2-ma’ruza
AJlarida dividend siyosatini amalga oshirish
Samarali dividend siyosatini olib borish qoidalari
Modilyani va Miller nazariyasi
Dividendni reinvestitsiya qilish orqali investitsion muhitni yaratish masalalari
AJlarida dividend siyosatini amalga oshirish
Qimmatbaho qog‘ozlar bozorining rivojlanishi sababli ko‘plab fuqarolar aksiyalar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Ammo hali ham ko‘pchilik fond bozori sub’ekti bo‘la olmayaptilar. Bunga ko‘pgina omillar sabab bo‘lmokda. Biroq asosiy sabab aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlarga to‘laydigan dividendiga borib taqaladi. Aksiyalarni ko‘pchilik xarid qilishlari uchun quyidagi shartlar bajarilishi shart:
birinchidan, aksiyalardan keladigan dividend stavkasi inflyasiya sur’atidan yuqori bo‘lishi kerak;
ikkinchidan, kutilayotgan dividend stavkasi omonatlarga banklar to‘laydigan foiz stavkasidan yuqori bo‘lishi lozim.
Ushbu shartlarga javob beradigan dividend stavkasigina xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. Ana shundagina ikkilamchi qimmatbaho qog‘ozlar bozori rivojlanadi. Buning uchun esa aksiyadorlik jamiyati korxonalari ratsional va oqilona dividend siyosatini ishlab chiqishlari, yuritishlari lozim bo‘ladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari oldida turgan eng asosiy muammolardan biri samarali dividend siyosatini belgilab olishdir. CHunki dividend siyosati– aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida moliyalashtirish sohasini ajralmas qismidir. Samarali dividend siyosati korxona faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Dividend siyosatida yagona bir mohiyat mavjud bo‘lib, u butun dividend siyosatini mazmunini belgilaydi. YA’ni sof foydani qancha ko‘p qismini iqtisodiy rivojlantirishga sarflansa, bitta aksiya uchun to‘lanadigan dividend miqdori ozayib boraveradi. SHunday ekan, Aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosatini asosiy maqsadi optimal siyosatni tanlash, ya’ni sof foyda davr uchun shunday taqsimlansinki, dividend to‘lovlari va aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirish yo‘nalishlari to‘g‘ri belgilansin.
Dividend siyosatini yana bir xususiyati shundaki, u aksiyadorlik jamiyatini ichki boshqaruv siyosatini ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Ba’zi xollarda u oshkora ba’zida esa sir sifatida olib boriladi.
Odatda korxona o‘z muassislari (ishtirokchilar)ga boshqa aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan bitta aksiya uchun ko‘p dividend to‘layotgan bo‘lsa, u o‘z dividend siyosatini oshkora olib boradi. CHunki, bundan u manfaatdor. Oshkoralik orqasida investorlar orasida o‘z imidjini oshiradi. Albatta bu ijobiy siyosat hisoblanadi va har bir Aksiyadorlik jamiyati qanday siyosat yuritishidan qat’iy nazar o‘z dividend siyosatini oshkora olib borishi shart. Agar aksiyadorlik jamiyatini sof foydasi oz bo‘lib, yoki zarar ko‘rib hisobot yilini tugatsa, u o‘z siyosatini sir tutadi. Bundan yagona bitta maqsad bo‘lib, u ham bo‘lsa, o‘z imidjini saqlab qolishdir. Lekin qanday bo‘lishidan qat’iy nazar aksiyadorlik jamiyatlar dividend siyosatini samarali yo‘lga qo‘yib oshkora olib borgani maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |