Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 4,93 Mb.
bet3/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Fanni o‘qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari. Talabalarning “Korporativ boshqarish” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion - pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar va boshqa o‘quv qurollaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


1-MA’RUZA. “KORPORATIV BOSHQARISH” FANIGA KIRISH

  1. Korporativ boshqaruv va korporativ menejment

  2. Korporativ boshqaruvning maqsad va vazifalari

  3. Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va uslublarini joriy etishning xususiyatlari

  4. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning ahamiyati



  1. Korporativ boshqaruv va korporativ menejment

Korporatsiya (lotincha corporatiobirlashish) — bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil sub’ektini — huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir.
Korporatsiyalar — mulkchilikni hissadorlik shaklining zamonaviy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlarning manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi.
Mamlakat qonunchiligida «korporatsiya» tushunchasi yuridik jihatdan mustahkamlab qo‘yilmaganligi sababli bu tushunchani talqin qilishda ikki xil ma’no kuzatiladi. Ayrim belgilar bo‘yicha korporatsiyalar qatoriga tijorat tashkilotlari hisoblangan va a’zolikka asoslangan barcha xo‘jalik sub’ektlari, boshqa belgilar bo‘yicha esa faqat aksiyadorlik jamiyatlari kiritiladi
Biroq mamlakat iqtisodiy-huquqiy tizimida mohiyatiga ko‘ra kichikroq shartliliklar bilan aynan aksiyadorlik jamiyatlari jahon xo‘jalik va huquqiy amaliyotida umum qabul qilingan korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi.
Aytib o‘tish kerakki, korporatsiya tushunchasi hozirgi sharoitlarda yana bir o‘ziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo‘jalik sub’ektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog‘liq mustaqil iqtisodiy sub’ekt sifatida ko‘rib chiqish mumkin. SHunday qilib, O‘zbekistonda korporatsiya mustaqil aksiyadorlik jamiyati bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik faoliyatini korporativ tashkil qilishning keng imkoniyatlari ularning afzalliklaridan foydalanishga asoslanib, korporatsiyalar yaratish variantlaridan foydalangan holda firmalararo munosabatlarni modellashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatiladi:

  1. Aksiyalar chiqarish orqali pul mablag‘lari jalb qilish qobiliyati cheklanmagan sonli investorlarning mablag‘larini jamlash imkonini va bu investorlarga jamiyatni boshqarishda ishtirok etishda ma’lum bir tanlov huquqini beradi.

  2. Boshqariluvchanlik muammosining hal etilishi engillashadi. Tashkiliy rasmiylashtirishning tugallanganligi, vakolatlar va javobgarliklarni aniqlashda reglamentga rioya qilish nazorat funksiyalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari o‘rtasida taqsimlash imko­nini beradi, bu esa boshqaruv jarayonini professionallash imkoniyatini anglatadi.

  3. Aksiyadorlar tarkibiga kirish va chiqishning soddalashtirilgan tarkibi manfaatdor shaxslarning o‘rnini almashtirish uchun keng imkoniyatlar va mos ravishda, investitsiya taklifi dinamikasi yuqori bo‘lgan sharoitlarda yuqori moslashuvchanlikni ta’minlaydi.

  4. CHeklangan javobgarlik tamoyili risklarni kamaytirishga imkon beradi. CHeklangan javobgarlik tamoyilining qo‘llanilishi risklarni aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasida taqsimlash orqali yirik korporatsiyalar yaratish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Korporativ boshqaruv — bu biznesning tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirishi va tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish hamda qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki-tashqi firma munosabatlarini tashkil etishdir.
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv ob’ekti sifatida korporatsiyaning o‘ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning o‘zaro aloqa qilishini ko‘zda tutadigan (korpo­rativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativ madaniyatni, ya’ni xulq-atvor tamoyillari, umumiy an’analar kompleksini vujudga keltiradigan bosh­qaruv sifatida tavsiflash mumkin.
“Korporativ boshqaruv” tushunchasi uchun yagona ta’rif mavjud emas. Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra korporativ boshqaruv deganda qonunchilik, me’yorlar va xususiy sektorning mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasi tushuniladiki, ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi va oqibatda aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilingan holda o‘z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy qiymatni ko‘paytirish orqali o‘zining mavjudligini saqlab qolishni ta’minlaydi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ bosh­qaruv tamoyillarida «korporativ boshqaruv» tushunchasiga kompaniya ma’muriyati, uning boshqaruvi, aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslari orasidagi munosabatlar majmuasi deb ta’rif berilgan.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish