Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Korporativ boshqaruvda dividendni boshqarish qoidalari



Download 4,93 Mb.
bet87/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Korporativ boshqaruvda dividendni boshqarish qoidalari

Dividend” tushunchasi (definitsiyasi) fuqarolik va soliq qonunchiligida turlicha talqin etiladi. Soliq solish maqsadida “dividendlar” tushunchasining mazmuni dividendlar faqat aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatlaridagi taqsimlanadigan foydasi sifatida qaratiladigan fuqarolik muomalasidagidan kengroq.
Sof foydani taqsimlashni tartibga soladigan qoidalarning tahlilidan (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini ximoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 53-moddasi, “Ma’suliyati cheklangan hamda qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasi, “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasi) ko‘rinadiki, birinchi xolda “dividend” ta’rifi ostida foydaning soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin aksiyadorlik jamiyatining tasarrufida qoladigan hamda aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismi tushuniladi. Ikkinchi xolda so‘z o‘zining (jamiyatning) sof foydasini (jamiyat foydasining taqsimlashga mo‘ljallangan qismini) taqsimlash to‘g‘risida bormoqda. Uchinchi xolda, dastlabki ikki tushunchaga aynan o‘xshab, xususiy korxona muassisining tasarrufiga “xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng” kelib tushadi. Uchala tushunchaning bir-biriga aynan o‘xshashligi yaqqol ko‘rinadi.
Dividendga berilgan ta’riflarni barchasini birlashtirib quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Dividend – bu aksiyadorlik jamiyati foydasining soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘langanidan, qayta investitsiyalash amalga oshirilganidan keyin uning ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan bir qismidir. Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni pul mablag‘larida yoki mol - mulk bilan to‘lashi shart. Dividendlar aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Aksiyadorlik jamiyati oraliq (har chorakda, yarim yilda bir marta) yoki yillik dividendlarni to‘lashi mumkin. Oraliq dividendlar agarda ularning to‘lanishi kompaniyaning moliyaviy xo‘jalik ahvolining jiddiy yomonlashuvini keltirib chiqarmagan hollarda to‘lanadi. Oraliq dividendlarni to‘lash haqidagi qaror kuzatuvchi kengash tomonidan qabul qilinadi. Yillik dividendlarni to‘lash haqidagi qaror aksiyadorlik jamiyati kuzatuvchi kengashining tavsiyasiga ko‘ra umumiy yig‘ilish tomonidan qabul qilinadi. Bunda yillik dividendlarning miqdori kuzatuvchi kengash tomonidan tavsiya etilgan miqdordan katta bo‘lmasligi va to‘langan oraliq dividendlardan kam bo‘lmasligi lozim. Aksiyadorlik kompaniyasi, hatto dividendlarning miqdori ustavda qayd etilgan bo‘lishiga qaramasdan, ularni to‘lamaslik yoki imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘liqsiz miqdorda to‘lash haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Dividendlarni to‘lash manbasi kompaniyaning joriy yildagi sof foydasi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar bu uchun maxsus shakllantiriladigan zaxira fondi hisobidan to‘lanishi mumkin. Yillik dividendlarni to‘lash sanasi aksiyadorlik jamiyatining ustavi yoki kompaniya aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi. Biroq natijalari bo‘yicha dividendlar hisoblab yozilgan yildan keyingi yilning 31 dekabridan kechiktirilgan holda belgilanishi mumkin emas. Oraliq dividendlarni to‘lash sanasi kuzatuvchi kengashning qarori bilan aniqlanadi, biroq ushbu sana shunday qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kundan oldin belgilanishi mumkin emas.
Dividendlar kuzatuvchi kengash tomonidan tuziladigan aksiyadorlarning maxsus ro‘yhatiga muvofiq to‘lanadi. Agar oraliq dividendlar to‘lanadigan bo‘lsa, ushbu dividendlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yhatidan kuzatuvchi kengash tomonidan bunday to‘lov haqida qaror qabul qilingan sanagacha kamida 30 kun qolganda qimmatli qog‘ozlar egalarining reestriga kiritilgan aksiyadorlar joy oladi. Yillik dividendlar to‘lanadigan hollarda bunday dividendlar to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yhatiga yillik umumiy yig‘ilishda ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yhati tuzilgan kunda jamiyat aksiyadorlari reestridan joy olgan aksiyalarning egalari kiritiladi. Dastlab imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra esa, oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Agar jamiyat imtiyozli aksiyalar egalariga dividendlarni to‘lash uchun etarli miqdorda foydaga ega bo‘lsa, u ushbu dividendlarni to‘lashi shart. Aks holda imtiyozli aksiyalarning egalari dividendlarning to‘lanishini sud orqali talab qilish huquqiga ega. Agarda foyda etarli bo‘lmasa yoki jamiyat zarar ko‘rib faoliyat ko‘rsatsa, dividendlar faqat zaxira fondi hisobidan va uning chegarasida to‘lanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan aksiyadorlar o‘zlari olgan dividendlarni erkin muomaladagi valyutaga hisoblab yozilgan kundagi kurs qiymati bo‘yicha ayirboshlash huquqiga ega, bu davlat tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan amalga oshirilishi zarur. Emitent tomonidan tasdiqlangan aksiyadorlar reestridan ko‘chirma hamda aksiyadorlik jamiyati buxgalteriyasining to‘langan dividendlar summasi va ularni hisoblab yozish sanasi haqidagi ma’lumotnomalar bunday ayirboshlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aksiyadorlar reestrining yopilishi vaqtida unda qayd etilgan sarmoyadorlar dividendlarni olish huquqiga ega. Reestr aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining rasman e’lon qilingan sanasigacha 30 kun qolganda yopiladi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan dividendlar aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida belgilangan muddatlarda to‘lanmasa, to‘lanmagan yoki to‘liq olinmagan dividendlar bo‘yicha Markaziy bankning qayta moliyalash o‘rtacha chamalangan stavkasiga mos ravishda penya hisoblab yoziladi. Aksiyadorlar jamiyat tomonidan e’lon qilingan, lekin to‘lanmagan dividendlarning to‘lanishini sud orqali talab qilish huquqiga ega. E’lon qilingan dividendlarni to‘lashdan bosh tortilgan hollarda jamiyatga nisbatan to‘lovga layoqatsizlikni bartaraf etish (sanatsiya) yoki hatto bankrotlik tadbiri qo‘llanishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish davlat organi o‘z aksiyadorlari oldida to‘lanmagan dividendlar ko‘rinishida qarzga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatini uni sog‘lomlashtirish maqsadida vasiylikka olishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati quyidagi hollarda dividendlarni to‘lash haqida qaror qabul qilish huquqiga ega emas:

  • ustav fondi to‘liq to‘lanmaganda;

  • agar dividendlarni to‘lash vaqtida uning nochorligi (bankrotligi) belgilari mavjud bo‘lsa yoki dividendlarning to‘lanishi shunday belgilarni keltirib chiqarsa;

  • agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav hamda zaxira fondlari summasidan kam bo‘lsa.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati to‘lanadigan dividendlarning miqdori haqidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi lozim.
Dividendlar miqdori oldindan belgilanmaydi, u korxonaning tugallangan yildagi ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining natijalariga bog‘liq. Imtiyozli aksiyalar bundan mustasno. Ular bo‘yicha dividendlar aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan oldindan belgilangan foiz ko‘rinishida to‘lanadi. Foydaning summasi etishmagan hollarda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar zaxira fondi hisobidan to‘lanadi. Agar yil yakuniga ko‘ra imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdoridan kam bo‘lsa, u holda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar ancha yuqori foizlarda amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra dividendlar tovarlar ko‘rinishida va boshqa aksiyadorlik jamiyatlari hamda boshqa tashkiliy shakldagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.
Belgilangan muddatlarda aksiya egasi yoki uning merosxo‘ri tomonidan talab qilib olinmagan dividendlar da’vo muddati tugaganidan so‘ng korxona ixtiyorida qoladi.
Davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish yo‘li bilan tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlarning hisoblab yozilishi va to‘lanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish jarayonida muomalaga chiqarilgan aksiyalar ular belgilangan tartibda yangi mulkdorlarga sotilguniga qadar birlamchi joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi va xususiylashtirish natijasida barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan dividendlar ustav fondining dastlabki miqdoriga muvofiq muomalaga chiqarilgan aksiyalarning, shu jumladan, dividendlarni to‘lash haqidagi qaror qabul qilingan vaqtda davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarning sotilmay qolgan qismining barcha summasiga hisoblab yoziladi. SHunday qilib, hozirgi kunda dividendlar muomalaga chiqarilgan barcha aksiyalar bo‘yicha hisoblab yoziladi, emitent tomonidan erkin sotuv yoki xorijiy sarmoyador ulushidan sotib olingan va reestr yopiladigan sanada emitentning ixtiyorida (o‘zining "depo" hisob raqamida) bo‘lgan; emitent tomonidan mehnat jamoasining ulushidan sotib olingan va mehnat jamoasi a’zolarining o‘rtasida joylashtirilmagan aksiyalar bundan mustasno. Bunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasida aksiyadorlar reestrlarida erkin sotuv va xorijiy sarmoyador ulushining sotilmagan aksiyalarining egasi sifatida davlat o‘zining vakolatli organi orqali ishtirok etadi.




  1. Download 4,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish