Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


YUqorida ko‘rsatilgan shaxslar



Download 4,93 Mb.
bet74/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

YUqorida ko‘rsatilgan shaxslar:

  • ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) affillangan shaxslari aksiyalarining (paylar ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;

  • ular, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaxslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi;

  • ular tuzilishidan manfaatdor deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan tuziladigan yoki taxmin qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining e’tiboriga etkazishlari kerak.

Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimlarni jamiyat tuzishi to‘g‘risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning uning tuzilishidan manfaatdor bo‘lmagan ishtirokchilari umumiy ovozlarining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Agar bitim jamiyat bilan boshqa taraf o‘rtasida, bitim tuzilishidan manfaatdor shaxs deb e’tirof etiladigan paytga qadar bo‘lgan, odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilgan bo‘lsa, manfaatdorlik bo‘lgan bitimni tuzish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorini talab qilmaydi (jamiyat ishtirokchilarining keyingi umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanaga qadar qaror talab qilinmaydi).
Tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan talablar buzilgan holda tuzilgan bitimlar jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosi asosida sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Manfaatdor shaxs jamiyat oldida o‘zi tomonidan jamiyatga etkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Agar bir necha shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar bo‘ladi.
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, tuzilishidan manfaatdorlik bo‘lgan bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish jamiyatning ustavi bilan uning vakolatlari jumlasiga kiritilishi mumkin, bitim yoki bitimning predmeti bo‘lgan mol-mulkning qiymati bo‘yicha haq to‘lash summasi jamiyatning oxirgi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan mol-mulki qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan bitim yoki o‘zaro bog‘liq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyatning odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb e’tirof etilmaydi.
Yirik bitim natijasida jamiyatning tasarrufidan chiqariladigan mol-mulkning qiymati uning buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida, jamiyat oladigan mol-mulkning qiymati esa - taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.
Yirik bitimni tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, qiymati jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma beshdan to ellik foizigachasini tashkil etadigan mol-mulkni olish, tasarrufdan chiqarish yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish jamiyatning ustaviga binoan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatiga kiritilishi mumkin. Bunda kuzatuv kengashining aybi bilan yirik bitim tuzilishi natijasida etkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi umumiy yig‘ilish oldida javobgar bo‘ladi.
Talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Jamiyatning ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda tutilishi mumkin. O‘n besh nafardan ortiq ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatlarda jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) shart. Jamiyatning ishtirokchisi bo‘lmagan shaxs ham jamiyat taftish komissiyasining a’zosi (taftishchisi) bo‘lishi mumkin.
Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) vazifasini jamiyat bilan, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari bilan, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini bajaruvchi shaxs bilan, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari va jamiyatning ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari jamiyat taftish komissiyasining a’zolari (taftishchisi) bo‘lishlari mumkin emas.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarining soni jamiyatning ustavida belgilanadi.
Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining tashabbusiga, ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining jami kamida o‘ndan bir qismiga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchilarining talabiga binoan bir yillik yoki boshqa davr uchun faoliyat yakunlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari, shuningdek jamiyatning xodimlari og‘zaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar berishlari shart.
Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyatning yillik hisobotlarini va buxgalteriya balanslarini ular jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanguniga qadar majburiy tartibda tekshirishdan o‘tkazadi.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) ish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan belgilanadi.
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Jamiyatning kuzatuv kengashi ichki audit xizmatini tashkil etadi va uning xodimlarini tayinlaydi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi ta’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Moliya hisobotlari to‘g‘riligini, buxgalteriya hisobini yuritish tartibining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti jalb etiladi.
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ellik foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.



Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish