Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

Nazorat uchun savollar:
 
1.
Korxona eki firma deginda nima tushuniladi? 
2.”YUridik shaxs”va “jismoniy shaxs “ iboralari nimani 
bildiradi? 
3.Hususiy korxona qfirma) kanday mablaglar hisobiga tashkil 
kilinadi ? 
4.
Aksionerlik jamiyatining kanday turlari mavjud? 
5.Aksiya va dividend nima? 
6.
Korxona va firma turlari kanday? 
7.
Kichik korxonalarning hususiyatlari nimalardan iborat? 
8.Kushma korxonalar kanday tuziladi? 


3-ma’ruza
 
Korxonaning asosiy kapitali (asosiy fondlari)
 
Reja:
1.
Asosiy kapitalning moxiyati va tarkibi; 
2.
Asosiy fondlarning isobi va baxolanishi; 
3.
Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi; 
4.
Asosiy fondlarning qayta ishlab chiqarish va takomillashtirish; 
5.
Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari. 
Korxonaning asosiy kapitali (asosiy fondlar)ining moxiyati va tarkibi
 
Asosiy kapital – bu uzoq davr mobaynida xizmat ko‘rsatuvchi moddiy boylik 
sifatida asosiy fondlarning qimmati bo‘yicha baxolashdir. 
Ishlab chiqarish jarayonida korxona xodimlari mexnat qurollari yordamida 
mexnat buyumlardan turli xil maxsulotlar yaratadilar. 
Mexnat qurollari (mashina, apparat, bino, dastgoxlar, transport vositalari), 
mexnat buyumlari bilan birgalikda (xom ashyo, material, yoqilg‘i, quvvatlar) ishlab 
chiqarish vositalarini tashkil qiladilar. Ularning qiymat formasida ko‘rinishi esa 
korxonalarning ishlab chiqarish fondlari deb ataladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida ishtiroq xarakteriga binoan, xamda tayyor 
mahsulotga o‘z qiymatlarini o‘tkazish usuli va qayta ishlab chiqarish turlariga qarab 
ishlab chiqarish fondlari asosiy va aylanma (oborot) fondlarga bo‘ladilar. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt 
mobaynida ishtiroq etib, o‘z natural xolati (shakli)ni o‘zgartirmaydilar, qiymatlarini 
esa asta-sekin, emarilgan sari tayyor mahsulotga o‘tkazib boradilar. Korxonalar 
balansida ishlab chiqarish fondlaridan tashkari yana nosanoat asosiy fondlar mavjud. 
Bularga madaniyat uylari, bolalar bog‘chalari va yaslilar, kommunal ob’ektlar, 
tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida 
ishtiroq etmaydilar va qiymatlarini tayyor mahsulotga o‘tkazmaydilar – ularning 
vazifasi ishchi va xodimlarga xizmat ko‘rsatib, moddiy, madaniy turmushdarajasini 
ko‘tarish va faravonligini yaxshilashdir. 


Aylanma mablag‘lar esa ishlab chiqarish siklida bir marotaba ishtiroq etib, 
batamom iste’mol qilinadilar, o‘z natural xolatlarini yo‘qotib, qiymatlarini to‘la-to‘liq 
tayyor mahsulotga o‘tkazadilar. Bularga xom ashyo, material, yarim fabrikat, tara, tez 
ishdan chiqadigan va qiymati past buyumlar va xokazolar kiradi. 
Sanoat tarmoqlar xususiyatlariga qarab fondlarni umumiy xajmida asosiy va 
aylanma fondlarning ulushi turlicha. Masalan, umumiy ishlab chiqarish fondlar 
tarkibida asosiy fondlarning ulushi kimyo sanoatida 90 %, mashinasozlikda 60%, 
umum sanoat bo‘yicha esa 80% ga teng. 
Kimyo sanoati tarmoqlarida ham asosiy fonjlarning ulushi quyidagicha: 
Lak-bo‘yoq sanoatida 70%; 
Maishiy kimyo sanoatida 60%; 
Plastmassa va chaqich sanoatida 84%; 
Azot sanoatida 97%; 
Asosiy kimyo sanoatida 91%; 
Tog‘-kimyo sanoatida 93% va x.k. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarishning 
barcha omillar asosida intensifikatsiyalashtirish asosida iqtisodiy o‘sishini 
ta’minlovchi zaminidir. 
Asosiy fondlar – bu mehnat vositalarining katta sonini tashkil qilib, 
o‘zlarining iqtisodiy birligi, o‘xshashligiga qaramasdan, bir-birlaridan maqsadli 
ahamiyat; xizmat davri, ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki bo‘yicha aloxida gurux 
(gruppalar) ga bo‘linadilar. 
Bu bo‘linish ishlab chiqarish fondlarning tasnifi (klassifikatsiya) deb ataladi 
va quyidagicha ko‘rinishida bo‘ladi: 
Bino va imoratlar – sex, ombor, garaj, laboratoriya korpuslari, ya’ni qurilish – 
arxitektura ob’ektlari. Ularning vazifasi ishlab chiqarishda sharoit yaratib, 
xom ashyo, material, mahsulotlar, mehnat vositalarni saqlash. 
Inshootlar – injener-qurilish ob’ektlari, ularning vazifasi mehnat buyumlarni 
o‘zgarishiga ta’sir qilmay, texnik funksiyalarni bajarishdir (estakada, tutun 
quvurlar, bunker, ko‘prik, avtoyo‘llar, nasos stansiyalar, temir yo‘llar, 
to‘g‘onlar). 
Uzatma moslamalar – transporter (uzatgich) lar, kranlar, ko‘targich 
mexanizmlar, osma yo‘llar, gaz, neft quvurlar, pnevmoquvurlar, quvvatlar, 
etkazuvchi moslamalar, aloqa liniyalar, elektr, issiqlik tizimlari va x.k. 
Mashina va dastgohlar – shu jumladan: 
A)
Kuch beruvchi mashina va uskunalar – issiqlik va elektr quvvatini ishlab 
chiqaruvchi, turli xil quvvatlarni mexanika quvvatiga aylantiruvchi 
ob’ektlar (generator, el.dvigatel, bug‘, qozonlar, turbina, kompressor va 
x.k.). 
B)
Ishchi mashina va dastgoxlar – inson mexnat vositalariga ta’sir 
ko‘rsatuvchi ob’ektlar – kontakt apparatlar, reaktor, absorberlar, avtoklav, 
qoliplash uskunalar, quritgichlar, tegirmonlar, quydirgich (pech) lar va 
x.k. 


V) O‘lchov, sozlovchi va avtomatika asboblari, laboratoriya uskunalar – 
ishlab chiqarish jarayonini nazorat va sozlanishi, laboratoriya izlanishlar 
uchun mo‘ljallangan asboblar. 
G) xisoblash texnikasi – matematik, logik echimlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
jarayonlarni tezlashtirish (jadallashtirish) va avtomatlashtirish uchun 
qo‘llaniladigan mashina, moslama, asboblar – ExM, raqamli xisoblash 
mashina va moslamalar. 
Transport vositalari – korxonaga qarashli odam va yuq tashish uchun 
mo‘ljallangan xarakat vositalari – suv, havo, temir yo‘l transport 
vositalari, elektr va avtokara, elektr yuqlagichlar va x.k. 
Instrument va moslamalar – ishchi mashinalar bilan mehnat buyularni 
og‘lashda qulayliklar yaratuvchi moslamalar: pnevmobolg‘alar, zajim, 
qisqichlar va h.k. 
Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventar – stol, shkaf, bosma mashinalar, baklar, 
yong‘inga qarshi vositalar, texnik biblioteka. xo‘jalik instrument va 
inventarlarning ko‘pligidan, asosiy fondlarga xizmat davri 1 yildan ortiq 
va qiymati 1000 so‘mdan ortiq bo‘lganlari kiradi. 
Asosiy ishab chiqarish fondlar aktiv (faol) va passiv (sust) qismlarga 
bo‘linadilar. 
Aktiv qismini tashkil qiluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlar ishlab chiqarish 
jarayonida bevosita ishtiroq etadilar, sus asosiy ishlab chiqarish fondlar esa shart- 
sharoit yaratib beradilar. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlar aktiv qismini ishchi, kuch beruvchi mashina 
va dastgoxlar, o‘lovchi, sozlovchi asboblar tashkil qilsa, passiv qismiga bino, inshoat, 
inventarlar kiradi. 
Ja’mi qimytida asosiy ishlab chiqarish fondlar guruxlarning nisbati ularning 
strukturasini (tuzilishini) aks ettiradi. 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida asosiy ishlab chiqarish fondlar strukturasiga 
ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar: 
Ishlab chiqariladigan maxsulotning xarakteri; 
Maxsulot ishlab chiqarish xajmi; 
Ishlab chiqarishni tashkil qilish formasi; 
Kooperatsiya va ixtisoslik darajasi; 
Avtomatizatsiya va mexanizatsiya darajasi; 
Korxna joylashishining geografik va iqlim shart-sharoitlari. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarning kimyo va oziq-ovqat sanoatidagi 
strukturasi quyidagi jadvalda keltirilgan. 


1 - jadval 
Kimyo sanoatida tarmoqlarida asosiy fondlarning turi bo‘yicha strukturasi 
(%-da) 
№ 
Asosiy fondlar guruii 
Kimyo va 
neft kimyo 
sanoatida 
Asosiy 
kimyo 
Organik 
sintez 
plastmas 
sa 
Rezina- 
asbet 
Kimyo 
tolalar 
1. Binolar 
32±30,8 
31,42 
22,51 
34,57 
44,30 
37,19 
2. Inshoatlar 
14,5±14,2 
16,95 
13,79 
10,40 
60,7 
7,6 
3. Uzatma 
moslamalar 
11±11,2 
13,98 
19,44 
12,05 
4,81 
9,49 
4. Mashina 
va 
dastgoxlar, 
shu 
jumladan: 
A)
ishchi mashina 
va dastgoxlar 
B)
kuch beruvchi 
mashina 
va 
dastgoxlar 
39,7±41 
32,7±34,2 
3±3,5 
35,15 
28,86 
3,22 
42,05 
34,96 
3,16 
40,82 
33,03 
2,60 
42,44 
36,73 
5,71 
43,8 
38,71 
2,30 
5. Transport vositalar 
1,9±2,2 
2,03 
1,73 
1,37 
1,39 
0,7 
6. Instrument, 
moslama, inventar, 
laboratoriya 
jixozlari 
0,9±0,6 
0,49 
0,48 
0,79 
0,99 
1,21 
Ja’mi 
100 
100 
100 
100 
100 
100 
Oziq-ovqat sanoati asosiy fondlarining strukturasi (%-da) 
2 - jadval 
№ 
Asosiy fondlar guruxi 
Oziq-ovqat 
sanoati 
SHu jumladan 
1. 
Binolar 
33,6 
40,9 
51,0 
6,6 
2. 
Inshoatlar 
10,2 
11,4 
9,2 
9,2 
3. 
Uzatma moslamalar 
2,6 
3,4 
3,7 
0,5 
4. 
Mashina 
va 
dastgoxlar, 
shu 
jumladan: 
A)
ishchi mashina va dastgoxlar 
B)
kuch beruvchi mashina va 
dastgoxlar 
47,9 
4,5 
42,1 
40,7 
4,7 
34,7 
32,4 

26,7 
72,7 
4,7 
67,2 
5. 
Transport vositalar 
4,9 
2,4 
2,9 
10,4 
6. 
Instrument, 
moslama, 
inventar, 
laboratoriya jixozlari 
0,8 
1,2 
0,8 
0,4 
Ja’mi 
100 
100 
100 
100 


3 - javdal 
Oziq-ovqat sanoati va uning asosiy tarmoqlari, asosiy fondlarining strukturasi 
(%-da) 
№ 
Tarmoqlar 
B
ino
lar
Insh
oa
tl
ar
Uz
at
ma
uskuna
lar
mashina 
va 
dastgox 
lar 
Tr
ans
por

vos
itas

Qol
ga
n
asosi

fondla

Ja

mi
1. 
Oziq-ovqat sanoati 
39,6 
10,2 
2,6 
47,9 
4,9 
0,8 
100 
2. 
SHaqar-qand sanoati 
26,7 
22,5 
6,9 
41,2 
2,3 
0,4 
100 
3. 
Go‘sht sanoati 
57,7 
11,3 
4,6 
23,2 
2,4 
0,8 
100 
4. 
YOg‘-pishloq 
va 
sut 
sanoati 
51,7 
9,7 
4,1 
31 
2,8 
0,7 
100 
5. 
Un-erma va omuxta sanoati 
54,6 
18,3 
3,5 
22,2 
1,1 
0,3 
100 
6. 
YOg‘-moy sanoati 
36 
12,8 
7,8 
41,4 
1,5 
0,5 
100 
Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, sanoat tarmoq va soxalarda asosiy fondlarning 
strukturasi har xil. Kimyo sanoatida uzatma mexanizmlar ulushi, oziq-ovqat 
sanoatida transport vositalari, mashina va dastgohlar ulushi, go‘sht, yog‘-pishloq va 
sut ishlab chiqarish sanoatida, un-erma va omuxta sanoatida bino va inshoatlarning 
ulushi yuqori. 
Asosiy fondlar strukturasini quyidagi tadbirlar yordamida yaxshilash 
mumkin: 
dastgoxlarni yangilash va modernizatsiyalashtirish; 
progressiv dastgoxlar ulushini oshirish, avtomatlashtirilgan liniyalar, raqamli 
dastgoxlar asosida boshqariladigan uskunalar joriy etish evaziga asosiy 
fondlar strukturasini takomillashtirish; 
bino va inshoatlardan unumliroq foydalanish, bo‘sh ishlab chiqarish satxlarda 
qo‘shimcha dastgoxlar o‘rnatish; 
kam foydalanadigan yoki ortiqcha jixozlardan voz kechish va x.k. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish