3-modda. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari
Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalar tomonidan ishlab chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi va shundan so‘ng uch oy muddat ichida matbuotda bosib chiqarilishi kerak.
II BO‘LIM. ODAMNING QULAY ATROF MUHIT ShAROITLARIGA EGA BO‘LISH HUQUQI VA UNI TA’MINLASH KAFOLATLARI
4-modda. Odamning qulay atrof muhit sharoitlariga ega bo‘lish huquqi
Har bir odam qulay atrof muhit sharoitlariga ega bo‘lishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |