Moliyaviy vosita hajmi qanday tarzda aniqlaniladi?
Moliyaviy boshqarishda kapitallar tarkibini boshqarish va qiymatirm baholashning ahamiyati nimalardan iborat?
Hissadorlik kapitalining qiymati nimalardan iborat?
Gordonning klassik formulasini yozing.
Imtiyozli kapital uchun xos bo‘lgan fihatlar nimalardan iborat?
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash usullarini aytib bering.
Kreditdan foydalanish muddati davomiyligi qanday aniqlanadi?
11-MA’RUZA. KORPORATIV BOSHQARUVNI TASHKIL ETISHGA DIVIDEND SIYOSATINING TA’SIRI 1-ma’ruza Dividend siyosatning mazmuni va huquqiy asoslari
Korporativ boshqaruvda dividendni boshqarish qoidalari
Korxonada yillik dividendni shakllantirish
Dividend siyosatning mazmuni va huquqiy asoslari
Milliy iqtisodiyotni bir maromda yuqori suratlar bilan o‘sib borishida qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rni va ahamiyati katta. Bu o‘rinda investorlar faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlanishida etakchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorini faoliyatiga bevosita ta’sir qiluvchi omillardan biri aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksilar uchun to‘lanayotgan dividendlar miqdoridir. Hisoblanayotgan dividendlarni ko‘pligi investorlarni o‘ziga jalb qilsa, to‘lanayotgan dividendlar sarmoyadorni qaror qabul qilishga majbur qiladi. YA’ni hisoblanayotgan dividendlar bilan to‘lanayotgan dividendlar orasidagi farqni qanchalik darajada yaqinligi investorlar qiziqishini ortishiga sabab bo‘ladi. Hozirda dividend siyosatini bozor iqtisodiyoti sharoitida yagona bir andozasi ishlab chiqilmagan. Uni joriy etish korxona ichki boshqaruv faoliyatiga qarab belgilanadi. Bunda ko‘proq aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy moliyaviy xo‘jalik faoliyati hisobga olinadi.
Korxonalarda joriy holatdan kelib chiqib samarali dividend siyosatini belgilab olish ham aksiyadorni, ham xo‘jalik jamiyatini istiqboldagi faoliyatini strategik ravishda aniqlaydi hamda investorlarni jalb qilib moliyaviy manbalarni ko‘paytirishda muammolarni bartaraf etadi. YA’ni to‘g‘ri dividend siyosati investorlarni korxona faoliyatiga qiziqtiradi, chunki, har bir investor jamiyat rivoji uchun kiritayotgan sarmoyasidan foyda olishni istaydi. SHu sababli, ham davlat taomonidan qabul qildinayotgan qonun va qarorlarni aksariyati aksiyadorlik jamiyatlar va investorlarni o‘zaro munosabatlarini rag‘batlantirishga qaratilgan.
SHuni yodda tutish kerakki, samarali dividend siyosatini yo‘lga qo‘yish ichki investitsion muhitni ham shakllantirishi va bundan bevosita o‘zi manfaatdor bo‘lishi lozim. Hozirda respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan dividend siyosatini qo‘llashni aniq tamoillari bo‘yicha ma’lum bir ko‘nikmalarini mavjud emasligi, uni qo‘llashdagi kamchiliklarni yuzaga chiqarmoqda. Bu esa mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Mazkur tadqiqot bo‘yicha ilmiy ishlarni kamligi ham hali echilmagan muammolarni bartaraf etish vaqti kelganligini ko‘rsatib turmoqda.
Respublikamizning hozirgi iqtisodiy siyosatiga nazar solsak, xususiy sektorni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor yildan yilga ortib bormoqda. Davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar bunga dalil bo‘lishi mumkin. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarni xuquqini ximoya qilish to‘g‘risida”gi, “Ma’suliyati cheklangan jamiyat hamda ma’suliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qancha farmonlarini keltirish mumkin. Mazkur qonun, qaror va farmonlar mamlakatimizda xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida qabul qilinmoqda.
SHu o‘rinda Aksiyadorlik jamiyatlariga (AJ) to‘xtalsak. 2003 yil 24 yanvarda “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorni o‘sishi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3202-sonli farmoni e’lon qilingan. Mazkur farmonga muvofiq – 2003 yilning 1 fevralidan boshlab ochiq Aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armasining eng kam miqdori jamiyat ro‘yhatga olingan kundan O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankini kursi bo‘yicha 400 000 $ AQSH dollariga ekvivalent summani tashkil etadi deb belgilandi.
Ochiq Aksiyadorlik jamiyatlari 2004 yilning 1 yanvariga qadar o‘zlarining ustav jamg‘armalarini yuqorida ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lmagan summaga etkazishlari shart, aks xolda ular belgilangan tartibda boshqa tashkiliy – xuquqiy shakllarga, asosan xususiy korxonalarga aylantiriladi;
Ma’suliyati cheklangan va qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyat qatnashchilarining soni 50-ta yuridik va jismoniy shaxslardan oshishi mumkin emas.
Umuman olganda Aksiyadorlik Jamiyatlari va Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarni davlat qo‘llab-quvvatlashidan asosiy maqsad:
Aholi qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘larini ishlab chiqarishga jalb qilish;
Aholi daromadlarini oshirish;
Yirik ishlab chiqarish tarmoqlarini barpo etish;
Hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishdir.
Xissadorlik jamiyatlari haqida gap ketganda ko‘z oldimizga dastavval dividend tushunchasi keladi. CHunki Aksiyadorlik jamiyatlarining Investorlar oldidagi imidji va aksiyalarining sotuv narxlari bevosita mana shu dividendga bog‘liq. Ishbilarmonlik va maishiy muomalada jamiyat ishtirokchisi yoki aksiyadori oladigan har qanday foyda “dividend” deb nomlanadi. Dividendlarni taqsimlash va olish fuqarolik va soliq xuquqiy munosabatlarining keng doirasi vujudga kelishiga olib keladi, shu munosabat bilan jismoniy va yuridik shaxslar jami daromadining tarkibiy qismlaridan biri sifatida “dividend” ta’rifining yuridik mazmunini ochib berish zarur.