O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti



Download 122,56 Kb.
bet3/4
Sana21.07.2022
Hajmi122,56 Kb.
#832355
1   2   3   4
Bog'liq
Madaniyat markazi ishi Kazakova Indira

Tо‘rtinchidan, 2017 yil 16 avgustda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolangan “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish tо‘g‘risida”gi Qarori yuzlab taniqli madaniyat va san’at fidoyilarni yetishtirib chiqqan Farg‘ona vodiysining yosh iste’dodlariga yorqin yо‘l ochib berishga xizmat qildi.
Vodiyda madaniyat va san’at sohasida teatr, kino, televideniye, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga javob beradigan yetuk mutaxassislar tayyorlashga asos solindi.
О‘tgan uch , tо‘rt yil mobaynida Madaniyat va san’at sohasining chinakam homiysi hisoblangan Muhtaram Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga doir 30 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni (2017 yil 15 fevral),“О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi (2017 yil 15 fevral), “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi (2017 yil 31 may), “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi (2017 yil 7 avgust),“О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish tо‘g‘risida”gi (2017 yil, 16 oktabr),“О‘zbekiston davlat Konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi (2017 yil, 8 avgust), “О‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi (2017 yil, 15 avgust), “О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tо‘g‘risida”gi (2017 yil 18 oktabr), “О‘zbek miliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi (2017 yil, 17 noyabr),“О‘zbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi (2018 yil, 28 noyabr), “Milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi (2020 yil, 4 fevral), “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi (2020 yil, 4 fevral), Qarorlari ana shunday huquqiy-me’riy hujjatlar jumlasidandir.
Mana shu Qarorlarning amaliy natijalari о‘zbek san’atining dunyo san’ati bilan integratsiyalashuvi, jahon tajribalarini amalda qо‘llash, о‘zbek madaniyati va san’atining durdona asarlarini jahon sahnalariga olib chiqish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz sanalmish milliy maqom, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini kelajak avlodga sog‘u omon yetkazish borasidagi ulkan islohotlarda bor bо‘y bastini kо‘rsatmoqda.
2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasini jamiyat hayotidagi о‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga kо‘ra muzeylar innovatsiya dasturining qabul qilinishi , 2020-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’atni yanada rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar dasturining ishlab chiqilishi, Notalar tо‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar yaratish, san’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasini tuzish, 2021 yildan boshlab har yili 15 aprelni “О‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb bayram qilinishini tashkil etish, har oyning birinchi yakshanbasini muzeylarda ochiq eshiklar kuni о‘tkazish,”dо‘stlar klubini” muzeylar faoliyatiga ham tadbiq etish,Respublika Qо‘g‘irchoq teatriga О‘zbek milliy qо‘g‘irchoq teatri nomini berish, О‘zbek davlat sirki moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Yunus Rajabiy nomidagi о‘zbek milliy musiqa san’ati institutini ,Madaniy meros ilmiy tadqiqot institutini tashkil qilish, Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji deb qayta tashkil etilishi ham madaniyat va san’at sohasi islohotlarining eng dolzarb asoslaridandir.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada madaniyat markazlarining faoliyati, ish yuritish, markazlarning maqomini bir qadar yuksaltirish borasidagi qator manbalar qо‘llaniladiki, bu manbalar markazlarda hujjat yuritish mezoniga bevosita ta’sir kо‘rsatishi aniq.
Prezidentimizning “О‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmonlari – о‘zbek tilining xalq ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obrо‘-e’tiborini tubdan oshirish- unib-о‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini tо‘laqonli joriy etish maqsadida qabul qilingan.
Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringgi amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, bartaraf etish, yagona davlat siyosatini yuritish bо‘yicha takliflar tayyorlash, xorijiy davlatlar tajribasini chuqur о‘rgangan holda ilmiy asoslangan yangi sо‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bо‘yicha Atamalar komissiyasini tashkil etish, 2020-2030 yillarda о‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturini amalga oshirishdek muqaddas vazifalarni о‘z ichiga olgan bu qonuniy hujjat Madaniyat markazlari rahbarlarining ish stolida birinchi darajali hujjatlar qatoridan о‘rin olishi kerak.
Zero, har 21 oktabr sanasini “О‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi ona tiliga, milliy qadriyatlarga bо‘lgan katta hurmatning amaldagi isboti bо‘la oladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur yilning 23 sentabr kuni davlatimiz rahbarining videoanjuman shaklida bо‘lib о‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida Assambleya tarixida birinchi marta о‘zbek tilida iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yо‘nalishlarini taqdim etarkan, mintaqamizning kо‘hna va boy madaniy merosi global ahamiyatga ega ekanligini, 2021 yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni о‘tkazish masalasini ilgari surdi.Bu tashabbus keyingi uch yilda mamlakat Prezidenti madaniyat va san’at, ma’rifat sohasida olib borayotgan tarixiy islohotlarining mantiqiy davomi bо‘ladi.Soha xodimlarining oldiga yanada ulkan vazifalarni amalga oshirishga yо‘l ochadi.
Shu bilan birga dunyodagi yetti milliard inson uchun muqaddas minbar sanalgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari Kengashiga 2020 yil 13 oktabrda169 ta davlat tomonidan qо‘llab quvvatlanib, yashirin ovoz natijalariga kо‘ra kengashga 2021 yilning 1 yanvaridan uch yil muddatga a’zo bо‘lishi ham ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etayotgan madaniyat markazlari faoliyati uchun ham alohida iftixorli holatdir.
Masala mana shunday olamshumul islohotlarni madaniy-ma’rifiy islohotlar kо‘rinishida xalqqa yetkazishdan iborat.



Download 122,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish