11 ma’ruza
Ishlab chikarishning ijtimoiy va iktisodiy
samaradorligi
1.
Iqtisodiy samaradorlik tushunchasi va moxiyati.
2.
Iqtisodiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari.
3.
Iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari va omillari.
4.
Yillik iqtisodiy samaraning xisobi.
Ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi korxonaning muvaffaqiyati va
iqtisodiy jihatdan barqarorligi xamda oqilona xo‘jalik yuritishini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish samaradorligi xar bir korxona faoliyatining eng asosiy
vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini,
shuningdek, moddiylashgan va jonli mexnat xarajatlari xamda olingan natijalar
o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Samarali ishlash degani o‘z moxiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan)
foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yuqotishlarni kamaytirish, ishlab
chiqarish quvvatlari
va
ishchi
kuchidan
yaxshiroq foydalanish, mexnat
samaradorligini oshirish, ishlab chikarilayotgan maxsulotning sifatini yaxshilashni
anglatadi.
"Samara",
"samaradorlik",'
ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik"
kabi
tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Samara — ishlab chiqarilayotgan maxsulot (ish, xizmat), foyda va daromad
xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz maxsulot ishlab
chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona
faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish
samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat ji-xatlarini tavsiflovchi
tushunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi xamda unga qaraganda murakkab
va majmua tavsifiga ega.
Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyixa va xo‘jalik
qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va
investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy samaradorlik qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda
maksadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha xollarda samaraning unga erishish
uchun ketgan xarajatlar (ishlab chikarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi.
Xarajatlar qanchalik kam bo‘lsa (maxsulot sifatiga ta’sir qilmagan xolda), samara
shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik xam oshadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mexnat
sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, akliy va jismoniy mexnat
o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan xolda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik bir vaqtning uzida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish,
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning xar tomonlama rivojlanishi
va uning barcha kobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi.
Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining
o‘sishi, aholii sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks
ettiriladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi
x,isoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga
yordamlashadi. Masalan, foydaning o‘sishi, jamg‘armalarning ortishi korxonaga
ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi.
Birok, samaradorlik va uning asosiy kursatkichi - foyda (daromad) o‘z-
o‘zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka
erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa hususiyatlardan kelib
chikkan holda, turli vosita va yullardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni
samaradorlikka qiska yoki uzoq muddatlarda erishishni muljallash, asosiy rollardan
birini uynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini kisqa vakt mobaynida mahsulot
sifatini yaxshilashni mablag‘ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish
va modernizatsiya kilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablaglarni
kamaytirish yuli bilan kupaytirishi mumkin. Uzok muddatli rejalarda esa bu,
foydaning kamayishiga va xattoki korxonaning bozordagi o‘rnini yuqotishi natijasida
bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy firma va korxonalar o‘z faoliyatlarida samara-dorlikka erishish uchun
ishlab chiqarish texnika va texnologiya-lariga e’tiborni kuchaytirishdan tashqari,
mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga aloxida e’tibor qaratmoqdalar.
Masalan, YAponiyaning "Omron" firmasi o‘ziga "Barchaning yaxshi xayoti, yaxshi
dunyo uchun degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning "Katerpiller"
kompaniyasining shiori "Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‘rsatish"
bulsa, ' Ribok" firmasi YAxshi bahodagi narx" iborasini shior qilib olgan. Bunday
misollardan yana bir nechtasini keltirib o‘tish mumkin. YUqorida aytilganlardan
kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi
xamda fakatgana pul ko‘rinishida o‘lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mexnat
tufayli korxona birinchidan, o‘zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi
raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘z imidjini yaxshilaydi
va hamkorlar bilan aloqalarini mustaxkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning qktisodiy
va ijtimoiy axvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
yullarini qidirish, xarajat va natijalarni to‘g‘ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi
tarmoqqa tegishliligi, xududiy joylashishi va faoliyat turidan qat’iy nazar, har bir
korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.
2. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish — korxona rahbariyatining
doimiy vazifasidir. Bu vazifani echish amaliyotda kuyidagi omillar bilan bog‘liq
bo‘ladi:
bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishda
eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal
ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
iste’molchilar
talabini
qondirishga
yunaltirilgan
mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chikarish
zahiralarini yaratish.
Xujalik samaradorligini baxolash, korxonada foydala- niladigan resurs turlari
bo‘yicha amalga oshirilishi va miq- dor jihatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan,
ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning
mexnat sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholashmumkin:
Mu = Q / Nr
My - mexnat unumdorligi;
Q - maxsulot xajmi kiymat kurinishida;
Nr - ishlovchilar (ishchilar) soni.
Maxsulotning mexnat sig‘imi mexnat unumdorligiga tes-kari ko‘rsatkichi
bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati
sifatida aniklanadi:
T = Nr/ Q
Mehnat qurollari (asosiy fondlar)dan foydalanish samaradorligi mahsulotning
fond sig‘imi va fond qaytimi ko‘r-satkichlari yordamida aniklanadi. Bunda fond
kaytimi korxo-na asosiy fondlarining bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarilgan
mahsulotni anglatsa, fond sig‘imi esa fond kayti-miga teskari ko‘rsatkich bo‘lib,
yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapital quyilmalarni anilash
vazifasini bajaradi.
Fond qaytimi (Fq) va fond sig‘imi (Fs)sig‘imini aniklash formulasi
quyidagicha:
Fq= Q/ Af
Q - maxsulot xajmi, qiymat bo‘yicha;
Af —
asosiy ishlab chikarish fondlar kiymati.
Fs= Af / Q
Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig‘imi qanchalik past bulsa, ishlab
chiqarish va mexnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori buladi
va aksincha. Mashina va uskunalardan unumli foydalanish, ishlab chiqarish
texnologiyalarini takomillashtirish xamda xodimlar malaka-sini oshirish, fond
qaytimini kupaytirishning muxim zaxira-si xisoblanadi.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, max-sulotlarning material
sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, quvvat va mexnat
buyumlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati or-kali
aniklanadi. Uning formulasi kuyidagicha:
m = M / Q
m - maxsulotlarning material sig‘imi ;
M - mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xara-jatlarning umumiy
miqdori, pul ko‘rinishida;
Q - ishlab chikarilgan maxsulot xajmi, qiymati bo‘yicha.
Mahsulotning material sig‘imi qanchalik past bulsa, ishlab chiqarish
samaradorligi shunchalik yukori buladi. Birok maxsulot material sig‘imini
kamaytirish, uning sifatini pa-saytirish yoki texnologiya me’yor va qoidalarini buzish
xisobiga amalga oshirilmasligi lozim. Material sig‘imining bu tarzda kamaytirilii
iqtisodiy jinoyat xisoblanadi va qonunga asosan jazoga tortiladi.
Bozor
sharoitlarida
korxona
xo‘jalik
faoliyati
samara-dorligining
umumlashtiruvchi yoki mezon kursatkichi sifatida rentabellik yoki kapitalning
daromadliligini qabul qilish mumkin. Bu kursatkich quyidagi formula asosida
xisoblanadi:
Ri/ch = F b / Af+Om*100
Ri/ch - rentabellik, xujalik faoliyatining nati-jasini foyda shaklida kursatadi
va foizlarda zygaanadi;
F b - korxonaning balans foydasi;
Af+Om - avanslangan kapital(asosiy va aylanma).
Nisbatning kattalashishi mexnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslaridan
unumlirod foydalanishni anglatadi. CHunki aynan ular ishlab chiqarish xajmi va
xarajatlari, mahsulot bahosiga ta’sir o‘tkazadi. Xujalik faoliyati minimal xarajatlar
bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yulga qo‘yilgan joylarda samaraliroq
bo‘ladi.
Korxona rentabelligini aniqlashda ba’zida korxona olgan umumiy foyda
emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish xisobiga olinuvchi foyda ulushidan
foydalaniladi.
YUqorida keltirilgan xo‘jalik samaradorligini baxolash usullari va
ko‘rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Mulk Qumitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik
belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
tulov qobiliyati koeffitsienta (Kt.q.);
xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti (Kx.q);
moliyaviy mustaqillik koeffitsienta (K
mm
);
•
xususiy
aylanma
mablarlar
bilan
ta’minlanganlik
koeffitsienta (K
xam
).
Bu ko‘rsatkichlar bir karashda maxsulot ishlab chikarish soxasiga, demak,
ishlab chikarish samaradorligiga aloqasi yo‘qday tuyuladi. Aslida esa aynan ular
orkali korxonaning samarali faoliyatini anglatuvchi iqtisodiy va moliyaviy
barkarorlik aks ettiriladi. Bundan tashdari, maxsulotning material sig‘imi, fond
kaytimi, mexdat unumdorligi va rentabellik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishni
rejalashtirish va taxlil qilishda qo‘llansa, mezonlar tizimi yordamida esa korxonalar
o‘zlarining faoliyat yuritish qobiliyatini ko‘rsatadi xamda turli xil muammoli
vaziyatlarda xujalik sudlarida o‘z manfaatlarini ximoya qiladi.
To‘lov qobiliyati koeffitsienti (K
t,q.
) korxonaning debitorlar bilan o‘z vaqtida
xisob-kitob qilish xamda tayyor maxsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning
qulay sharoitlarda sotish orqali baxolanadigan to‘liq imkoniyatlarini kursatadi. U
quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Km.k =A
2-
My.o.k / P
2 -
I
kk
A
2
— aylanma aktivlar (ishlab chikarish zaxi-ralari, tayyor maxsulot, pul
mablag‘lari, debitorlik qarzlari va xokazolar);
P
2
— majburiyatlar (kiska muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet
oldidagi darzlar, kreditorlik karzlari va xokazo);
M
o‘.d.q
— muddati utib ketgan debitorlik karzlari;
I
qk
— uzoq muddatli darz va kreditlar.
Xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti (K
h.q.m.
) ularning
shakllanish manbalarini inobatga olgan xolda, pul maolarlari bilan ta’minlanganlik
darajasini aniklaydi. U quyidagi formula asosida xisoblanadi:
K= P
1
/P
g
-I
kk
P
1
—xususiy mablag‘lar manbalari (Nizom jamg‘armasi, qo‘shilgan kapital,
taqsimlanmagan foyda va xokazo).
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti (K
mm
korxona moliyaviy mustaqilligining
kamayishi (kupayishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining
kuchayishi (pasayishi) xaqida ma’lumot beradi xamda korxona o‘z majburiyatlari
oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida
xisoblanadi:
K
mm
= P
1
/ IB
IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.
Xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (K
x.a.m
)
korxonaning barqaror ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun zarur
bo‘lgan aylanma vositalar mavjudligini tavsiflaydi. SHuningdek u, korxona egalari va
kreditorlar manfaatlaridagi munosabatlarni ham aks ettiradi.
Mazkur koeffitsient quyidagi formula asosida xisoblanadi:
K
x.a.m
= P
1
-A
1
/A
2
A
1
— uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital quyilmalar, nomoddiy
aktivlar va xokazo).
Ko‘rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning
tulovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi ulchamlar belgilab berilgan.
Masalan, to‘lov kobiliyati koeffitsienti hamda xususiy va qarzga olingan mablag‘lar
nis-bati koeffitsienti 2 dan kichik bulsa (K
t.q
<2; K
x.q.m
<2), moliya-viy mustaqillik
koeffitsienti 0,5 dan kichik bo‘lsa (K
mm(
<0,5), xususiy aylanma mablag‘lar bilan
ta’minlanganlik koeffitsienti 0,1 dan kichik bo‘lsa (K
x.a.m
<0,1) korxonalar nochor
deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo‘jalik faoliyatining samarasizligi
tug‘risidagi yakuniy qaror, nochorlik o‘lchamlarining umumiy summasi 4,6 dan
kichik bo‘lgan xolda qabul qilinadi.
Xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‘lib,
buning xamma uchun tug‘ri keluvchi yago-na yuli mavjud emas. Har bir korxona bu
masalani echishda o‘z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan
kelib chiqqan xolda xarakat qiladi. Biroq barcha xollarda xam samaradorlikning
asosida foydani myakagmallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.
Misol: Aytaylik, korxonaning 10 mln. sum miqdorida mablag‘i bo‘lib, bu
mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash muljallangan. Hisob-kitoblar
shuni ko‘rsatadiki, korxona 10 mln. sum sarf qilganda qo‘shimcha 11 mln. sumlik
maxsulot ishlab chiqaradi, ya’ni foyda 1 mln. sumni yoki qo‘shilgan kapitalning 10
% qismini tashkil qiladi.
Agar korxona ushbu mablag‘ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga
qo‘yganida, foizlar uchui 1,2 mln. sum foyda olgan bo‘lar edi. Demak, muqobil
xarajatlarni hisoblaganda korxona 0,2 mln. sum miqdoridagi qo‘ldan chiqarib
yuborilgan foydani xam hisobga olishi lozim. Birok ishga bunday yondoshishning,
bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarkalgan bunday usulida, ya’ni eng
ko‘p foydaga ega bulish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal
darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab
chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma’lum bulgani-dek, iqtisodiyotning
rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi.
3.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xujalik yuri-tishning bozor tizimi
xamda har qanday davrning muhim tala-bidir. Samaradorlik istalgan korxonaning
iqtisodiy barqa-rorligi va faoliyat yuritish kobiliyatini aks ettiradi. Har kanday ishda,
jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud
bo‘lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yuqo-
tish bilan izoxlash mumkin.
Fan-texnika
taraqqiyoti
korxonalarning
ishlab
chiqarish
faoliyati
samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda ham o‘z ahamiyatini
yuqotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin:
ishlab chiqarish va mexnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish
hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;
asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;
progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan texnologik
jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
xomashyo va materiallar (mexnat buyumlari) zamonaviy turlarini yaratish va
ulardan foydalanish;
ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida
zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish;
•
ishlab
chiqarish
va mexnatni
ilmiy
asosda
tashkil
qilish.
4.
Ishlab chiqarish-texnik vazifani xal etishning biror variantining ijtimoiy - iqtisodiy
afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish
maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy
samaradorlik ikki va undan ortik variantni takqoslash va shu asosda bir variantning
boiqa variantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi.
Optimal variantni tanlash xamda uni asoslash uchun qo‘shimcha kapital
mablaglarning doplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsientini hisoblab
chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larniig uzini qoplash muddati ( ) qushimcha
kapital mablag‘larning (K
2
—K
1
) maxsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejam
(T
1
-T
2
) ra nisbati bilan aniqlanadi:
= K
2
—K
1
/ Tn
1
—
Tn
2
Bu erda: — qoplanish muddati (yil x,isobida); K
1
va K
2
Do'stlaringiz bilan baham: |