Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning ahamiyati
Yirik korporativ tuzilmalaming tashkil etilishi XX asrda iqtisodiy rivojlanishning muhim tendensiyasi bo‘ldi. Korporatsiyalar o‘z rivojlanish yo‘lida va ularing jamiyat tomonidan qabul qilinishida fan-texnika, iktisodiyotning rivojlanishi, aholi malakasi, ma’lumot darajasi bilan bog‘liq qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Mazkur bosqichlarning har birida korporatsiyalar vujudga kelishiga har bir mamlakatda yuzaga kelgan korporativ madaniyat katta ta’sir ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda korporativ sektorda mahsulot va xizmatlarning asosiy qismi ishlab chiqarilmoqda. Son nisbatiga ko‘ra sanoati rivojlangan mamlakatlarda korporatsiyalar, korporatsiyalar umumiy sonida katta salmoqqa ega.
SHu bilan birga, ular YAIM ishlab chiqarishda va davlat byudjetining daromadlarida etakchi mavqeyni egallaydi. Germaniyada 10 ta yirik korporatsiya(biznes-guruh)ga sanoat ishlab chiqarishining 15 foizi, AQSHda 27 foizi, Janubiy Koreyada 30-32 foizi, Rossiyada 38,7 foizi to‘g‘ri keldi.
Jahonda yirik korporatsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynashi haqida yana shu narsa dalolat beradiki, butun jahon ishlab chiqarish hududining 1/4 qismiga yaqinini taxminan 600 ta moliya-sanoat guruhi nazorat qiladi.
Ayniqsa, ko‘p ilm talab qiluvchi eng yangi ishlab chiqarishlar sohasida ularning salmog‘i yuqori, chunki aynan yirik birlashmalar yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta mablag‘ sarflashga qodir. Masalan, AQSHda elektron sanoat uchun jihozlar ishlab chiqarishda mingdan ortiq firma band, sotuvlarning yarmidan ko‘pi esa bor-yo‘g‘i 14 kompaniyaning ulushiga to‘g‘ri keladi. Kompyuterlar ishlab chiqarishning to‘rtdan uch qismi to‘rtta yirik firma tomonidan amalga oshiriladi. Germaniya, Fransiya, YAponiya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham xuddi shunday holat kuzatiladi.
G‘arbiy Evropa mamlakatlari va YAponiyaning urushdan keyingi tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy sarmoya faqatgina qudratli moliya- sanoat tuzilmalariga birlashib, davlat organlari bilan o‘zaro jips hamkorlik qilsa hamda milliy va jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi huquqiy rejimda ishlasa, transmiliiy korporatsiyalar va chet el moliya-sanoat guruhlari bilan raqobatlashishga qodir bo‘ladi.
Yirik sanoat korporatsiyalarining shakllanishi rivojlangan mamlakatlarda turlicha yo‘llar bilan kechdi. U G‘arbiy Evropa va AQSHda cokin bozor sharoitida kompaniyalarning qo‘shib olinishi va qo‘shilishi yo‘lidan bordi. Osiyo mamlakatlari (Xitoy, YAponiya, Janubiy Koreya, Tayvan)da ko‘p tarmoqli savdo-sanoat birlashmalari davlatning yordami bilan tashkil etildi. Davlat ularga hozir ham iqtisodiy beqarorlik holatlarida yordam ko‘rsatib turadi .
Hozirgi paytda jahonda xo‘jalik sub’ektlari korporativ-integratsiyalashuvining faol jarayoni kechmoqda. Korporativ-integratsiyalashuv tadbirkorlikni tashkil etishning nafaqat samarali, balki jahon xo‘jaligidagi zamonaviy o‘zgarishlarga tez moslashadigan shakli bo‘lib qoldi.
Bugungi kunda yirik integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar iqtisodiyotning turli tarmoq va sektorlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. SHu bilan birga, ular ikkita muhim tendensiya bilan tavsiflanadi:
Sanoat va kredit-moliya muassasalari, korporatsiyalar doirasida integratsiyalashuvi, ya’ni banklar va bank bo‘lmagan kredit-moliya muassasalarining korporatsiyalar tarkibidagi ishtiroki;
Transmilliylashuv, ya’ni chet elda shu’ba kompaniyalar va filiallar tashkil etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investiniyalami amalga oshirgan holda o‘z faoliyati sohasini kengaytirishga intilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |