O‘QUV-USLUBIY MAJMUANING TARKIBIY
TUZILISHI
№
Majmuaning tarkibiy qismlari
1
Fanning o‘quv dasturi
2
Ma’ruzalar matni
3
Glossariy
4
Mavzular bo‘yicha taqdimot slaydlari
5
Fanga doir test savollari
6
Mustaqil ta’limga oid topshiriqlar
7
Fan bo‘yicha tavsiya etiladigan xorijiy adabiyotlar
va elektron jurnallar
1-ma’ruza
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” kursining vazifasi va maqsadi
Reja:
1.
Iqtisodiy fanlarning vazifalari.
2.
Iqtisodiy tizim turlari.
3.
Makro - va mikroiqtisodiyot tushunchalari.
4.
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” kursining mohiyati va maqsadi.
1.
Iqtisodiy fanlar inson hayotining moddiy, ma’naviy,
fiziologik va boshqa
ehtiyojlari bilan bog‘lik bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Oila qurish, kelajak
avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun insonlarga oziq – ovqat,
kiyim - bosh, turar – joy va boshqa vositalar kerak bo‘ladi. Ular esa xalq ho‘jalikning
turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Iqtisodiy fanlar tabiatda hamda
inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi xar xil iqtisodiy jarayon va
xodisalarni o‘rganish bashorat qilish, taxlil etish va baholash bo‘yicha
bilimlar
majmuasidir, ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usul va
jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi zamon bozor munosabatlari shakllanish davrida iqtisodiy masalalar katta
ahamiyat kasb etadi, chunki rejalashtirish, boshqarish, iqtisodiy rag‘batlantirish,
takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotini va halk farovonligini ko‘tarish, korxonalar
o‘zini-o‘zi boshqarishi va xo‘jalik hisobiga o‘tishi oliy o‘quv yurtlarining
bitiruvchilaridan boshqaruvchi sifatida iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari
zaruriyatini tug‘diradi.
Ishlab chiqarish ikki tomonlama o‘rganiladi:
Tabiiy va texnik fanlar ijtimoiy ishlab chiqarishni inson
va tabiat orasidagi jarayon
sifatida, mehnat buyumlari (ashyolar)ning xossalari, fizikaviy va kimyoviy
o‘zgarishlarini o‘rganadi;
Ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy fanlar esa ishlab chiqarishni odamlar orasidagi
munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqarish kuchlari bilan
uzviy bog‘liqligi orqali o‘rganadi.
“Iqtisodiyotni o‘rganishning nima keragi bor?” – degan savolga muhim bo‘lgan bir
qancha sabablari bor. Bu sabablarning ayrimlari insonga shaxs sifatida,
ikkinchilari
pul ishlab topadigan va sarflaydigan odam sifatida, uchinchidan fuqaro sifatida
taaluqlidir.
Inson jamiyat a’zosi sifatida iqtisodiy bilimlarsiz yashay olmaydi. Ovqat, uy-
joy, kiyim, bo‘sh vaqtni o‘tkazish usuli – bularni hammasi u yoki bu tarzda iqtisodiy
kuchlar bilan bog‘liq.
Iqtisodiyotni
o‘rganish ushbu kuchlarni yaxshiroq anglab olishda
ko‘maklashadi va jo‘shqinroq xayot kechirish imkonini beradi.
Iqtisodiy fanlar xo‘jalik yuritishni qanday qilib eng kam mablag‘ sarf qilgan
xolda amalga oshirish mumkinligini ilmiy jihatdan o‘rgatadi, tejamli sarflar orqali
eng yaxshi, afzal, yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydigan
sharoit va omillarni
izlab topishga undaydi.
Bugungi kunda KOOS aksari korxonalar AJ lari, xolding va moliya -sanoat
guruhlari tuzish yo‘lidan bormoqda. Davlat korxonalarining tashabbuskorligi, ijodiy
izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo‘l ochib ularning ho‘jalik faoliyatini rejali
iqtisodiyoti davridagi kabi nazorat, limit, va qattiq me’yorlar bilan qo‘yayotgani yo‘q.
Korxonalar faoliyatida eng asosiy xususiyat bu, korxonalarning mustaqilligi va
erkinligidir. Malakaviy mutaxassis korxona iqtisodiyotini va uni boshqarishini yaxshi
bilishi, ko‘p echimli variantlardan qay biri afzal? Qanday yo‘l bilan foydani oshirish
va rentabenlikkni ko‘tarish mumkin? Korxonaning ishchi kuchiga ehtiyoji qancha va
ularga qanday haq to‘lashi kerak? CHiqarilayotgan mahsulot yoki tovarga bo‘lgan
talabni qay tarzda oshirish mumkin? Korxona kredit olishi zarurmi, agar olsa qanday
shartlar bilan kabi savollarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob bera olishi lozim? Demak
yosh mutaxasislar
nazariy bilimlarini
amaliy tajriba va ko‘nikmalar
bilan
uyg‘unlashtirib, turli xo‘jalik sharoitlarida tez, to‘g‘riva aniq qaror qabul qilishi zarur.
Ayrim
shaxs ham, jamiyat ham xoxlagan narslarni hammasiga ega
bo‘lolmaydi, chunki hamma narsa hammaga etmaydi. Iqtisodchilar aytganidek,
moddiy extiyojlarni xilma-xilligi cheksiz. Ammo resurslar – ana shu talablarni
qondiruvchi ne’mat va va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan va
«resurslar» deb ataladigan narsalarning chegarasi bor. Demak, inson ehtiyoji cheksiz,
ularni qondirish uchun resurslar esa cheklangandir. Binobarin, har bir jamiyat bir xil
muammoga – imkoniyatlar cheklanganligi muammosiga duch keladi.
Barchaning cheksiz talablarini qondirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli,
har
bir odam, korxona (firma) yoki davlat istagan narslardan ayrimlarini tanlashi
kerak. Bunda u mumkin qadar ko‘proq narsa olish uchun tejashga xarakat qiladi.
SHuni nazarda tutib, biz iqisodiyotni cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni
qondirish uchun jamiyat tanlaydigan narsalarni bayon qiluvchi va tahlil etuvchi
ijtimoiiy fan deb ta’riflashimiz mumkin.
Tanlash zaruriyati daromadlar, badavlatlik va qarz
olish imkoniyatlari bilan
belgilanadi. Har bir oilani daromadi, jamg‘argan pulining miqdori va qarz olish
imkoniyati cheklangandir. SHunga o‘xshash, korxona o‘z daromadlari, jamg‘armasi
va qarz to‘lash jihatdan, davlat esa soliq solish va kredit olish imkoniyati jihatdan
cheklangan.
SHu sababli, ayrim odamlar, firmalar va xukumat o‘z istaklaridan
ayrimlarini tanlashga majburdirlar, bunda ular mavjud resurslardan foydalanib, eng
ko‘p foyda olishga intiladilar.
CHeklangan istaklar va cheklangan imkoniyatlar sharoitida har bir jamiyat
quyidagi asosiy savollarga javob olishi kerak:
Qaysi tovarlar va xizmatlar qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak?
Bu tovarlar va xizmatlar qay tariqa ishlab chiqarilishi kerak?
Bu tovarlarni kim oladi va ulardan foydalana oladi?
Bu asosiy savollarga javob berish usulini iqtisodiy tizim belgilaydi.
2.
Iqtisodiy tizimlar an’anaviy, markazlashgan(buyrukbozlik), bozor iktisodiyoti
kabi turlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: