Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 4,93 Mb.
bet10/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Boshqaruv organlari

Boshqaruv organlari yo‘q

Qatnashchilarning umumiy yig‘ilishi - oliy rahbar organ; ijroiya organi (Boshqarma) yakka holda ham, jamoaviy ham bo‘lishi mumkin (yakka holdagisi qatnashchilar orasidan bo‘lmasligi mumkin)

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi - oliy rahbar organ; ijroiya organi yakka holda ham, jamoaviy ham bo‘lishi mumkin; umumiy rahbarlik amalga oshiruvchi strategik organ –direktorlar Kengashi

A’zolar umumiy yig‘ilishi – oliy rahbar organ; ijroiya organi (Boshqarma); shirkat qatnashchilari soni 50 dan oshganda Kuzatuv kengashi-umumiy rahbarlik amalga oshiruvchi strategik organ tashkil etilishi mumkin

Ushbu tizimdagi oqimlar quyidagi tarzda taqsimlanadi:

    • aksiyadorlardan bosh direktorga va menejmentga kapital kelib tushadi, bosh direktor va menejer aksiyadorlarga «shaffof» moliyaviy hisobot taqdim etish majburiyatini oladi;

    • aksiyadorlardan direktorlar Kengashi faoliyatini nazorat qilish kelib chiqadi, direktorlar Kengashi esa aksiyadorlarga axborot va individual hisobot taqdim etadi;

    • bosh direktor va menejment direktorlar Kengashiga strategiyani amalga oshirishning borishi haqida axborot va tezkor ma’lumotlar taqdim etadi, o‘z navbatida u kompaniya va bosh direktor faoliyatini nazorat qilib boradi.




  1. Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va uslublarini joriy etishning xususiyatlari

Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Adolatlilik — boshqaruv qoidalari adolatli bo‘lib, halol raqobatchilik sharoitida kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi va shu bilan birga barcha qatnashchilar, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning ham huquqlarini ta’minlash lozim.
Ravshanlilik — kompaniyaga aloqador barcha muhim axborotlar, shu jumladan mulkchilik shakli, moliyaviy holati, faoliyat natijalari o‘z vaqtida va aniq oshkora qilinishini kerak.
Hissadorlik — barcha boshqaruv organlarining vazifalari va vakolatlarini aniq ajratib berishni, Ijroiya organining Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisob berish majburiyatini yuklaydi.
Javobgarlik — aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldida ma’muriyat hamda kompaniya faoliyatiga bog‘liq qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning javobgarligi.
Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi korporativ boshqaruv tamoyillarining amalga oshishini ta’minlashi zarur.
Respublika aksiyadorlik korxonalarida korporativ boshqaruv usul­larini joriy etishning eng muhim xususiyatlariga quyidagilarni kiritish lozim:

  1. Korxonalar nisbatan «yosh»ligi va bosqichma-bosqich rivojlanishi, mustaqillik yillarida ularning deyarli qaytadan shakllanishi.

  2. Respublika moliya bozorining ko‘pgina tarmoqlarini islohotlar o‘sishining past sur’atlari, bularga ma’lum darajada korxonalarda korporativ menejmentni amalga oshirish ko‘lamlari va sifati bilan bog‘liq.

  3. Korxonalarning qayta tashkil etilishi jarayonlarini faollashtirish va korxonalarda mavjud korporativ madaniyat darajasini oshirishga qaratilgan yuqori rivojlangan infratuzilmasining etarlicha mavjud emasligi.

  4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar talablarmi etarlicha o‘rganmashk va zamonaviy marketing yutuqlaridan etarli darajada foydalanmaslik oqibatida.

  5. Aksariyat korxonalar boshqaruv ijroiya organlarining nofaolligi emasligi, ularning biznesga investitsiyalarni jalb qilish uchun transparantlikning ahamiyatiga etarlicha baho bermasligi tufayli ushbu kor­xonalar faoliyatining past darajadaligi.

  6. Boshqaruv ijroiya organlariga moliyaviy oqimlarni boshqarishni va dividend siyosati taqdirini butunlay topshirib qo‘ygan aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari va aksiyadorlar tomonidan ularning ishini etarlicha nazorat qilinmasligi.

  7. Korxonalar tomonidan korporativ boshqaruvga oid ilg‘or xorijiy tajribaning sust o‘rganilishi va o‘z ishi amaliyotiga past sur’atlarda joriy etilishidan iborat.

Korxonalarda korporativ boshqaruv usullari qaror topishining ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari, bir tomondan: O‘zbekiston Respublikasida o‘tish davrining asosiy yukini «o‘ziga olgan»ligi alohida roli bilan belgilanadi, bu yuk milliy iqtisodiyotni qayta qurishning kardinal tuzilmasiga hamda ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishda an’anaviy yondashuvlarning o‘zgarishiga bog‘liqdir.
Boshqa tomondan, korporativ boshqaruv usullarini joriy etishning past sur’atlari va bunga bog‘liq kamchiliklarni aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini boshqaradigan me’yoriy-huquqiy bazaning mukammal emasligi, O‘zbekiston Respublikasida aksiyadorlashtirish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, korxona boshqaruvi oliy organlari va aksiyadorlarning amaliyotda korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilishdagi sustkashligi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining rahbariyati va menejerlari tomonidan biznesni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani etarli darajada o‘rganilmaganligi, shuningdek, mazkur muammo nazorati hamda korxona faoliyatini boshqarish organlari tomonidan kompleks yondashuvning yo‘qligi kooperatsiya jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mazkur nazorat va boshqaruv organlari aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish jarayonlarini realizatsiya qilishning o‘ziga xos tomonlarini etarlicha hisobga olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikning aksiyadorlik shakli aksiyadorlar uchun o‘zini-o‘zi qoplaydigan va investorlar uchun foydali bo‘libgina qolmasdan, balki xo‘jalik yuritishning bunday shakli mulkchilikning boshqa shakllariga (davlatga tegishli, qo‘shma, xususiy) nisbatan samarali ekanini yaqqol ko‘rsatuvchi namuna vazifasini ham bajaradi.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish