Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Moliyaviy boshqarishda kapitallar tarkibini boshqarish va qiymatini baholashning ahamiyati



Download 4,93 Mb.
bet78/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Moliyaviy boshqarishda kapitallar tarkibini boshqarish va qiymatini baholashning ahamiyati

Kapital o‘z mohiyatiga ko‘ra bir xil emas va turlicha tavsiflarga ega ekanligi sababli uning tarkibini baholashda u yoki bu ko‘rsatkichdan foydalanish zarurati vujudga keladi, bu sifatda, odatda, qiymat tushunchasidan foydalaniladi. Buning sababi ushbu ko‘rsatkichning bevosita xarajatlar demak, ularni hisobga olish shakllari bilan bog‘liqligi hisoblanadi. SHunday bo‘lib tuyulishi mumkinki, kapital narx ushbu sharoitlar uchun qat’iy belgilab qo‘yilgan o‘zgarmas ko‘rsatkich, lekin aslida bunday emas. Jamiyat kapitalining barcha tarkibiy qismlari qiymatini (narxi) ko‘rib chiqish va osonlik bilan shuni ko‘rish mum­kinki, bir holatda narx shakllanishiga ta’sir etuvchi siyosiy va boshqa sub’ektiv omillar mavjud bo‘ladi, boshqa holatda esa qabul qilingan buxgalteriya hisobi yuritish uslubiyati o‘z aksini topadi. SHu sababli jamiyat kapitalining narxiga ta’sir etish uchun ayrim imkoniyatlar mavjud hisoblanadi. Biroq normal rivojlanayotgan iqtisodiyotda bunday ta’sir darajasi etarli darajada cheklangan ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Ko‘rinib turibdiki, umumiy holatda barcha tarkibiy qismlar uchun uning narxi bir xil bo‘lgan kapital tarkibini shakllantirib bo‘lmaydi. Nimaga unda kapitalning ayrimlari jamiyat uchun qimmatga, boshqalari esa arzonga tushadigan turlicha tarkibiy qismlari mavjudligiga ko‘nikish kerak? — degan adolatli savol tug‘iladi. Bu erda joriy faoliyat jarayonida ular bilan hisoblashish lozim bo‘lgan huquqiy va iqtisodiy cheklovlar mavjudligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Korxona moliyalashtirish usulini o‘zi tanlaydi. Bunda qabul qilingan qaror ko‘p jihatdan bir qaraganda, iqtisodiy zarurat bilan bog‘liq bo‘lmagan omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ularning orasida — turli xil reytinglar, firmaning raqobatli maqomi kabi ko‘rsatkichlar va hokazo. SHunday qilib, kapital tarkibiga sof tashqi omillar ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Korxona tahlilchi firmalarning byulletenlarida, sharxlarida qanday aks etishiga, o‘z faoliyatining yakunlari va joriy ishlari haqida axborotni qanday taqdim etishiga bog‘liq bo‘lib boradi. Hamkorlar va kreditorlar moliyaviy hujjatlardan tashqari alohida e’tibor qaratadigan bir nechta asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • buxgalteriya hisobi yuritish usuli;

  • firma axborotlarining ochiqlik darajasi;

  • audit o‘tkazishga turli xil mahalliy va xorijiy tashkilot hamda mutaxassislarni jalb etish;

  • fond ko‘rsatkichlari va boshqalar.

SHunday qilib, kapital qiymati ob’ektiv va sub’ektiv tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bunda sub’ektiv tarkibiy qismlar reyting ko‘rsatkichlariga qarab jiddiy o‘zgarib turishi mumkin. Turli korxonalar qarz kapitali bo‘yicha turlicha xarajatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hissadorlik kapitaliga keladigan bo‘lsak, uning narxi ham korxona o‘zini qay tarzda moliyalashtirishi mumkinligiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Kapitalning yakuniy qiymati alohida tarkibiy qismlar bo‘yicha xarajatlarni o‘lchash yo‘li bilan shakllantiriladi. Aytilganlarni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
C = k1C1 + k2C2 +... + knCn (6)
Bunda:
C1 - kapitalning har bitta tarkibiy qismi narxi;
K1alohida tarkibiy qismning vazni.
Kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymatini hisob-kitob qilish bilan bog‘liq ayrim qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Muammo tarkibiy qismlarni qaysi ko‘rinishda hisobga olish kerakligidan iborat. Hisobga olishning ikki xil usuli mavjud: bozor qiymati va balans qiymati bo‘yicha. Ikkala usulning ham afzalliklari, ham kamchiliklari mavjud. SHubhasizki, bozor qiymati haqiqatda mavjud qiymatga yaqinroq hisoblanadi. SHu bilan bir paytda bozor doimiy harakatda bo‘ladi va bu baholash jarayonining o‘zini qiyinlashtirib qo‘yadi.
Balans bahosi hisob-kitoblarni ancha osonlik bilan amalga oshirishga imkon beradi, biroq bunda korxonada o‘tkaziladigan qayta baholashlarning kamdan-kamligi, moddiy va ma’naviy eskirish darajasini aniqlash va boshqa omillar bilan bog‘liq unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmagan ma’lumotlar berishi mumkin.
Korxona uchun kapital tarkibidagi biron-bir loyihani amalga oshirish uchun haqiqatda foydalaniladigan mablag‘lar katta ahamiyatga ega. SHu sababli ko‘pincha ishlayotgan kapitalning aslida dastlab hisoblab chiqilgan miqdordan kam ham, ko‘p ham bo‘lib chiqishi mumkin bo‘lgan real qiymatini hisob-kitob qilish zarur.
Turli korxonalarni kapital qiymatining hajmi bo‘yicha taqqoslash vazifasi alohida bir ahamiyatga ega. Bu erda korxonalar bo‘yicha ularning asosida ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi belgilanadigan boshlang‘ich shart-sharoitlarni shakllantirish zarur.
Ko‘p sonli korxonalar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilish mumkin, biroq ular umumiy holatda iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini aks ettirishi qiyin. Ehtimol, kapitalni arzonlashtirish yoki aksincha, qimmatlashtirish jarayonini rag‘batlantirish mumkin. Amalda shunday bo‘ladi ham. Ko‘rsatiladigan ta’sir ham tabiiy, ham sun’iy bo‘lishi mumkin.
Kapital narxini aniqlashning muhimligi shundaki, u orqali boshqa yana bir ko‘rsatkich – biznes narxini hisob-kitob qilish mumkin. Biznes deganda biron-bir ma’lum usul bilan aniqlangan ishlab chiqarish vositalari qiymatining o‘zigina emas, kapital qiymatiga kiradigan bozor omillarini hisobga olgan holda «ish»ning real bahosi tushuniladi. Biznes narxi turli xil reyting jadvallari tuzish, turli loyihalarni amalga oshirish uchun korxonaning jalb etuvchanlik darajasini aniqlash uchun korxo­nalarni taqqoslash imkonini beradi. SHu bilan birga ushbu ko‘rsatkich korxonaning asl bahosini belgilash va uni kerakli tomonga o‘zgartirish usullarini aniqlashtirishga imkon beradi.
Kapitalning alohida tarkibiy qismlari narxining tahlili jamiyat oldida vujudga keladigan u yoki bu muammoni hal qilish uchun moliyalashtirish usullari haqida qaror qabul qilish tamoyilini ishlab chiqish imkonini beradi. Qarzga olingan mablag‘lar narxini aniqlashda shuni e’tiborga olish kerakki, u firma erishishga intiladigan maqsadlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Hissadorlik kapitali qiymati. Ma’lumki, hissadorlik kapitali ikkita tarkibiy qismdan — oddiy va imtiyozli aksiyalardan iborat. Kapitalni bunday taqsimlash to‘g‘ri bo‘lib, bu tarkibiy qismlarga xizmat ko‘r­satish bo‘yicha xarajatlarning har xilligi bilan ham bog‘liq. Mamlakatimizda kapitaldan foydalanish amaliyotining rivojlanish xarakterini hisobga olib, undagi ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni qayd etgan holda mavjud tajribalarni hisobga olib, nazariy ishlanmalar olib borish lozim.
Ma’lumki, har xil turdagi imtiyozli kapital hissadorlik kapitaliga mansub hisoblanadi. Biroq imtiyozli aksiyalarga qarzga olingan kapitaldan kam farq qiladigan xususiyatlar mansub hisoblanadi. Ular qatoriga imtiyozli dividend to‘lovlari, jamiyatni tugatish davrida kreditorlar huquqiga o‘xshash maxsus huquqlar kiradi. Imtiyozli aksiyalarni o‘ziga xos obligatsiyalar sifatida ko‘rib chiqishda aksiya uning egasiga uchta imkoniyat (ulardan faqat bittasi — daromad olish real hisoblanadi) berishini hisobga olib, jamiyat mablag‘larining barcha manbalari tarkibini qayta ko‘rib chiqish zarur. SHu bilan bir paytda jamiyat ularni kafolatlamaydi.
Demak, ayrim holatlarda oddiy va imtiyozli kapitalni taqsimlamaslik ham mumkin.
Hissadorlik kapitaliga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini tahlil qilishda ilgari mavjud bo‘lgan kapital va emissiya natijasida hisobot davrida olingan kapitalga taqsimlash zarur. Dastlabki holatda faqat dividendlar va ular bilan bog‘liq xarajatlarni, keyingi holatda esa emissiyani chiqarish va joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish lozim.
Oddiy hissadorlik kapitali qiymatini hisob-kitob qilishda odatda Gordonning klassik formulasidan foydalaniladi1:

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish