2008 yilda mulki mavjud bo‘lgan bankrot-korxonalarni tugatishda yangi yo‘nalishlarning bergan samarasi
№
|
Hududlar
|
Jami tugatish jarayonida bo‘lgan
korxonalar soni
|
Tugatilgan, kelishuv bitimi tuzilgan yoki to‘lov qobiliyati
tiklangan korxonalar soni
|
Sotilgan yoki banklar balansiga
berilgan
korx-r soni
|
Tijorat banklariga sotish uchun auksion savdolariga
qo‘yilgan korxonalar soni
|
Yil yakuniga tugatishga qolganlar soni
|
1
|
Qoraqalpog‘iston R.
|
42
|
36
|
0
|
2
|
4
|
2
|
Andijon v.
|
31
|
16
|
5
|
2
|
8
|
3
|
Buxoro v.
|
10
|
4
|
4
|
0
|
2
|
4
|
Jizzax v.
|
28
|
20
|
0
|
0
|
8
|
5
|
Qashqadaryo v.
|
36
|
22
|
7
|
1
|
6
|
6
|
Navoiy v.
|
9
|
3
|
3
|
1
|
2
|
7
|
Namangan v.
|
28
|
14
|
8
|
1
|
5
|
8
|
Samarqand v.
|
12
|
4
|
3
|
1
|
4
|
9
|
Surxondaryo v.
|
29
|
19
|
5
|
0
|
5
|
10
|
Sirdaryo v.
|
3
|
3
|
0
|
0
|
0
|
11
|
Toshkent v.
|
11
|
2
|
5
|
0
|
4
|
12
|
Farg‘ona v.
|
11
|
2
|
2
|
3
|
4
|
13
|
Xorazm v.
|
63
|
34
|
21
|
0
|
8
|
14
|
Toshkent sh.
|
25
|
10
|
7
|
1
|
7
|
|
Jami
|
338
|
189
|
70
|
12
|
67*
|
|
2007yil
|
308
|
104
|
-
|
-
|
204
|
Iqtisodiy nochor korxonalarni hududlar taqsimotida oladigan bo‘lsak, asosiy qismini Toshkent shahridagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Xorzam, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi korxona va tashkilotlar tashkil qilmoqda.
Iqtisodiy nochorlik alomatiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar vazirlik va idoralar taqsimotida esa asosan “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekenergo” va “O‘zbekengilsanoat” davlat aksionerlik kompaniyalariga, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga, “O‘zbek ipagi” uyushmasi va “O‘zkommunxizmat” agentligiga qarashli hamda hokimiyatlarga qarashli, yuqori vazirligi va idorasi bo‘lmagan korxonalardan iboratdir;
O‘z moliyaviy - xo‘jalik faoliyatlarini zarar bilan yakunlagan korxona va tashkilotlarni hududlar taqsimotida oladigan bo‘lsak, asosiy qismini Toshkent shahridagi, Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatidagi korxonalar tashkil qilmoqda. Vazirlik va idoralar taqsimotida esa asosan “O‘zbekengilsanoat” davlat aksionerlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llapi” milliy avia kompaniyasiga, “O‘zkommunxizmat” agentligiga hamda hokimiyatlarga qarashli, yuqori vazirligi va idorasi bo‘lmagan korxonalar va tashkilotlardan iboratdir.
Qo‘yidagi jadvalda respublikada aniqlangan kam quvvatlarda ishlayotgan yoki faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar buyicha ma’lumot berilgan.
Korxona va tashkilotning o‘z moliyaviy - xo‘jalik faoliyatlarini zarar bilan yakunlashi - korxona va tashkilot tomonidan qilingan xarajatlar miqdori olingan daromadlarda yuqori bo‘lishidan iboratdir.
2005 - yilning 14 aprelida Adliya Vazirligida ro‘yhatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi “Korxonlarning moliyaviy – iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlil qilish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi 1469 - son Nizomiga asosan korxonalarning boshqa inqiroziy holatlari aniqlanadi.
Past rentabelli korxona va tashkilotlar – yuqorida berib o‘tilgan “Korxonalarning moliyaviy – iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlil qilish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi” Nizomiga asosan xarajatlarning rentabellik koeffitsienti 0.05 dan past qiymatga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar (monopolist korxonalardan tashqari);
To‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan korxona va tashkilotlar - “Korxonalarning moliyaviy – iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlil qilish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi” Nizomiga asosan to‘lovga qobillik koeffitsienti hisobot davri so‘ngida 1,25 dan past qiymatga ega bo‘lsa, korxona to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan korxona va tashkilotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasining 2007- 2008 - yildan boshlab olib borgan tahlillari natijalaridan kelib chiqib, korxona va tashkilotlarning inqirozga tushishining asosiy sabablarini quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin:
- Korxona va tashkilotlarda boshqaruv yoki boshqaruv bosqichlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi korxonalar iqtisodiy nochor bo‘lishiga va o‘z faoliyatlarini zarar bilan yakunlashiga sabab bo‘lmoqda.
Iqtisodiy nochor va o‘z faoliyatlarini zarar bilan tugallagan korxonalarning bu holatlarga tushish sabablarini o‘rganganimizda, qariyb 80% da bevosita boshqaruvning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi ko‘rildi. YA’ni, bozor talabini o‘rganmasdan (marketingga umuman e’tibor bermasdan) faqat ishlab chiqarishga e’tiborni kuchaytirganlar, buning natijasida ishlab chiqargan mahsulotlarini yoki zararga sotishgan yoki umuman sota olishmagan. Hozirgi kunda juda ko‘p korxonalarda asosiy masalalardan biri korxonalar o‘z bozorlarini yo‘qotib bormoqda. CHunki, bizning juda ko‘p korxonalar rahbariyatining va boshqaruv apparatining tushunchalari eskicha saqlanib qolishidir.
O‘zbekistonda restrukturizatsiya jarayoni qo‘yidagicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |