Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning shakllanish muammolari va ularning echimlari



Download 4,93 Mb.
bet165/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning shakllanish muammolari va ularning echimlari

«Korporativ boshqaruv* muammosi O‘zbekistonda, ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Umumjahon jarayonlari, xususan, 80-yillarda AQSH va boshqa qator mamlakatlarda korporativ boshqaruvga qiziqishning o‘sishi (institutsional investorlar kuchaygan bir paytda aksiyalar nazorat paketlarini nodo‘stona egallab olishga qarshi reaksiya sifatida), 1997— 1998-yillardagi jahon rnoliyaviy inqirozi va bozori rivojlanayotgan mamlakatlarda korporatsiyalarning muammolari bunga undaydigan tashqi motivlarga aylandi.


1999-yil Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti korporativ boshqaruv Tamoyillarining imzolanishi Iqtisodiy hamkorlik va rivoj­lanish tashkiloti a’zo marnlakatlarining bu boradagi tajribalarini umumlashtirishga olib keldi. Tamoyillarning o‘zi esa, jumladan, o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun andozalar va yo‘1-yo‘riqlar potensial modelli to‘plamiga aylandi.
Kompaniya intilishi lozim bo‘lgan korporativ boshqaruv asosiy ko‘rsatkichi korporativ boshqaruv samaradorligi hisoblanadi. Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra, samarali korporativ boshqaruvga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilar hisoblanadi:
«shaffoflik»;
kompaniya faoliyati haqida moliyaviy va boshqa axborotlarni ochish;
menejment faoliyati ustidan ichki nazorat jarayonlari;
barcha aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish va ta’minlash;
direktorlarning kompaniya strategiyasini belgilash, biznes-rejalar tasdiqlash, boshqa Bttlihim qarorlar qabul qilish, menejerlar tayinlash, ularning faoliyatini nazorat qilish, zarur hollarda menejerlarni ishdan bo‘shatishda mustaqilligi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti samarali korporativ boshqaruvning quyidagi jihatlarini ajratib ko‘rsatadi:
halollik — investorlarning o‘z mablag‘Iari himoyalanishiga ishonch;
«shaffoflik» — kompaniyaning o‘z moliyaviy ahvoli ishonchli va to‘liq axborotni o‘z vaqtida ochish;
hisobdorlik — menejerlar kompaniya mulk egalariga hisobot beradi;
javobgarlik — kompaniyaning qonunlar va ahloqiy me’yorlarga rioya qilish.
Samarali korporativ boshqaruv natijasi mahalliy miqyosda ham, global miqyosda ham namoyon bo‘ladi:
kompaniya miqyosida samarali korporativ boshqaruv kompa­niyaning aksiyadorlar va barcha manfaatdor shaxslarning manfaatlarini himoya qilgan holda maksimal foyda olishini ta’minlaydi;
davlat miqyosida samarali korporativ boshqaruv xususiy sektor, fond bozori va butun iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qiladi;
jahon miqyosida samarali korporativ boshqaruv xalqaro moliya bozori strakturasinl shakllantirishda moliya inqirozining ro‘y berish riskini pasaytirishga imkon beradi.
Korporativ boshqaruv an’anaviy konsepsiyasiga muvofiq kompaniya farovonhgining o‘sishi bilan uning aksiyadorlar! farovonligi ham o‘sadi. Biroq zamonaviy konsepsiya aksiyadorlar farovonligi kompaniya farovonligidan farq qilishi va bu kompaniya va uning aksiyadorlari turli maqsadlarga ega bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq ekanligini tan oladi.
SHu sababli samarali korporativ boshqaruv maqsadi —korporativ munosabatlar barcha qatnashchilarining manfaatlar muvozanatini tan olish hisoblanadi.
O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning rivojlanishi bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilib, quyidagi zamonaviy tendensiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
«nazorat qiluvchi aksiyadorlar* va «menejerlar»ning birlashuvi;
yaqin yillarda tashqi aksiyadorlik moliyalashtirishi ehtimolining pastligi samarali korporativ boshqaruvning prinsipial iqtisodiy negizi sifatida;
aksiyadorlik kapitalining bir joyga to‘planishi va nazoratni bir-lashtirish;
aksiyadorlarning o‘z huquqlari uchun kurashining kuchayishi va o‘z rolini anglashi.
Bunda kompaniyalar korporativ boshqaruv tizimida quyidagi asosiy muammolarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
axborot jihatidan yopiqlik, ayniqsa, kompaniyaning haqiqiy egalari va mulk strukturasi haqidagi axborot borasida;
korporativ nizolarni hal qilishda ma’muriy resursni qo‘llagan holda buyurtma bo‘yicha huquqlarni qo‘llash;
xalqaro andozalarga mos kelmaydigan moliyaviy hisobotlar;
oliy menejment faoliyati monitoringi samaradorligining pastligi; » direktorlar Kengashi ishida samaradorlik va professionallikning pastligi, uning tarkibida mustaqil direktorlar sonining kamligi.
Bu muammolar davlat miqyosida ham (masalan, axborotni ochib berishga nisbatan qat’iy talablar belgilashi, korporativ xulq-atvor Kodeksining qabul qilinishi), alohida kompaniyalar miqyosida ham (ularning o‘z xulq-atvor kodekslarini qabul qilishi) hal etiladi. Kor­porativ xulq-atvor qoidalari va andozalari bozor iqtisodiyoti mexa-nizmining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Kompaniyalarning korporativ xulq-atvor yoki boshqaruv kodeks-larini qabul qilishini aksiyadorlar huquqlarini hiraoya qilishni yaxshilash, direktorlar Kengashi samaradorligini oshirish va axborotni ochish bo‘yicha kompaniya faoliyati kodekslariga ko‘proq urg‘u berilishi tufayli kompaniyaning o‘zi uchun ham, investorlar uchun ham ijobiy omil sifatida ko‘rib chiqish zarur. Bunda «ommaviy» sifatida ishlashni rejalashtirgan kompaniyalarda va «yopiq» jamiyat sifatida ishlash istagida bo‘lgan kompaniyalarda tashkilotda ichki korporativ boshqa-ruvni takomillashtirish yo‘nalishlari jiddiy farq qilishini e’tiborga olish zarur.
Xususan, bu kompaniyalarning birinchilari yangi aksiyadorlarning mablag‘larini jalb etmasdan turib uzoq muddatli istiqbolda muvaf-faqiyatli rivojlana olmasligini to‘g‘ri anglab, barcha boshqaruv qarorlarini kompaniyada mustaqil va maiakali registrator (ro‘yxatga oluvchi) mavjudligi, kompaniya direktorlar Kengashida mustaqil direktorlarning etarli va ular faoliyatining samarali bo‘lishi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qaror qabul qilish jarayoni kabi masalalar birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan investorlarning ustuvorliklar tizimi bilan bogiaydilar.
Ikkinchi guruhdagi kompaniyalar uchun esa korporativ boshqaruvni takomillashtirish yo‘nalishlari va istiqbollari birmuncha oddiyroq. Ularning bu sohadagi dasturi avvalo boshqaruv qarorlari sifatini oshirish, samarali o‘zaro aloqa tizimini yaratish va barcha manfaatdor shaxslarni motivatsiyalashga qaratilgan. Korporatsiyalar uchun agar ular korporativ boshqaruv tizimini tegishlicha xalqaro amaliyotga muvofiq o‘zgartira olmasalar, o‘zining o‘sishi uchun kapitalni ishga tushirishga harakat qilar ekan, noqulay raqobat pozitsiyasiga tushib qolishi mumkinligi umumiy hisoblanadi. Korporativ boshqaruvning qat’iy andozalari kapital bozorlarining baynalmilallashuv sharoitlarida investorlarni jalb qilish va ushlab qolish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda korporativ boshqaruv butun dunyoda jiddiy o‘garishlarga uchramoqda, bu birinchi navbatda korporativ qonunchilikka taalluqli. Korporativ qonunchilik yangi iqtisodiy voqeliklarga, yirik korporativ nizolarga, shuningdek, davlatlararo miqyosda ham, biznes-jarayonlar miqyosida ham integratsiya va globallashuv jarayonlariga javob berishga majbur bo‘ldi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respubiikasida kompleksli yondashuvga asoslangan va asosiy ustuvorliklarni belgilab beradigan korporativ qonunchilik qabul qilingan. Mustaqil ekspertlarning baholariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2006-yilning iyulidan 2008-yil oktabrgacha jalb qilingan aktivlar umumiy qiymati 2 rnlrd. dollardan ortiq bo‘lgan 60 ga yaqin ommaviy korporativ nizolar vujudga kelgan.
Konsepsiyada yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Qayta tashkil qilish haqidagi qonunchilikni takomillashtirish doirasida yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish masalasiga bag‘ishlangan umumiy bir qonun qabul qilish zarur. Bundan tashqari, eng muhim yo‘nalishlardan biri affilatsiyalangan shaxslarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish hisoblanadi. YUridik shaxs-larning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish korporativ qonun-chilikning jiddiy muammosi sanaladi.
Korporativ qonunchilik hech qanday istisnosiz barcha xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga dahldor bo‘lib, uning rivojlanish tizimli yondashuv talab qiladi va bevosita u yoki bu mamlakatda korporativ boshqaruv sifatida aks etadi.


Tayanch iboralar:
model, afzallik, klassik, nolikvid bozor, investor, insayder, struktura, tendensiya, globallashuv, halollik, andoza.
Nazorat savollari
1. Korporativ boshqaruvning milliy modeli qanday?
2. Korporativ boshqaruv milliy modelining rivojlanishidagi mavjud muam-molar nimalardan iborat?
3. O ‘zbekistonda korporativ boshqaruvning shakllanishida mavjud muam-molarni ayting.
4. Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra, samarali korporativ boshqaruvga xos bo ‘Igan jihatlarni ayting.
5. O‘zbekistonda korporativ boshqaruv rivojlanishining zamonaviy ten-densiyalarini ayting.


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish