C = [Cnom*P+(Cnom-Cs)/t](l-N)/0,5(Cnom+Cs) (9)
bunda Cnom— obligatsiya chiqaruvi nominal narxi;
P — daromadlar bo‘yicha foiz stavkasi;
Cs — sotuv narxi;
t — zayom muddati;
N — foyda solig‘i stavkasi.
Agar obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarning bir qismi xarajatlar tarkibiga kiritiladigan bo‘lsa, ko‘rinib turibdiki, bu turdagi qarz majburiyatlari narxi kapital qiymatining o‘zgarishiga yana ham ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zida sotuv narxi quyidagi ko‘rinishda aniqlanadi:
Cs=Cnom/(1-f), (10)
Bunda:
F — obligatsiya chiqarish va joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nominal qiymatdan foizda ifodalangan xarajatlar.
YUqorida keltirilgan xarajatlardan tashqari, agar obligatsiyalar qog‘oz shaklida chiqarilgan bo‘lsa, qarz majburiyatlari blanklarini xarid qilish bilan bog‘liq yoki qog‘ozsiz shaklda chiqarilgan bo‘lsa, reestr yuritish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar turlari ham mavjud.
Ayrim hollarda korxona ular bo‘yicha kupon natural ko‘rsatkichlarda ifodalangan obligatsiyalar chiqaradi. Masalan, «Komineft» AJ buning uchun o‘z mahsuloti — neftdan foydalangan. Ko‘rinib turibdiki, to‘lov vaqtiga kelib naf narxi o‘zgarishi mumkin. Demak, xarajatlar ham o‘zgaradi. SHu sababli obligatsiyalar bo‘yicha kupon o‘lchanadigan tovar narxining o‘zgarishini ma’lum bir zaxira bilan bashorat qilish maqsadga muvofiq.
Davlatning maqsadli kreditlari haqida bir og‘iz gapirib o‘tishni istardik. Ular aylanma vositalarni to‘ldirish uchun ajratiladi. Ularning qat’iy ravishda ajratilgan maqsadlarga foydalanilishi zarur.
Agar kredit vaqtida to‘lanadigan bo‘lsa, foizlar mahsulot tannarxiga kiritiladi. Taqsimlanmagan foyda kelajakda qaror qabul qilingan paytdagidan ko‘ra ko‘proq daromad olish maqsadida korxonani rivojlantirishga qo‘yilmalar kiritish uchun foydalaniladi.
Demak, dividend to‘lamaslik va foydani investitsiyalash amalda daromad olishni kechiktirish hisoblanadi. Moliyaviy inqiroz sharoit-larida bu qadam ma’lum darajadagi risklar bilan bog‘liq.
Foydaning bir qismini ishlab chiqarishga investitsiyalash uchun bu qadamning kelajakda qanday iqtisodiy samara berishini baholash zarur. Agar investitsiyalardan olinadigan daromad hajmini keltirish darhol to‘lanishi lozim bo‘lgan dividendlardan katta bo‘lishini hisobga olib, ko‘p hollarda mos keluvchi loyiha ishlab chiqish haqida qaror qabul qilish zarur.
Bundan tashqari, hissador oladigan pullarni qanday tasarruf qilishi mumkinligini baholash zarur. Agar mablag‘larni korxonaga investitsiyalashdan ko‘ra ko‘proq daromad keltiradigan muqobil variantlar bo‘lsa, pullar to‘lanishi kerak.
Ko‘pincha direktorlar kengashi dividendlar hajmini kamaytirish yoki to‘lamaslik haqida qaror qabul qiladi, chunki belgilangan miqdorda mablag‘lar oqimisiz ishlab chiqarishni zarur darajada qo‘llab-quvvatlash ham ancha qiyin bo‘ladi.
Yig‘ilish dividendlar hajmini oshirish tomon o‘zgartirish imkoniyatiga ega emasligi tufayli shunday bo‘lib chiqadiki, hissador daromadning ma’lum bir qismini ololmay qoladi.
Biroq agar hissador ushbu korxona xodimi hisoblansa, taqsimlanmagan foydani investitsiyalash bilvosita uning daromadlarini oshirishga yoki belgilangan darajada saqlashga olib keladi. Foydani qayta investitsiyalashda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlarni hisobga olib, xulosa chiqarish mumkinki, umumiy holatda taqsimlanmagan foyda narxini aniqlash juda qiyin. Oddiy hissadorlik kapitali narxini tahlil qilishda foydalanilganga o‘xshash dividend yondashuvidan foydalanishni taklif etish mumkin.
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash uchun foyda sohasida korxonaning kelajakdagi ko‘rsatkichlarini bashorat qilgan holda loyiha tahlilini amalga oshirish zarur.
SHundan keyin hissadorlarga real to‘lanishi mumkin bo‘lgan dividendlar hajmini baholash talab qilinadi. Bu dividendlar hajmi — D bo‘lsin. Real bozor ma’lumotlariga muvofiq diskontlash koeffitsientini tanlashda joriy vaqtga keltirilgan to‘lov qiymati olinadi - A/(l + k).
Bu qiymatni korxona hisobot davri yakunida to‘lashi mumkin bo‘lgan dividendlar hajmi bilan taqqoslab, investitsiyalarni amalga oshirish natijasida paydo bo‘ladigan o‘sish qo‘lga kiritiladi. Ehtimol, risk uchun to‘lov va inflyasiya ta’sirini hisobga olmaydigan bo‘lsak, ushbu tahlil to‘liq bo‘lmaydi. Aytish mumkinki, taqsimlanmagan foyda narxi quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |