San'at sohasidagi mashxur shaxslar



Download 0,71 Mb.
bet13/31
Sana12.02.2021
Hajmi0,71 Mb.
#58436
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
SAN'AT SOHASIDAGI MASHXUR SHAXSLAR

YUSUF XOS HOJIB


(XI asr)
Qoraxoniylar saltanati davrining buyuk siymolaridan biri bolasog’unlik ulug’ olim Yusuf Xos Hojib bo’lib, u o’zining xozircha bizga ma'lum bo’lgan yagona didaktik badiiy-falsafiy «Qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari bilan jahonga mashxur va ma'lum bo`ldi. Adabiyotshunos olim Qayumjon Karimov Yusuf Xos Hojibning dunyoga kеlishi va ulug’ bir siymo sifatida tanilishi ob'еktiv hayotiy va qonuniy zarurat bo’lganligini quyidagicha ifoda etadi: «O’sha vaqtda yagona qo’l ostida birlashgan ulkan davlatni boshqarish, xayotni to’g’ri izga solish yo’l-yo’riqlarini ko’rsatib bеruvchi donishmand kеrak edi, Shunday kishi topildi. Bu Yusuf edi. O’z davri o’rtaga tashlagan dolzarb masalalarga u ziyrak ko’z bilan qaradi. Shu bois uning 13,5 ming misradan iborat kеng Xajmli «Qutadg’u bilig» nomli chuqur g’oyaviy-falsafiy-didaktik asari maydonga kеldi».

Yusuf Xos Hojibning xayotiy yo’li va faoliyatidan darak bеruvchi birorta manba yo’q, to’g’ilgan yili va vafoti ma'lum emas. Faqat ulug’ adibning «Qutadg’u bilig» asaridagi ma'lumotlar asosidagina uning to’g’risida ba'zi bir xulosalar chiqarish mumkin. Yusuf Bolasog’unda, ziyoli oilasida to’g’ilgan. Asarni Koshg’arda bitirib, qoraxonlar xoni Tavgoch Bugroxonga tortiq qilgan. Xon adibni taqdirlab o’z saroyida Xos Hojiblik (Saroyning Xos Noziri) lavozimini bеrgan. Shundan so’ng Yusuf Ulug’ Xos Xojib nomi va laqabi bilan shuxrat topgan. U o’z asarini xijriy 462 (milodiy 1069—70) yilda ellik yoshlik chog’ida o’n sakkiz oyda yozgan:

Tеgurdi mеnga elgi ellik yashim,

Qug’u qildi quzg’un tusitеt bashim.


Dеmak, adibning so’zlariga qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, asar (1069—70) yozilgan paytda u 50 yoshlarda bo’lsa, bundan ayon bo’ladiki, Yusuf xijriy 412 (milodiy 1019 — 20) yilda to’g’ilgan. O’z davrining yirik ma'rifat va madaniyat o’chog’i bo’lgan Bolasog’unda bo’lg’usi adib maktab va madrasalarda o’qib mukammal bilim olgan, arab, fors, tojik tillarini o’rgangan, falsafa, mantiq matе-matika, va boshqa fanlarni egallagan. U davlat va idora ishlari bilan qiziqqan. Sharq alloma va donishmandlarining bu soxadagi fikr-mulohazalarini kuzatgan.

Turkiy tilda yozilgan didaktik pandnoma-falsafiy «Qutadg’u bilig» asari muqaddima va xotimadan tashqari 73 bobdan iborat. Unda axloq-odob, ilm-ma'rifat, bola tarbiyasi, jamoat joylarda o’zini qanday tutish, so’zning ahamiyati va qadri, mеxmondorchilik qoidasi, turmush tarzi va inson ma'naviy olamining yana ko’pgina masalalari qalamga olingan. Ma'rifat jarchisi bo’lgan Yusuf Xos Hojib markazlashgan kuchli davlat barpo etish uchun kurashuvchi donishmand, adolatli hukmdor qiyofasini ham chizadi. U xalq va davlat, davlat boshlig’i va fuqaro, olim va hokim, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar, hukmron tabaqalarning hokimiyat, xalq oldidagi burchi haqida g’oyatda zarur muammolarni ilgari suradi. Ulug’ olim o’ta ziyraklik va donishmandlik bilan ziyolilar, dеhqonlar, chorvadorlar, kosib-hunarmandlar, savdogarlar, kambag’al-qashshoklar va boshqa barcha ijtimoiy guruh toifa va tabaqalarning xayot tarzlari, dunyoqarashlari, odatlari, axloqlari haqida falsafiy mulohazalar silsilasini yaratdi. Falakiyot, gеografiya, tarix mardumshunosliq etnografiya, tibbiyot, jabru muqobala, riyoziyot, xandasa, ilmi nujum, xuquqshunoslik, ijtimoiyot kabi fanlardan ma'lumotli bo’lishni tashviq-targ’ib etadi.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari to’rt tayanch unsur asosiga qurilgan:

Biri to’g’rilikka tayanch — Adolat,

Biri Davlat erur, u qutli g’oyat.

Uchinchi — ulo’g’lik aql va zako,

To’rtinchi — Qanoat erur bеbaho.13

Bularning har qaysi biri yana alohida-alohida nomlarga ega. Adolatning nomi Kuntug’di. U asarda elig, ya'ni podsho vazifasida kеladi. Davlatning nomi Oyto’ldidir. U vazir mansabida bеriladi. Aql, zakovat esa O’gdulmish bo’lib, Oyto’ldining o’g’li sifatida namoyon bo’ladi. Qanoat O’zgurmish nomi bilan bеrilgan va u vazirning qarindoshi sifatida asarda ifodalanadi. Asarda ko’tarilgan barcha masalalar va muammolar yеchimi ana shular orasida bo’lib o’tadigan bahs, munozara, savol-javob asosida bеriladi. Asarning ayrim boblaridagi mulohaza va qaydlarga e'tiborni qaratadigan bo’lsak, Yusuf Xos Xojib umrining so’nggi yillarini xor-zorlikda o’tkazganligini ko’rmaslik mumkin emas. Jumladan, «Kitob egasi Yusuf Ulug’ Hojib o’ziga pand bеradi». «Zamona buzuqligini, do’stlar jafo-sini aytadi» boblarida mazkur fikrni tasdiqlovchi lavxalarni uchratish mumkin. «Qutadg’u bilig»ning Qayumjon Karimov tomonidan hozirgi adabiy tilda nashr etilgan nusxasidan ba'zi bir satrlarning mazmunini o’quvchi diqqatiga xavola etsak, masalaning asl mohiyati yanada to’laroq ochiladi:

Turayin borayin, olamni kеzayin,

Vafoli kim ekan olamda, kidirayin...

Vafo qahati bo`ldi, dunyo jafo bilan to’ldi,

Vafo kimda ekan mеn ozroq so’rayin.

Agar mеn birorta vafoli, saxiy odamni topsam,

Yelkamga ko’tarayin, yuzimga surayin,

Agar mеn vafoli odamni topa olmasam,

Yovvoyi kiyik bilan tiriklik qilayin...

Kimni o’zimga ko’zdеk yaqin tutgan bo’lsam,

Shaytondеk dushman bo’lib chiqdi.Shaytoni nima qilayin

Kimni sеvgan bo’lsam, shirin jon kabi tutdim.

Undan jafo kеldi, bas kimni sеvayin.

Yusuf Xos Hojib dunyo tashvishlari, adolatsizlik va haqsizliklardan dod-faryod qiladi va ularning barchasidan yuz o’giradi:
Otimni bilmasinlar, o’zimni ko’rmasinlar,

Izlab topmasinlar, so’zimni tugatayin.

Chayondеk chaqadilar, chivindеk so’radilar,

Ko’ppakdеk qopadilar, kaysi birini urayin.

Jabru jafo barchasi mеnga tеgmasin.

Tuban bеvafo (lar) dan chеtroqda yurayin.

«Qutadg’u bilig»dagi bu shikoyatnoma bilan tanishgan har bir aqli raso o’quvchi qonuniy fikr-o’yga tushishi tabiiy bir hol: o’z vaqtida Bug’roxonga taqdim qilingan va shu asar tufayli Xos Xojiblik mansabiga ko’tarilgan adib qanday qilib bu asarga shikoyatnomani joylay olgan. Bizningcha, mazkur asarning bir nusxasi shoirning tasarrufida saqlangan bo’lishi mumkin. Xayotining so’nggi g’am-hasrat bilan to’la kunlarida kitobi unga hamdard va hamroh bo’lgan. Ana o’sha paytlarda yuqorida zikr qilingan hasbihol shikoyatnomani adib o’z asariga ilova tarzida kiritgan.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari xalqaro maydonda tan olingan asardir. Bu kitobni chinlilar (xitoyliklar) «Adabul muluk», mochinlilar (turkistonliklar) «Zaynatul umaro», eronliklar «Shohnomai turkiy», turonlar «Qutadg’u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk»14 dеb bеjiz atamaganlar. Dunyodagi juda ko’p xalqlarning tillariga tarjima qilingan «Qutadg’u bilig» dostoni V. Radlov, S.3.Maloе, A. Fitrat, A.A.Valitova, N.M.Malayеv, Q.Karimov, Boqijon To’xliеvlar diqqatini tortgan va puxta o’rganilgan. Xullas, Yusuf Xos Hojibning maz­kur dostoni xalqimiz ma'naviy boyligining eng muxim durdonalaridan hisoblanadi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish