Tayanch iboralar:
madaniyat, etika, me’yor, xulq-atvor, ahloqi, kodeks, korrupsiya, idealistik, pragmatik, paternalizm, xarizmatik, artel, koloniya, «kolxoz», xutor xo‘jaligi, majoritar aksiyador, minoritar aksiyador.
Nazorat savollari
1. Korporativ madaniyat tushunchasini ayting.
2. Ishbilarmonlik etikasining asosiy tamoyillarini ayting.
3. Korporativ xulq-atvor kodeksi nima?
4. O‘zbekistonda hozirgi paytda kompaniyalarning asosiy guruhlarini ayting.
5. Zamonaviy korporativ madaniyatning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
6. Korporativ madaniyat turlari qaysilar?
7. «Korpomtiv madaniyat» tushunchasini o‘rganishga yondashuvlar
qanday?
8. Majoritar aksiyadorlar uchun korporativ xulq-atvorning tamoyillarini tushuntirib bering.
9. Kompaniya direktorlari uchun korporativ madaniyat tamoyillari qanday ahamiyatga ega?
10. Kompaniya menejerlari uchun korporativ madaniyat tamoyillari nimalardan iborat?
18-MA’RUZA. KORPORATIV BOSHQARUV MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Korporativ boshqaruvning milliy modelini shakllantirish
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning shakllanish muammolari va ularning yechimlari
Korporativ boshqaruvning milliy modelini shakllantirish
Turli mamlakatlarda korporatsiyalarni boshqarish tarkibi korporativ munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik asoslari, muayyan mam-lakatda yuzaga kelgan xarakterli boshqaruv tarkibi kabi omillar bilan belgilanadi. Har bir mamlakatda korporatsiyalarni boshqarish tarkibi uni boshqa mamlakatlar tarkibidan farqlab turadigan ma’luni bir elementlarga ega. Tadqiqotchilar korporatsiyalarni boshqarishning uchta asosiy modeli: ingliz-amerika modeli, nemis modeli va yapon modelini ajratib ko‘rsatadi. Dastlabki ikki model rivojlangan kapital bozorlarida hukmronlik qiladi. Ingliz-amerika modelini ko‘rib chiqishda uning shaxsiy jamg‘armalarnl fond bozori orqali harakatga solish darajasining yuqoriligi, kapitalning kompaniyalar va tarmoqlar orasida oson ko‘chib o‘tishi, shuningdek, kompaniyalarning axborot jihatidan ochiqlik darajasi yuqoriligi kabi asosiy afzalliklarini ajratib ko‘rsatish zarur.
Modelning kamchiliklari sifatida asosan qisqa muddatli maqsad-larga yo‘naltirilganlik, investitsiya loyihalari daromadliligiga talablar-ning qattiqligi va h.k.ni ko‘rsatish mumkin. Nemis modelining afzallik-lari uzoq muddatli strategiyaga moyillik, kompaniyalar moliyaviy barqarorligining yuqoriligi hisoblanadi. Kamchiliklar esa mayda aksiyadorlar huquqlariga etarli e’tibor qaratilmaslik, axborotning ochiqlik darajasi pastligidan iborat. Korporativ boshqaruv milliy modelini shakllantirish istiqbollarini baholashda real ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tahliliga tayanish lozim. O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning mavjud klassik modellari elementlarini qamrab olgan o‘zining o‘ziga xos modeli shakllanmoqda.
Amalda O‘zbekistonda hozirgi paytda rasman barcha an’anaviy modellaming tarqoq holdagi tarkibiy qismlari mavjud: nisbatan may-dalab yuborilgan mulk (biroq nolikvid bozor va kuchsiz institutsional investorlar), nazorat va mulkni bir erga to‘plashning yaqqol va bar-qaror tendensiyasi (biroq to‘g‘ri keladigan rnoliyalashtirish va samarali monitoringsiz), har xil turdagi murakkab korporativ tarkiblar shakllanishi (biroq biron-bir turga moyillik yo‘q). Quyidagi tendensiyalarni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin:
moliya-sanoat gurahlarining gurkirab rivojlanishi biian O‘zbe-kistonda yapon modeli — bank nazorati va moliyalashtirishga asos-langan, nisbatan yopiq model tomon burilish ro‘y berdi;
ingliz-amerika modeli bilan o‘xshashliklar qayd etildi: modelda ham birinchi navbatda kompaniya qiymatini, uning qisqa muddatli istiqboldagi foydasini osbirishga yo‘naltirilgan faoliyat rag‘batlantiriladi;
boshqaruv tizimi yuqori moslashuvchanligini qo‘llab-quvvatlash, kompaniyalarning tashqi muhit, yangiliklar va riskka moslashuviga yo‘nalganlikni ham qayd etish mumkin.
SHu tariqa, O‘zbekistonda shunday vaziyat yuzaga keldiki, bu erda korporativ boshqaruv tizimlarining bironta turi etakchilik qilmaydi, korporativ boshqaruv milliy modeli esa endi shakllanish bosqichida turibdi.
Uniuman O‘zbekistonda korporativ boshqaruv milliy modelini rivojlantirishning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni alohida ko‘rsatish zarur:
korporatsiyalarda mulkni qayta taqsimlash uzluksiz jarayoni;
» ko‘plab insayderlarning (menejerlar va yirik aksiyadorlar) korporatsiya aktivlarini «chiqarish» va rnoliyaviy oqimlar nazorati biian bog‘liq o‘ziga xos motivatsiyalari;
korporativ boshqaruv an’anaviy «tashqi» mexanizmlari sust yoki g‘ayriodatiy roli (qimmatli qog‘ozlar bozori, bankrot, korporativ nazo-rat bozori);
aksiyadorlik kapitalida davlat ulushining kattaligi hamda boshqaruv va nazoratning kelib chiqadigan muammolari;
samarasiz yoki tanlanma (siyosiylashtirilgan) davlat inforsmenti (aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish sohasida qonunchilik nisbatan rivojiangan holatda).
SHu bilan birga korporativ boshqaruv milliy modelining rivoj-lanishini qiyinlashtiradigan konseptual xarakterli qator muammolar mavjud:
1. O‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirishning umumiy yondashuvi va umuniiy yo‘nalishi yo‘qligi. Masalan, Djozef Stiglist 1999-yilmulkva boshqaruv o‘rtasidagi aloqalar muammolari nuqtayi nazaridan agentlik muno-sabatlari zanjirini qisqartirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgandagina insayderlar roliga e’tiborni kuchaytirish zararligini qayd etgan. Xuddi shu yili
Evropa taraqqiyot va tiklanish banki keying! o‘n yiliik uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida «issiq joy topib olgan insayderlar»ga qarshi kurash zaruratini ko‘rsatib o‘tgan.
2. Kengroq ma’noda mulk huquqining iqtisodiy tabiati masalasi «sof» nazariya doirasidan chiqadi — oxirgi paytlarda u xo‘jalik yuritish siyosatining dolzarb muammolari (masalan, xususiylashtirish natijasida vujudga kelgan muammolar) tobora ko‘proq bog‘lanmoqda.
3. O‘zbekistonda korporatsiyalar mulk strukturasi endi shakllanish bosqichida turibdi, aksiyadorlik kapitalini konsolidatsiyalashjarayonlari ham davom etmoqda, shu boisdan korporativ boshqaruv strukturasining u yoki bu klassik modeliga moyillik haqida gapirishga faali erta.
4. O‘zbekistonda affilatsiyalangan munosabatlar va benefistiar egalik qilish muammolari o‘tkir muammolardan sanaladi.
SHakllanayotgan korporativ boshqaruv milliy modelining sanab o‘tilgan o‘ziga xos jihatiari iqtisodiy siyosat va huquq sohasida qarorlar qabul qilish uchun sezilarli qiyinchiliklar yaratmoqda. Bunda esdan chiqarmasiik kerakki, uzoq muddatli rejada korporativ boshqaruv modellarini birxillashtirish umumjahon tendensiyasini hisobga olish lozim. Korporativ boshqaruv modelini huquqiy rasmiyiashtirishning o‘zi (huquqiy vositalar) ikkilamchi va faqat real iqtisodiy jarayonlarga, jumladan, globallashuv jarayonlariga asoslanadi. Davlat nuqtayi nazaridan asosiy vazifa bu — korporativ boshqaruvni mulkchilik huquqini (investorlar huquqlari, aksiyadorlar huquqlari) kafolatlash va himoya qilish hamda korporativ munosabatlar barcha qatnash-chilarining manfaatlari (huquqlari) muvozanatini ta’minlash hisob-lanadi. Iqtisodiy o‘sishning eng muhim institutsional sharti sifatida korporativ boshqaruv aynan shu nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |