Sanoat binolari



Download 8,71 Mb.
bet17/92
Sana18.04.2022
Hajmi8,71 Mb.
#560699
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Bog'liq
Sanoat binolari

5-MA’RUZA (2 soat)


SANOAT BINOLARI VA INSHOOTLARINING ASOSIY KONSTRUKTIV ELEMENTLARI, KONSTRUKTIV SXEMALARI VA TIZIMLARI


REJA :

  1. Sanoat binolarining asosiy konstruktiv elementlari.

  2. Sanoat binolarining asosiy konstruktiv sxemalari va sistemalari.



Tayanch so‘zlar va iboralar: konstruktiv elementlar, poydevorlar, devorlar, alohida tayanchlar, orayopmalar, tomlar, zinapoyalar, deraza va eshiklar, yuk qabul qiluvchi, o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi, o‘zining og‘irligini uzatuvchi, erto‘la, texnik erto‘la , chordoq, tambur va kirish shoxobchalari, binoga kirish eshiklari ustida peshayvonlar, balkon.

Sanoat binolarining asosiy konstruktiv elementlari -bu poydevorlar, poydevor to‘sinlari, devorlar, alohida tayanchlar, orayopmalar, tom yopmalari, tomning Yuk ko‘taruv konstruksiyalari, tomlar, bo‘ylama va tik yo‘nalishdagi bog‘lamlar, darvozalar, zinapoyalar, deraza va eshiklar, yuqoridan yorituvchi va shamollatuvchi konstruksiyalari, erto‘la, texnik erto‘la va chordoq konstruksiyalaridir.


Poydevorlar - sanoat bino va inshootlarida er osti konstruksiyalari sanalib, binodan beriladigan barcha yuk va yuklanishlarni qabul qilib asos yani zaminga uzatish uchun xizmat qiladi.
Poydevor to‘sinlari – sanoat binolarida devorlardan beriladigan yuk va yuklamalarni poydevorlarga uzatish va binoning bo‘ylama yo‘nalishdagi mustaxkamligini saqlash uchun xizmat qiladi.
Devorlar – sanoat binolarida mo‘ljallanishi va joylashishi bo‘yicha tashqi va ichki devorlarga bo‘linib, bir vaqtning o‘zida ham binoni tik yo‘nalishda tashqi tasirlardan himoyalovchi va yuqoridan berilgan yuk va yuklanishlarni poydevorlarga uzatuvchi hisoblanadi. Bino va inshootlarda loyihalanish o‘rniga va ishlash sistemalariga qarab devorlar yuk qabul qiluvchi, o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi va o‘zining og‘irligini uzatuvchi bo‘lishi mumkin. Yuk ko‘taruvchi devorlar ichki va tashqi devorlar sifatida loyihalanib, binodan beriladigan tik va bo‘ylama yo‘nalishdagi kuch va kuchlanishlarni qabul qilib poydevorlariga uzatadi va albatta o‘z poydevorlariga ega bo‘lishi shartdir. O‘zining og‘irligini qabul qiluvchi devorlar esa faqat o‘zining og‘irligini qabul qilib poydevorlarga uzatib o‘z navbatida ichki yoki tashqi devorlar sifatida ham loyihalanishi mumkin. O‘zining og‘irligini uzatuvchi devorlar esa asosiy hollarda xonalarni bo‘luvchi oraliq devorlar sifatida loyihalanib orayopmalar orqali o‘z og‘irligini yuk ko‘taruvchi devorlarga uzatadi.

Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish