining aksiyalar paketi (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilishi to‘g‘risida buyrug‘i chiqqan paytdan boshlab;
ulushlarni boshqarishda - O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan ishonchli boshqaruvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi, ulush (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilganligi haqida Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyrug‘i chiqqanligi to‘g‘risida xabardor qilingan paytdan boshlab;
ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etgan, u huquqiy layoqatsiz, huquqiy layoqati cheklangan yoki dom-daraksiz ketgan deb e’tirof etilgan taqdirda bekor qilingan deb hisoblanadi.
Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin.
Ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilishi to‘xtagandan keyin davlat aktivlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.