Rasm 27. YOpmaning temir beton fermalari
a – segmentli stropila fermasi, b – shuni uzi, arkali xavonsiz, v – parallel belbogli (poyasli), g – shuni uzi, uch burchakli, d - 12 m li stropila osti fermasi (o’rnatilgan xolatda), e – 18 m li stropila osti fermasi (kirkimda o’rnatilishi ko’rsatilgan): 1 – stropila fermasi, 2 – stropila osti fermasi
Tomning Yuk ko‘taruv konstruksiyalari osti to‘sinlari. Proletli echimga ega bo‘lgan binolarda chekka qator ustunlariga nisbatan o‘rta qator ustunlarining qadam miqdori ikki baravar qabul qilinganda yoki proletlarda ichki o‘rta qator ustunlaridan xoli maydonlarni tashkil etish talab qilinganda tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari osti to‘sinlaridan foydalanishga extiyoj tug‘iladi. Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari osti to‘sinlari aloxida biri-biriga parallel joylashgan sterjenlarni o‘zaro qattiq maxkamlangan metall elementlardan tashkil topgan konstruksiyadir. Proleti 12m bo‘lgan tomning Yuk ko‘taruv konstruksiyalari osti to‘sinlari temirbeton va metall elementlardan, proleti 18 va 24 m bo‘lgan tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari osti to‘sinlari faqat metall elementlardan tayyorlanadi. Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari osti to‘sinlari tomning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalaridan bir nuqtaga yig‘ilgan kuch sifatida qabul qilinadigan 45000 dan 294 000 N gacha bo‘lgan kuchlarga mo‘ljallanadi.
Temirbeton karkaslar mustaxkam, yonginga chidamli bo‘lib, ularni tayyorlash uchun kam metall sarflanadi. Tayyorlanishi bo’yicha temirbeton karkaslar yigma va kuyma xolda to‘sinli va to‘sinsiz echimda loyixalanadi.
Katta proletlarga ega bo‘lgan sanoat binolarini tekis turdagi konstruksiyalardan loyixalashda arka va rama konstruksiyalaridan keng miqdorda foydalaniladi.
Arka konstruksiyalari bir, ikki (sharnirlar faqat tayanchlarda) va uch sharnirli ( sharnirlar tayanchlar va prolet o‘rtasida ) xolatda loyixalanadi.
Temirbeton elementlardan loyixalangan arka konstruksiyalari kengligi 40 m va undan katta bo‘lgan proletlarda qo‘llaniladi. Arka konstruksiyalarini loyixalashda ularning faqat siqilishga ishlashini taminlash maqsadida ularning reja o‘qlarini (razbivochnыe osi) iloji boricha unga tasir etuvchi bosim kuchlari o‘qlari bilan bir chiziqqa tushirish yoki tutashtirishga erishmoq lozimdir.
Arka konstrkutsiyalari asosiy xollarda bino va inshootlarning tayanch konstruksiyalari bo‘lgan ustunlarga, katta proletlarda esa bazi xollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri poydevor konstruksiyalariga xam o‘rnatiladi.
Uch sharnirli arkali konstruksiyalarda, arka prolyotining o‘rta qismidagi sharnir arkaning konstruktiv echimini va tomning yumshoq qoplama qismini bajarishda bazi bir murakkabliklarni keltirib chiqaradi, shuning uchun xam oxirgi paytlarda ushbu turdagi arka konstruksiyalaridan deyarli foydalanilmaydi.
Ikki sharnirli arkalar tayyorlash va montaj ishlarini bajarishda eng qulay bo‘lib sanaladi. Turli tempiraturaviy tasirlarda ular arka kesimlarida uncha katta bo‘lmagan tasirlar ostida sharnirlarda egilish va erkin buralish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Ikki sharnirli arkalarda tik yo‘nalishda tasir etuvchi kuchlarning bo‘ylama yo‘nalishdagi tasirini (sila raspora) bo‘ylama tortqi (zatyajka) qabul qiladi.
SHarnirsiz arkalar eng oson konstruktiv elementlarga ega bo‘lgan konstruksiyalar sanaladi, lekin ularni o‘rnatish uchun mustaxkam poydevorlar talab etiladi. Ular notekis cho‘kishlarga juda xam tasirchan sanaladi. SHarnirsiz arkalarni poydevorlarga maxkamlash tortqilarsiz amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishda yig‘ma elementlardan loyixalangan temirbeton va metall konstruksiyali arka konstruksiyalarini qo‘llash keng tus olgandir, ishlab chiqarishda juda xam katta murakkabliklarni keltirib chiqarganligi uchun arkalarni yaxlit temir beton konstruksiyalardan loyixalash va qurilish ishlari amalga oshirilmaydi.
Sanoat binolarini loyixalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda temir beton va metall elementlardan tayyorlangan ramali konstruksiyalar juda samarali va qulay qurilish konstruksiyalari bo‘lib sanaladi. Temir beton va metall elementlardan tayyorlangan ramali konstruksiyalarga ega bo‘lgan sanoat binolari bir prolyotli va ko‘p proletli tarzda loyixalanadi. Ramalar geometrik o‘zgarmovchi konstruksiyalar bo‘lib ularning mustaxkamligi o‘zaro bir-biriga qattiq maxkamlangan (jestko soedinennыy) qismlari orqali taminlanadi. Rama to‘sinlari (rigel) ning ko‘rinishi to‘g‘ri chiziqli, siniq chiziqli va egri chiziqli bo‘lishi mumkin.
Ramali konstruksiyalarning tayanch ustunlarining tashqi qismlari devorlarning tik yo‘nalishdagi tekisliklaridan tashqariga chiqarib ishlanadi va bu binoga o‘ziga xos memoriy ko‘rinish beradi.
Ramali konstruksiyaga ega bo‘lgan binolarda choklar shunday joylashtirilganki, ular faqat nesimmetrik Yuklanish yoki shamol tasiridagina eguvchi momentlarni xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |