O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti



Download 122,56 Kb.
bet1/4
Sana21.07.2022
Hajmi122,56 Kb.
#832355
  1   2   3   4
Bog'liq
Madaniyat markazi ishi Kazakova Indira


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti
Nukus filiali

Madaniyat va san`at muassasalarini tashkil qilish va boshqarish yo`nalishi
2-kurs talabasining Madaniyat markazi ishi fanidan yozgan

Mustaqil ishi

Bajardi: Kazakova I.


Qabul qildi: Saparbayeva G.

Nukus- 2022


Mavzu: Madaniyat va san`at sohasida tarixiy islohotlar
Reja:

  1. Madaniyat va san`at sohasida tarixiy islohotlar.

  2. Harakatlar strategiyasida madaniyat va san`at sohasiga e`tibor.

  3. Prezident SH.Mirziyoyevning 2017 yil 3 avgustdagi ijodkor ziyolilar bilan muloqoti samaralari.

Keyingi yillarda madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, sohada katta islohotlarni amalga oshirish borasida qator amaliy tadbirlar olib borilmoqda.


Davlatimiz rahbarining joriy -2021 yilni “Yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlashni taklif qilganida mamlakatimizning ertangi kunini mutaraqqiy dunyo yо‘lidan borishda kо‘rayotganini butun О‘zbekiston xalqi qо‘llab-quvvatladi.
Shu bilan birga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor.Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, Xudo hohlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham albatta bо‘ladi” degan hikmatli sо‘zlari tarix zarvaraqlarida chinakam uyg‘onish- Uchinchi Renessans davrini ochib bergani shubhasiz.
Shu о‘rinda Muhtaram Yurtboshimizning О‘zbekiston yoshlari forumida sо‘zlagan nutqidagi “Barchangiz yaxshi bilasiz, biz bugun о‘z oldimizga ulkan marralarni qо‘yganmiz.Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik.
Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bо‘lg‘usi Renessansning eng muhim bо‘g‘inlari deb hisoblaymiz.Shu sababdan bu sohalarda tub islohotlarni izchil amalga oishrmoqdamiz” (1)sо‘zlari о‘z navbatida madaniyat va san’at sohasida yangi innovatsion yangiliklar yaratishga chog‘lanayotgan bakalavriat talabalariga ham katta qanot beradi.
Bugungi kunda madaniyat va san’at muassasalari - teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, muzeylar, kutubxonalar zamonaviy talablar asosida tashkil etish, madaniyat va san’at sohalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini amaliyotga joriy etish muammolarini tahlil qilish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda malakali kadrlar tayyorlash bо‘yicha qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jonajon О‘zbekistonimiz mustaqilligining 29-yilligi tantanalarida Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev yurtimizda Uchinchi Renessans davriga poydevor qо‘yilayotganini alohida ta’kidladilar. Ilm har qanday quroldan, har qanday tabiiy boylikdan, har qanday kuchdan afzal ekanligini hayotning о‘zi isbotlab turibdi.Yoshlarga ilm berish, ularni barkamol avlod sifatida kamol topishlari, dunyo sahnida О‘zbekiston nomidan bо‘y kо‘rsatishlari uchun olib borilayotgan har qanday tashabbus keng qо‘llab-quvvatlanishi ham ayni haqiqatdir.
2020 yilning 23 sentabrida BMT Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasining yuksak minbaridan turib, tarixda birinchi marta “Navoiy tili”da -о‘zbek tilida nutq sо‘zlagan О‘zbekiston rahbarining mamlakatimizda har bir yigit-qizning jamiyatda munosib о‘rin egallashi va о‘z salohiyatini namoyon etishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etganlari ham ilm-fan yо‘lida faoliyat olib borayotgan millat murabbiylariga katta iftixor bag‘ishlaydi.
Madaniyat va san’at – jamiyatning bebaho xazinasi, inson tafakkurining buyuk kashfiyotidir. Bu sohalar ijod va mahoratning, tinimsiz izlanishning eng oliy darajasida yaratilgandagina inson kо‘nglini ishg‘ol qila oladi.
Sir emas, madaniyat va san’at muassasalari xodimlari uzoq tarixga borib taqaladigan milliy urf-odatlarimiz, ana’analarimiz, xalq og‘zaki ijodiyoti,klassik, mumtoz, zamonaviy qо‘shiqchilik, milliy maqom, baxshichilik, muzeylar va teatrlar, konsert tashkilotlari, ijodiy jamoalarning faoliyatini tartibga soluvchilar, xalqqa yetkazib beruvchilardir.Chunki har bir xalqning san’ati shu xalqni dunyoga tanitadi, jahon sahnalarida shu xalqning nomidan sо‘z aytishga sharoit yaratadi.
О‘zbekistonda Uchinchi Renessans davrining talabi- zamon bilan hamnafas, dunyo yoshlari bilan bilim tafakkur borasida bellasha oladigan, mustaqil fikrlaydigan, tafakkuri, didi baland,xorijiy tillar bilimdoni, har tarafdan yetuk yoshlarni tarbiyalash-bugungi kunning kechiktirib bо‘lmas vazifasidir.
Muhtaram Yurtboshimiz Prezidentlik lavozimiga kirishganlaridan birinchi qarorlari О‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash tо‘g‘risidagi qaror bо‘ldi.Ma’rifatga, adabiyotga, madaniyatu san’atga e’tiborning birinchi namunasi- о‘zbek she’riyatiga, о‘zbek san’ati rivojiga katta hissa qо‘shgan olovqalb shoir hurmatiga bag‘ishlandi.
2017 yilning 7 fevral kuni О‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha “2017-2021 yillarga mо‘ljallangan Harakatlar strategiyasi” haqidagi farmon tasdiqlandi1. Mazkur hujjat mamlakatimiz hayotida dolzarb ahamiyatga ega bо‘lib, unda davlat va jamiyat rivojlanishining muhim tamoyillari о‘z aksini topdi. Harakatlar strategiyasining IV yо‘nalishi – Ijtimoiy sohalarga yо‘naltirilgan bо‘lib, uning tо‘rtinchi bandida ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu bandda ayni sohada qilinishi lozim bо‘lgan barcha zarur chora-tadbirlar belgilandi. YA’ni, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish yо‘lini davom ettirish, Madaniyat va san’at muassasalari qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, maktabgacha madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini rivojlantirish, umumiy о‘rta ta’lim sifatini yaxshilash, о‘quvchilarning chet tillari va talab yuqori bо‘lgan boshqa fanlarni chuqur о‘zlashtirishlari, kasb-hunar kolleji о‘quvchilarining bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib mutaxassisliklar bо‘yicha ishga joylashishlari uchun imkon yaratish kabi dolzarb masalalar kо‘zda tutilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan 2017 yil 14 fevralda mamlakatimizda keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi samaradorligini ta’minlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil etildi. Ushbu markaz nohukumat va notijorat tashkilot bо‘lib, uning faoliyati doirasiga quyidagi yо‘nalish va vazifalar kiradi:
-Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilish jarayonlarini ularning bajarilishi bо‘yicha mas’ul komissiya bilan hamkorlikda qо‘llab-quvvatlash;
- Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bо‘yicha xalqaro
tashkilot va ekspertlar fikrlarini baholash, shuningdek, xalqaro tajribalar, jahon
standartlarini о‘rganib borish;
- amalga oshirilayotgan tadbirlarning keng jamoatchilik va ekspertlar ishtirokidagi muhokamasini tashkil etish;
- Harakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish bо‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazining eng muhim vazifalaridan biri Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim chora-tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring qilib borish hamda har bir yо‘nalish bо‘yicha guruhlarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


Yana bir tarixiy muhim voqea – Prezidentimizning 2017 yil 3 avgustda yurtimizning ijodkor ziyolilari, adabiyot va san’at namoyandalari bilan zamonaviy adabiyot, san’at, madaniyat va mana shu yuksak ma’rifat mezonlarining xalqimiz, xususan yoshlarimiz tarbiyasiga ta’siri haqida о‘tkazgan uchrashuvlaridir.
Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi mazkur muloqotda mamlakatimizda adabiyot, teatr, kino, musiqa, tasviriy san’at va boshqa ijod turlarini rivojlantirish borasida olamshumul yangiliklarga yо‘l ochib berdi. Mazkur yig‘ilish ijod ahlini qо‘llab-quvvatlash, ularga yetuk asarlar yaratishlari uchun barcha shart-sharoitlarni hozirlash, yosh ijodkorlarni kashf qilish, ustoz-shogird an’analarini kuchaytirish borasidagi mantiqiy mulohazalar, taklif va tavsiyalarga sabab bо‘ldi.
Yig‘ilishda davlat rahbarining: “О‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yо‘l qо‘ymaymiz” deb aytgan sо‘zlari haqiqiy san’at asarlarini yaratishga asos bо‘lishi muqarrar.
Tarixiy uchrashuv sohada katta islohotlarni boshlab berdi:

Download 122,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish