Sangilova Maxsudaning " Evolutsiyani isbotlashda biogeografiya fani dalillari "


Biogeografik viloyatlardagi hayvonot va o’simliklar olamining o’xshashlik va farqi



Download 402,5 Kb.
bet7/9
Sana29.12.2021
Hajmi402,5 Kb.
#76335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Эволюцияни исботлашда биогеографик фан далиллари

Biogeografik viloyatlardagi hayvonot va o’simliklar olamining o’xshashlik va farqi
Turli viloyatlardagi hayvonot va o’simliklar olami o’zaro taqqoslanganda tiplar, sinflar o’rtasida tafovutni deyarli ko’rmaymiz.

Chunki har bir biogeografik viloyatda xordali hayvonlar tipi, ochiq va yopiq urug’li o’simliklar tipi, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikdagi yashovchilar, bir va ikki pallali o’simliklar sinflarini uchratish mumkin. Biogeografik viloyatlardagi hayvon va o’simliklar orasidagi tafovut turkum, ayniqsa, oila, avlod vakillarini o’zaro taqqoslaganda namoyon bo’ladi. Chunonchi, Habashiston biogeografik viloyatdagi primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to’tiqushlar, tovuqsimonlar turkumi vakillari Paleoarktik viloyatda uchramaydi. Yoki primatlar turkumiga kiruvchi gibbonlar oilasining vakillari Himolay biogeografik viloyatida tarqalgan bo’lib, Afrikada uchramaydi. Aksincha martishalar oilasi Afrikada tarqalgan bo’lsada – da, Himolay biogeografik viloyatida bo’lmaydi. Xuddi shuningdek, Neotropik biogeografik viloyatidagi oz tishlilar turkumiga mansub chumolixo’r, yalqov, zirhlilar oilasi Neoarktik biogeografik viloyatida tarqalmagan. Paleoarktik va Neotropik biogeografik viloyatlaridagi o’simliklar va hayvonlar turkumi, tartib, oilalar bilan o’xshasalar ham, ular o’rtasidagi tafovut faqat avlod va turlarda ekanligi ma’lum bo’ladi.

Turli biogeografik viloyatlardagi hayvonlar va o’simliklar orasidagi o’xshashlik va tafovut sabablarini bir tomondan qit’alarning paydo bo’lish tarixi, ikkinchi tomondan organik olam evolutsiyasi bilan tushuntirish mumkin.

Tabiatshunos olimlarning aytishicha, bizning ko’hna sayyoramiz hamma era, davrlarda shunday ko’rinishda bo’lmagan. Daniyalik olim A. Vegener qayd etishicha, taxminan bir necha million yillar ilgari yer yuzida hech qanday qit’alar bo’lmay, sayyoramiz yagona quruqlik – Pangeya va yagona okeandan iborat bo’lgan. Bundan taxminan 200 mln yil ilgari mezozoy erasining trias davrida yagona quruqlik – Pangeya ikki bo’lakka, Lavraziya va Gondvanaga ajralgan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonot va o’simliklar olami ham ikki tomonga tarqalgan.

Gondvana quruqligi xuddi muz parchalari singari bir qismi suvdan tashqari holatda janubga tomon siljigan. Keyinchalik yer ostki kuchlarining ta’siri tufayli Gondvana o’z navbatida bo’laklarga ajralgan. Natijada Antarktida, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika qit’alari paydo bo’lgan. Lavraziyaning bo’linishi oqibatida Yevroosiyo, Shimoliy Amerika qit’alari paydo bo’lgan. Yevroosiyo va Shimoliy Amerikaning yagona qit’a sifatida bo’lishi uzoq vaqt – kaynozoy erasigacha davom etgan. Yagona quruqlik Pangeyaning qit’alarga ajralishi tabiiy ravishda o’simlik va hayvonlar evolutsiyasiga ta’sir etmay qolmagan. Masalan, Avstraliya, Gondvanadan ajralgan trias davrining o’rtalarida sutemizuvchilarning faqat tuxum qo’yib ko’payuvchi turlari hamda qopchiqlilar tarqalgan. Hali sutemizuvchi hayvonlarning yo’ldoshlilar kenja sinf vakillari paydo bo’lmagan. Shu sababli tuxum qo’yib ko’payuvchiar va qopchiqlilar Avstraliyada, qopchiqlilar o’zi esa Neotropik biogeografik viloyatda hozirgacha yetib kelgan. Boshqa viloyatlarda tuxum qo’yib ko’payuvchiar, qopchiqlilar yashash uchun kurashda tabii tanlanish ularga nisbatan murakkab tuzilishga, ko’payishga ega bo’lgan yo’ldoshlilar kenja sinf vakillari tomonidan siqib chiqarilgan.


Download 402,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish