Nazorat savollar
1.
Moliya tushunchasi va ularning iqtisodiyot uchun axamiyati?
2.
Korxona moliyasi qanday funksiyalarni bajaradi?
3.
Moliyaviy munosabatlar tarkibida qanday pul munosabatlari guruxlari
qayd etiladi?
4.
Moliya resurslari tushunchasi va ularning maqsadi?
5.
Korxona foydasi va uni xosil bo‘lish manbaalari?
6.
YAlpi tushum, yalpi daromad va yalpi foyda tushunchalari?
7.
Bozor sharoitida foydaning taqsimlanishi?
8.
Korxona faoliyatida rentabellik va uning iqtiodiy moxiyati?
9.
Rentabellik turlari va ularning xisob metodikasi?
Reja:
10-ma’ruza.
Bozorga o‘tish sharoitida baxolanish tizimi:
1.
Maxsulot bahosining mohiyati va turlari.
2.
Baho turlarining shakllanishi.
Maxsulot baxosi korxona uchun uning foydasini belgilovchi muxim omili
bo‘libgina qolmay, tovarlarni muvafaqiyatli realizatsiyasi (sotishi) dagi sharti xamdir.
O‘zaro foydali kelishuvlarni amalga oshirish uchun sotuvchi va xaridorni bog‘lab,
ular o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi sharxlar yoki baxolar kerak. Harido o‘z
imkoniyatlardan kelib chiqqan xolda tanlaydi. Bozordagi baxo talab va taklifga
binoan erkin belgilanadi, aynan ma’lum bozorda ma’lum vaqtda sotilayotgan
tovarning real qiymatini aks ettiradi.
Korxona iqtisodiyotida baxolar shakllanishida asosiy tomoyil – bu maxsulotni
ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlari) va sotishga ketgan sarflarni qoplash va
kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni ta’minlash, davlat va maxalliy organlarga
tegishli soliqlarni to‘lab, korxona xodimlarining ma’lum xayot standartini ta’minlash
xajmida iste’mol fondlarni tashkil qilish uchun zarur miqdorda foyda olishdir. Bu
vaziyatda foyda baxo, ishlab chiqarish sarflari va sotilgan tovarlar miqdorining
funksiyasi bo‘lib yuzaga keladi.
Bu xolda ishlab chiqarilayotgan maxsulotga ketgan sarf xarajatlar darajasi
korxonani o‘ziga bog‘liq bo‘lsa, baxo darajasining shakllanishi va sotish xajmlari esa
ko‘proq bozor konyukturasiga bog‘liq. SHuning uchun ko‘proq foyda olishga intilish
(foyda ishtiyoqi) xar bir korxonada o‘ziga xos xususiy baxolanish siyosatini olib
borishni takazo etadi.
Bozor baxosinin optimal varianti – bu muvozanat baxosidir. Bu baxo talab
xajmi taklifga teppa-teng bo‘lganidagi sharxdir, xamda u aynan shu bozorda va aynan
shu vaqtning o‘zida xam sotuvchi, xam xaridorni qondiradigan birdan-bir baxodir.
Baxo muvozanat baxosidan past bo‘lsa, talabning ortib ketishi, ya’ni tanqislik yuzaga
kelishini payqash qiyin emas. Aksincha, baxo muvozanat baxosidan yuqori bo‘lsa,
bozorda taklif ortiqcha bo‘lib ketadi. Muvozanat baxosi uzoq vaqt davom etishi
uchun:
◼
sotuvchilar va xaridorlar bozor konyukturasi va unda tarkib topayotgan
sharxdan to‘la xabardor bo‘lidilar;
◼
sotuvchilar va xaridorlar shu qadar ko‘pki, bunda xech bir odam yoki
gurux sharx ustidan nazorat o‘rnata olmaydi;
◼
maxsulotlar bir xil bo‘lishi, ya’ni xaridor sifat uchun biror sotuvchiga
bozor narxidan yuqoriroq xak to‘lashga, sotuvchi esa narxni
kamaytirishga to‘g‘ri kelmaydi;
◼
sotuvchilar va xaridorlar bozorga xoxlasa kirib, xoxlasa chiqib ketishi
kerak;
◼
talab va takliflarning barqarorligi xuqm surigi lozim, chunki u o‘zgarishi
bilan bozor narxi xam o‘sadi yoki pasayadi.
1 fevral 1995 yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasida “Maxsulot,
xizmatlar uchun erkin (kelishilgan) baxolar va tariflarning shakllanishi va
qo‘llanilishi tartibi to‘g‘risida” gi Yo‘riqnomaga binoan sanoatda quyidagi baxolar
qo‘llaniladi:
Erkin-ulgurji baxolar (tariflar) – sanoatning “A” guruxiga mansub
maxsulotlar uchun ishlab chiqaruvchi va barcha iste’molchilar o‘rtasida
(axolidan boshqa) belgilanadi;
Erkin sotish baxolari (tariflar) – sanoatning “B” guruxiga oid bo‘lgan iste’mol
tovarlar uchun ishlab chiqaruvchi va iste’molchi (xaridorlar) bilan
kelishuvi asosida belgilanadi;
Korxonaning ulgurji baxosi – maulot tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish
sarflari va maxsulot sotilishidan tushgan foyda asosida belgilanadi, ya’ni:
U
b(k)
=t/n+F (QQS va aksizsiz)
Erkin sotish baxosi (erkin ulgurji baxo) korxonaning ulgurji baxosi QQS va
aksiz soliqlari asosida tashkil topadi. Erkin ulgurji (sotish) baxo quyidagi tartibda
shakllanadi:
Aksiz solig‘i belgilangan tovarlar uchun: U
b(k)
*100= U
b(k)a
Bu erda 100-aksiz stavkasi.
U
b(k)a
*1,2=
Ub
1,2 - qo‘shimcha qiymat soliq stavkasi (QQS)
U
b(k)a
– korxonaning ulgurji (sotish) baxosi (aksiz solig‘i inobatga
olingan xolda);
Ub – erkin ulgurji (sotish) baxosi.
Agar maxsulot (tovarlar, xizmatlar) ulgurji – vositagi korxonalar orqali
sotiladigan bo‘lsa, ularning baxolari erkin ulgurji (sotish) baxosi va QQS-ni inobatga
olib, xamda vositachilik ta’minot natsenkasi asosida belgilanadi.
Masalan:
1.
tovar qiymati QQS (20%) i bilan 150 so‘m;
2.
vositachilik – ta’minot natsenkasi 24%;
3.
natsenka miqdori (150*24)/100=36 so‘m.
4.
Sotish baxosi 150-36=186 so‘m.
Agar maxsulotlar sanoatining “A” guruxiga mansub bo‘lib, ta’minotchi-
sotuvchi muassasalar orqali sotilsa, ularning baxolari erkin ulgurji (sotish) baxosi
(QQSsiz) va vositachi xamda iste’molchi o‘rtasida kelishilgan ta’minot-sotish
natsenkasi asosida belgilanadi.
Masalan:
1.
tovar qiymati (QQS bilan) 150 so‘m;
2.
tovarning (QQS siz) qiymati 150/1,2=125 so‘m;
3.
ta’minot-sotish natsenka tarifi 24%;
4.
natsenka miqdori (125*24)/100=30 so‘m;
5.
tovarning natsenka bilan qiymati 125+30=155 so‘m;
6.
maxsulotning sotilish baxosi (QQS va natsenka bilan birgalikda)
155*1,2=186 so‘m.
Ulgurji-vositachi firma yoki korxonalar orqali sotiladigan maxsulot (tovar,
xizmat) lar uchun baxo (narx) maxsulotning QQS bilan xisoblangan erkin-ulgurji
(sotish) baxosi asosida belgilanadi.
Masalan:
1.
maxsulotning qiymati (QQS bilan) 150 so‘m;
2.
vositachining natsekasi 24%;
3.
natsenka miqdori (150*24)/100=36 so‘m;
4.
sotilish yuaxosi 150+36=186 so‘m.
Maxsulot, tovarning ulgurji (sotish) baxosi ustiga quyiladigan natsenka
miqdori mo‘ljallangan muomala sarflari va zarur foyda asosida belgilanadi.
CHakana va ulgarji savdo muassasalari orqali sotiladigan maxsulot va
tovarlar baxosi ularning erkin-ulgurji (sotish) baxosi va ulgurji xamda chakana
muassasalarining savdo ustamalari (nadbavkalari) asosida beligilanadi. O‘zbekiton
Respublikasi 604-sonli 14 dekabr 1994 yil Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul
etilgan qaroriga binoan savdo ustamalar miqdorini savdo muassasalari mustaqil
ravishda o‘zlari muomala marflari va foyda asosida belgilaydilar (muomala sarflar
maxsulotni transportirovka, saqlash va sotish bilan bog‘liq sarf xarajatlardir).
CHakana savdo korxonalari axoliga maxsulot va tovarlarni ularning erkin-
ulgurji baxolari, ulgurji va chakana muassasalarning savdo ustamalaridan tashkil
topgan erkin chakana baxolar bo‘yicha sotadilar.
1.
Baxo (narx) – tovar qiymatining pul shakli. Narx tovar exud xizmatda
gavdalangan ijtimoiy mexnatni qiymatni pul shaklida ifoda etish, pulda
o‘lchash. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori
yoki past bo‘lishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga bo‘lgan
talab va uning taklifiga bog‘liq bo‘ladi. Narx faqat qiymatni emas,
balki talab va taklif, shuningdek, tovarning foydaligi, sifati va boshqa
tovarlar o‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga
xam bog‘liq.
2.
Korxonaning ulgurji baxosi – maxsulot tannarxiga kiritilgan ishlshab
chiqarish sarflari va maxsulot sotilishidan tushgan foyda asosida
belgilanadi, ya’ni: U
b(k)
=t/n+F (QQS va aksizsiz).
3.
Erkin-ulgurji (sotish) baxosi – korxonaning ulgurji baxosi, qo‘shimcha
qiymat va aksiz soliqlari asosida tashkil topadi.
4.
CHakana baxo – savdo muassasalari orqali sotiladigan maxsulot va
tovarlar baxosi bo‘lib, ularning erkin-ulgurji (sotish) baxosi va zakana
muassasalarining savdo ustamalari (nadbavkalari) asosida belgilanadi.
5.
Muvozanat baxosi – sotuvchilar taklif qiladigan va xaridorlar sotib
olmoqchi bo‘lgan tovarlar miqdori tenglashgan xolatda talab narxi
taklif narxiga teng bo‘ladi, xamda u aynan shu bozorda va aynan shu
vaqtning o‘zida xam sotuchi, xam xaridorni qondiradigan birdan-bir
baxodir.
6.
Maxsulot ishlab chiqaruvi uchun baxoning axamiyati?
7.
Korxona ulugrji baxosining moxiyati va aksiz xamda qo‘shimcha
qiymat solig‘ini – inobatga olgan erkin-ulgurji (sotish) baxining
moxiyati.
Reja:
Do'stlaringiz bilan baham: |