Ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va tuzilgan ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga muvofiq ishonchli boshqaruvga olingan davlat aktivlariga nisbatan barcha yuridik va amaliy xatti-harakatlarni amalga oshirish, begonalashtirish va undan garov sifatida foydalanish bundan mustasno;
tuzilgan shartnoma shartlariga va unga ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aktivlari miqdoriga muvofiq kuzatuvchi kengash a’zosi va jamiyat qatnashchisi sifatida o‘zining barcha vakolatlaridan foydalanish;
shartnoma shartlariga va qonun hujjatlariga muvofiq taqdirlanish davlat aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bundan mustasno.
Ishonchli boshqaruvchi xo‘jalik jamiyatining ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladigan joriy faoliyatga aralashishga haqli emas.
Ishonchli boshqaruvchi quyidagilarga majbur:
Davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvi shartnomasi bo‘yicha foyda oluvchi hisoblangan davlatning manfaatlarini ifodalash;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, foyda hajmini ko‘paytirish va uni taqsimlashda davlatning manfaatlariga rioya qilish maqsadida davlat aktivlari miqdori bilan beriladigan huquqlar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish;
korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan yagona strategiyani amalga oshirish va barcha darajalardagi byudjetlar oldida, ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lash bo‘yicha uning tomonidan boshqarilayotgan korxonaning qarzdorligi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ijro etuvchi organning faoliyati, uning tomonidan biznes-reja bajarilishi, jamiyatning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish, davlat aktivlari bo‘yicha hisoblangan dividendlarni byudjetga o‘z vaqtida to‘lash ustidan zarur darajada nazorat qilishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
xo‘jalik jamiyati boshqaruvi organlariga yoki sudga murojaat qilish yo‘li bilan davlat aktivlariga nisbatan davlatning manfaatlari (huquqlari) buzilishi bartaraf etilishini talab qilish, davlat manfaatlari buzilishini bartaraf etishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ijro etuvchi organ tomonidan ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
xo‘jalik jamiyatida davlat byudjetiga, davlat maqsadli fondlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, ish haqi bo‘yicha qarzdorlik paydo bo‘lganda, shuningdek ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-reja parametrlari bajarilmaganda jamiyatning kuzatuvchi kengashiga ijro etuvchi organ rahbarining ishlarini baholash hamda u bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar (qatnashchilar)ning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish masalasini kiritish;
davlat aktivlarini hech bir shaklda begonalashtirmaslik, boshqa shaxslarning majburiyatlarini biriktirmaslik va ulardan garov sifatida foydalanmaslik;
aksiyadorlar (muassislar)ning umumiy yig‘ilishi qarori bo‘yicha rekonstruksiya qilishga, texnika bilan qayta jihozlashga, ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini rivojlantirishga va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirilgan sof foydaning bir qismidan maqsadli foydalanish ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash;
jamiyat muassisi (qatnashchisi) bo‘lgan yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashish (ta’sis etish), ularni tugatish, qayta tashkil etish bo‘yicha jamiyatning niyatlari, shuningdek jamiyatning moliya-xo‘jalik holati, boshlanishi jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini yomonlashtirishi va davlat manfaatlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan voqealar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini xabardor qilish;
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan topshiriqlari va ko‘rsatmalarini bajarish;
jamiyatning kuzatuvchi kengashi va qatnashchilarning umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan masalalar bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda ovoz berish siyosatini O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bilan kelishish;
unga ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalar paketlari begonalashtirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining bildirishnomasi olinganda ikki ish kuni mobaynida uni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining "depo" hisob raqamiga o‘tkazish;
qayta tashkil etish kunida o‘zining qayta tashkil etilishi fakti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini xabardor qilish. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi huquqiy voris bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda davlatga tegishli aksiyalar paketi ikki kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga qaytarilishi kerak;
unga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish chog‘ida unga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid bo‘lgan maqsadlarda foydalanmaslik;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga hisobot taqdim etish.
Ishonchli boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bilan kelishmasdan xo‘jalik jamiyatining boshqaruv organlarida boshqa qatnashchilarning vakili bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi quyidagi huquqlarga ega:
amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda davlat aktivi ishonchli boshqaruvga berilgan korxona faoliyati to‘g‘risida ishonchli boshqaruvchidan ma’lumotlar va hisobotlar olish;
ishonchli boshqaruvchiga shartnoma shartlarini bajarish, foyda oluvchi - davlat uchun noxush oqibatlarni bartaraf etish, shuningdek agar ishonchli boshqaruvchi yoki uning ishonchli vakili tomonidan ushbu zararlar engib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yuz berganligi isbot qilinmasa, shartnoma shartlari buzilgan taqdirda moddiy zarar va boy berilgan foyda qoplanishi bo‘yicha talablar qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi quyidagilarga majbur:
ishonchli boshqarish shartnomasi zarur darajada bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
uchinchi shaxslarning majburiyatlari biriktirilmagan va istalgan boshqa usul bilan begonalashtirilmagan (doimiy ravishda yoki vaqtincha) davlat aktivini ishonchli boshqaruvga berish;
davlat mulkini boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan huquqlarga muvofiq ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga ko‘maklashish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ovoz berish siyosati bo‘yicha ishonchli boshqaruvchiga ko‘rsatmalar berish;
ishonchli boshqarish shartnomasiga va qonun hujjatlariga muvofiq ishonchli boshqaruvchiga mukofot to‘lash;
davlat aktivlarini begonalashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida (oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi yoki Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat aktivlarini boshqa korxonaning ustav fondiga berish to‘g‘risida buyrug‘i chiqarilganligi haqida) ishonchli boshqaruvchini bunday qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda xabardor qilish.