II. Donador mahsulotlardan ishlanadigan pollar tarkibiga tosh mahsulotlari (bulijnik) dan, chorqirra toshlardan (bruschatka), g‘isht va klinkerdan, beton plita va plitkalardan, temirbeton plitali, metallotsement plitali, mozaika –terratsali, plastmassali, taxtali, yog‘och parketli, DSP va DVP mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlardan donabay tarzda tayyorlanadigan pol konstruksiyalari kiritiladi.
1. Tosh mahsulotlari (bulыjnik) va chorqirra toshlardan (bruschatka) ishlangan pollar katta dinamik va statik kuchlar tasir etadigan, Yuqori issiqlik xarorati tasirida tehnologik jarayonlar olib boriladigan, kirish joylarida gusenitsali va shporali transport vositalarining intensiv xarakati kuzatiladigan sanoat binolarida qo‘llaniladi.
a) Tosh mahsulotlari (bulыjnik) dan ishlanadigan pollar uchun balandligi 120-200 mm bo‘lgan taroshlangan yoki qirrali yuzasining tomonlari 10-120 mm dan umumiy ekspluatatsiyasidagi yuzasi 60% dan kam bo‘lmagan tosh mahsulotlaridan foydalaniladi. Ushbu turdagi qoplamaga ega bo‘lgan pollar uchun asos, to‘shama sifatida qalinligi 60 mm bo‘lgan qum qatlamidan foydalaniladi. Toshlar kamida 1/3 balandlikda qumga kiritilgan xolda teriladi. Toshlar terib o‘z joyiga o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng tayyorlangan qoplamali maydon turli xil usullarda shibbalash yo‘li maxkamlaib, toshlar orasidagi choklar qum bilan to‘ldiriladi.
b) CHorqirra toshlardan (bruschatka) ishlangan pollar granit, bazalt, diabaza va boshqa turdagi mustaxkam tabiiy tosh materiallari, maydalanib ketmaydigan domna shlaklari va suniy ravishda beton yoki temirbetondan mahsulotlardan foydalanib tayyorlanadi. Chorqirra toshlar (bruschatka) dan ishlangan pollar uchun asos, to‘shama sifatida qum, graviy, shag‘al, shlak kabi mahsulotlardan foydalaniladi. To‘shama qatlamining turidan kelib chiqib, chorqirra toshlarning qalinligi qumli echimda 120-160 mm, boshqa echimlarda 100-120 mm qalinlikda qabul qilinadi. Chorqirra toshlarni qoplama sifatida terishda to‘shama qatlamining qalinligi qumdan ishlanganda 30-40 mm, sement-qumli qorishmada 10-15 mm, bitumli yoki degtli mastikada 2-5 mm, suYultirilgan shishadan ishlanganda 10-15 mm qalinlikda qabul qilinadi. Chorqirra toshlar orasidagi choklar to‘shama qatlami uchun ishlatilgan mahsulot bilan to‘ldiriladi. Chorqirra toshlar intererda ularga bezak va zeb berish uchun kvadrat, to‘g‘ri burchakli, uchburchak, aylana va turli shakllar berib teriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |