n = On/K. (14)
SHunga o‘xshash ko‘rsatkichlarni kreditlar berish bo‘yicha ham chiqarish mumkin. Bu holatda kredit berish bo‘yicha aylanuvchanlik tavsifini olamiz. Ko‘rinib turibdiki, qarz kapitalini aniqlashning ikkita o‘xshash tizimlari o‘zaro birmuncha farq qiladi.
To‘lash muddati turli xil bo‘lgan barcha kredit zaxiralari tahlilini o‘tkazish uchun mavjud vositalar aylanmalari va tarkibining o‘zgarishni tavsiflaydigan indekslar tizimini kiritish mumkin. Moliya resurslarining har biri tarkibiy qismi har xil narxga ega bo‘ladi va demak, xarajatlar ham turlicha bo‘ladi. Har bir turdagi kredit amal qilishining o‘rtacha muddati, uning narxi, qarz mablag‘lari umumiy hajmidagi ulushi aniqlanadi. Agar biron-bir vaqt ko‘rsatkichini bazaviy deb oladigan bo‘lsak, har bir turdagi kreditdan foydalanish o‘rtacha muddatining o‘sishi kabi ko‘rsatkichni ham hisoblab chiqish mumkin.
Kapitallarning optimal tarkibini shakllantirish
Moliyaviy menejmentning tarkibiy elementi sifatida kapitallarni optimallashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun unga xos sifat ko‘rsatkichlarining qandaydir maksimal yoki minimal miqdorlarini aniqlash talab etiladi. Bu o‘z navbatida har bir aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xizmat tizimining bosh maqsadi va vazifalari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlashga va pirovard natijada aksiyadorlik jamiyatlari istiqboldagi taraqqiyotining moliyaviy omiliga aylanishi darkor.
Aksiyadorlik jamiyatlarida kapitallarni optimal tarkibini shakllantirishda biznes narxi har qanday korxona va uning hamkorlari, kreditorlari, shuningdek, potensial va real investorlar korxonaning bozor qiymatini imkon qadar maksimallashuvidan manfaatdor bo‘ladi. Tom ma’noda aksiyalarning real kursini ortishi aksiyadorlik jamiyatlari bozor qiymatini ortishini anglatadi. Bunday holat o‘z navbatida moliyalashtirishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qarz mablag‘lari olishdan tashqari aksiyadorlik jamiyati investitsion jozibadorligini ortishi hisobiga qimmatli qog‘ozlari yangi emissiyasi prospektini amalga oshirishlari va ularni muvaffaqiyat bilan joylashtirish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari kapitallari optimal tarkibiga xos sifat ko‘rsatkichlarining qandaydir maksimal yoki minimal miqdorlarini aniqlash jarayonini amalga oshirishni boshlashdan oldin unga xos mezonning ifodalangan tavsifini shakllantirish zarur. Buning uchun aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy rentabelligi orqali ifodalanadigan o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha daromad olish jarayonini ko‘rib chiqish taqozo etiladi. Lekin, shuni ta’kidlash joizki, aksariyat holatlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini iqtisodiy rentabellik ko‘rsatkichi bilan emas balki xususiy kapital rentabelligi orqali baholash zarurligi e’tirof etiladi. Bu o‘z navbatida aksiyadorlik jamiyatlari muvaffaqiyatining garovi yuqori daromadli investitsiyalargagina bog‘liq emas balki, ushbu investitsiyalar bo‘yicha shakllantirilgan kapitallar tarkibi va ular bo‘yicha xarajatlarni oqilona boshqarish tizimiga ham bog‘liqdir — degan xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Faraz qilaylik, korxona o‘z mahsulotlarini sotish hisobiga ma’lum miqdorda yalpi daromad olgan. Bundan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun ma’lum miqdorni chiqarib tashlaymiz, so‘ngra to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni ayiramiz. SHunda korxona va uning aksiyadorlari infrastrukturalar uchun foydalanish mumkin bo‘lgan sof foyda qoladi. Sof foyda aksiyadorlar, kreditorlar va fondlar o‘rtasida taqsimlanadigan kapital uchun to‘lovni ifodalaydi.
SHu bilan birga sof foyda har qanday korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini ko‘rsatuvchi natija hisoblanadi.
Bundan tashqari, sof foydaning bir qismi ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Kapitalning barcha tarkibiy qismlari to‘lanishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Demak, sof foyda daromadning mutlaq qiymatdagi foizlar hajmiga mos keladigan qismini ifodalaydi. SHunda biznes narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |