Mahsulot sotilganda uning tannarxiga kiritilgan amortizatsion ajratmalar ham
pul shakliga o‘tadi. Ular ishlab chiqarishni kengaytirish fondi jamg‘armasida yig‘ilib
asosiy fondlarni qisman yoki butunlay tiklashga sarflanadilar.
Amortizatsiya normasi asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymatlariga nisbatan
%-dan o‘rtacha yillik eskirish miqdori yoki darajasini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich
asosan asosiy fondlar xizmat davriga hamda ularning likvid baxolariga (ishlab
chiqarish
doirasidan
chiqarilgandagi
qiymatlari)
bog‘liq. SHuning uchun
amortizatsiya normalar xisobida asosan asosiy fondlarning xizmat davrlarini
aniqlanishi lozim.
Xar bir tur asosiy fondlar uchun o‘z normativ xizmat davri mavjud va u ushbu
turning mahsulot ishlab chiqarishidagi ishtiroq darajasiga qarab belgilanadi.
SHuning uchun amortizatsiya normasi xar qaysi gurux
yoki xatto aloxida tur
uchun belgilanadi. Asosiy fondlarning jismoniy emirilishlariga ta’sir etuvchi omillar
quyidagilardir:
materiallarning ko‘rinishi va sifati;
konstruksiyalarning texnologik jarayonlar xususiyatlari;
qurilmalar sifati;
foydalanish darajasi (stepen nagruzki – yil mobaynida ishlangan kun,
sutkadagi smena soni, bir smenada ishlangan soatlar miqdori);
boshqarish sifait (o‘z vaqtida tozalash, moylash, ta’mirlash);
tashqi sharoit ta’siridan asosiy fondlarning muxofaza darajasi (issiq, sovuq,
namlik, qor-yomg‘orlardan);
ishchilar malakasi va ularning asosiy fondlarga bo‘lgan munosabatlari.
YUkorida kayd etilgandek, asosiy vositalar ob’ektlarining eskirishi — ular jismiy
sifatlari yoki xossalari, buning oqibatida qiymati yo‘qolishi,
eskirishining qiymat
ko‘rsatkichidir. SHuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va
eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag‘larni jamg‘arishni ta’minlashi kerak. Bunday
jamg‘arishga xarajatlarga ajratmalarni, ular amortizatsiya ajratmalari deb ataladi, kiritish
hisobiga erishiladi.
Amortizatsiyani xisoblash va soliq solish bazasini belgilash jarayonini
soddalashtirish maqsadida asosiy fondlar quyidagi miqdorlarda amortizatsiyaning yillik
me’yori bilan ushbu besh guruhga birlashtiriladi:
1 guruh. Binolar, inshootlar va imoratlar — 5%.
II guruh.
Engil avtomobillar, taksi, yo‘llarda foydalanish uchun avtotraktor
texnikasi, maxsus asboblar, inventar va anjomlar; kompyuterlar, periferiya qurilmalari va
ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari — 20%.
SH guruh. Avtomobil transportining harakatlanuvchi tarkibi; yuk avtomobillari,
avtobuslar, maxsus
avtomobillar va avtotirkamalar; sanoatning barcha tarmoqlari,
quyuv ishlab chiqarishi uchun mashina va uskunalar; temirchilik presslash uskunalari;
qurilish uskunalari; qishloq xo‘jalik
mashina va uskunalari; ofis uchun mebel —
15%.
IV guruh.
Boshqa guruxlarga kiritilmagan amortizatsiyalanadigan aktivlar —
10.
Vguruh.
Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari; kuchlanish
mashina va uskunalari; issiqlik texnika uskunalari; turbina uskunalari, elektrodvigatel va
dizel-generatorlar. Elektr uzatish va aloqa qurilmalari; quvurlar —
8%.
Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga
foizlarda belgilanadi.
Korxona tasdiqlangan me’yorlarga nisbatan
kamaytirilgan amortizatsiya
me’yorlarini, shuningdek tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash huquqiga egadir.
Tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llanganda qonun xujjatlarida tasdiqlangan, 2,0
dan oshmaydigan koeffitsient qo‘llanilishi, tasdiqlangan me’yorlardan oshib
ketgandagi farq foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasiga kiritilishi
kerak.
Amortizatsiya quyidaga fondlar bo‘yicha hisoblanmaydi:
kutubxona fondlari, arxitektura va san’at yodgorliklari;
er;
mahsuldor hayvonlar, buqa va ho‘kizlar;
hokimiyatlarga bo‘ysunadigan shahar obodonchiligi
inshootlari va umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
qaroriga ko‘ra konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlar;
•
to‘liq
amortizatsiyalangan
asosiy
fondlar.
Qurilayotgan korxonaning xarid qilingan asosiy fondlari, shuningdek tugallanmagan
qurilish bosqichida bo‘lgan, qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq qurilish-
montaj ishlarini bajarish uchun ishlatiladigan ob’ektlar bo‘yicha amortizatsiyani quruvchi
asosiy fondlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida belgilangan me’yorlar
bo‘yicha xisoblab yozadi.
Har bir ob’ektga eskirishni hisoblab yozish har oyda amalga oshiriladi.
Amortizatsiya kiymati korxona xarajatlariga to‘liq o‘tkazilganda
asosiy vositalarning
bundan keyin foydalanishda bo‘lish davri uchun eskirish xisoblanmaydi (eskirish dastlabki
qiymatning 100%idan oshishi mumkin emas).
YAngi kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish foydalanish boshlangan
oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab xisoblanadi, chiqib ketgan ob’ektlar
bo‘yicha eskirish esa chiqib ketish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab
to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy andozalarining (BHMA) 5-
sonli "Asosiy vositalar" andozasi 23-moddasida amortizatsiya hisoblashniig bir necha usuli
tavsiya etilgan:
bir maromli (to‘g‘ri chiziqli);
bajarilgan ish hajmiga nisbatan (ishlab chiqarish usuli);
kamayib borayotgan qoldiq usuli;
yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Do'stlaringiz bilan baham: