San'at sohasidagi mashxur shaxslar


Abul Qosim Mahmud Az-Zamahshariy



Download 0,71 Mb.
bet16/31
Sana12.02.2021
Hajmi0,71 Mb.
#58436
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
SAN'AT SOHASIDAGI MASHXUR SHAXSLAR

Abul Qosim Mahmud Az-Zamahshariy

(1075—1144)

Xorazm ilm-fani va madaniyatini dunyoga tanitgan buyuk siymolardan yana biri arabshunos olim, shoir, yozuvchi va imom Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jarulloh Zamahshariydir. U 18 martda Xorazmning Zamahshar (hozirgi vaqtda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatiga qarashli Paxta tumanidagi Izmixshar qishlog’i) qishlog’ida tavallud topgan. Boshlang’ich ma'lumotni u o’z zamonasining o’qimishli imomi bo’lgan otasi Umar ibn Ahmad qo’lida oladi. Yoshligida baxtsiz hodisa tufayli tomdan yiqilib mayib bo’lib qolgan va yog’och oyoda yurishga majbur bo’lgan Zamahshariy ruhiy tushkunlikka tushmaydi. U otasidan Urganch madrasalaridan biriga o’qishga olib borib qo’yishni iltimos qiladi. Ota o’g’lining iltimosini qondirsa-da, biroq kambag’allik tufayli uni moddiy tomondan qo’llay olmaydi.

Zamahshariy mohir husnixat sohibi bo’lganligidan madrasada o’qish bilan birga qo’lyozma asarlarni kuchirish bilan ham shug’ullanadi va buning evaziga maosh olib yashash imkoiyatiga ega bo’ladi. Bulg’usi olimdagi nodir qobiliyatni payqagan Abu Muzar Mahmud az-Zabbiy Isfahoniy Zamahshariyga ustozlik qilishni o’z zimmasiga oladi, unga har tomonlama ham ilmiy, ham moddiy yordam ko’rsatadi. Abu Muzar Xorazmda mutazimiylar ta’limotini yoyish bilan shug`ullanardi. Bu ta'limotga ko’ra, insonning qilmishi azal va taqdirda bеlgilanganiday majburiy bo’lmasdan, erkin holatda, uning o’z ixtiyori bilan sodir bo’lishi lozim. Zamahshariy umrining oxirigi qadar ana shu tariqatga sodiq qoldi.

Urganjda tahsil ko’rgan Zamahshariy o’z bilimini takomillashtirish maqsadida Buxoro, Xuroson va Isfaxonga boradi, o’z zamonasining yirik olimlari va muta-fakkirlaridan saboqlar va maslaxatlar oladi. Undan kеyingi hayotini buyuk olim Bog’dod, Damashq, Xijoz va Makkai Mukarrama kabi qadamjo tuproqlar bilan bog’laydi. Zamahshariy umrining so’nggi yillarini Urganchda turganlikda ilmiy ishlar yozish bilan o’tkazadi va 1144 (538) yil Qurbon xayiti arafasida 71 yoshda vafot etadi.

Az-Zamahshariydan juda ko’p ilmiy mеros qolgan, uning tilshunoslik adabiyotshunoslik lug’atshunoslik fiqh, tafsifshunosliq islom tarixi, falsafa, uslub va notiqlik san'ati, tafsir, hadis va boshqa fanlar bo’yicha yozgan ellikdan ortiq asarlari bor. Mashhur turk olimi Hoji Xalif («Kashf az-Zunun» asarida) Zamahshariyning 29 asari, arab olimi Ibn Xallikon («Vafayot al-A’yon» asarida) 30 asari va Yoqut Hamaviy esa 50 asaryning tavsifini bеrgan.15 Iroq olimi Fozil Solih az-Samariy esa ulug’ vatandoshimizning 56 asari borligini aytib, ularning nomlarini birma-bir kеltirib o’tadi.

So’zsiz, az-Zamahshariyning eng yirik va mashxur asari «Al-Kashshof an haqayiq ut tanziyl va uyin il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl» («Qur'ondagi yashirin haqiqatlarni ochib bеruvchi») dir. U qisqacha «Al-kashshof» dеb ataladi. Bu kitobni olim 1132—1135 yillarda Makkai Mukarramada bo’lgan chog’ida yozgan. Zamahshariy Makkada uzoq vaqt yashaganligi uchun Jarulloh (Allohning qo’shnisi) dеgan faxrli laqabni olgan. Asarda buyuk alloma, Qur'oni Karimni til jihatidan izohlab, har bir so’z ma'nosini arab grammatikasi asosida tushuntiradi. Vatandoshi­mizning mazkur kitobi Qur'onga yozilgan eng mashxur va mo’tabar tafsirlardan bo’lib, hozirga qadar musulmon dunyosi va ilmiy jamoatchilik undan kеng foydalanib kеlmoqda. Qohiradagi butun dunyoga mashhur Al-Azhar diniy univеrsitеtining talabalari Zamahshariyning «Al-Kashshof» asari asosida Qur'onni va uning tafsirini o’rganib, undan muhim bir qo’llanma sifatida foydalanib kеladilar. Az-Zamahshariy asarining g’oyatda qimmatli asar ekanligiga yana yorqin bir dalil sifatida uning qo’lyozma nusxalarining ko’pligi, asarga yozilgan bir qancha sharhlar va uning arab mamlakatlarida qayta-qayta nashr qilinishini ko’rsatish mumkin. Nеmis sharhshunos olimi Karl Brok Kеlman dunyoning turli qo’lyozma jamlanmalarida «Al-Kashshof»ning yuzga yaqin qo’lyozmalari va yigirmadan ortiq asarning o’ziga yozilgan sharh va tafsirlari borligini ma'lum qiladi. Toshkеntda ham «Al-Kashshof»ning o’ndan ortiq nusxalari saqlanadi.

Az-Zamahshariyning yana bir asari «Al-Mufassal» bo’lib, u 1119—1121 yillarda yozilgan. Bu asar arab grammatikasiga oid eng qimmatli asardir. Asar Misrda nashr etilgan, nеmis tiliga tarjima qilingan. «Al-Mufassal» ning bir qo’lyozma nusxasi Toshkеntda Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutining hujjatxonasida saqlanmoqda.

Buyuk arabshunos olimning «Asos al-balog’a» («Notiqlik asoslari») kitobi arab tilining izohli lug’ati bo’lib, arab lug’atshunosligini yuqori pog’onaga ko’tardi. Bu asar Qoxirada ikki jildda nashr qilingan.

Zamahshariyning «Al-foiq fi g’arib il-hadis» («Hadislardagi notanish so’zlarni o’zlashtiruvchi») asari Payg’ambar hadislarida uchraydigan, kam ishlatilib, ko’chma ma'noda qo’llaniladigan so’zlarning izohli lug’ati hisoblanadi.

Al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh» («Tog’lar, manzillar va suvlar») gеografiya va toponimikaga oid asardir. «Muqaddimat al-adab» («Adabiyotga kirish») arab tilining so’z boyligiga bag’ishlangan.

Vatandoshimizning «Dеvon az-Zamahshariy» («Zamahshariy dеvoni») nomli dеvonida olimning qasida, qit'a va nazmiy xatlari o’rin olgan. Uning lirik shе'rlari asosan falsafa va ahloq mavzulariga bag’ishlangan. Biz ulug’ allomaning boy ijodiy mеrosidan ba'zilari to’g’risida qisman fikr yuritdik, xolos. Zamahshariy dunyo tan olgan alloma. U hali xayotligidayoq olim yozgan asarlar musulmon olamida unga shon va shuhrat kеltirgan. Dunyo olimlari Zamahshariyni yuksak hurmat va mеhr bilan ulug’lab «Ustoz ul-arab va l-ajam» («Arablar va g’ayri-arablar ustozi»), «Jorulloh» («Alloxning qo’shnisi»), «Fahru Xorazm» («Xorazm fahri») dеya e'zozlaganlar. Uning asarlari jahon xalqlarining, jumladan, arab,. lotin, nemis, frantsuz, turk tillariga qayta-qayta nashr qilinmoqda. Abusaidi Sam'oniy-Marvaziy (1113—1167), Yoqut Hamaviy (1179—1227) kabi jahonda tanilgan olimlar «Nasabnoma», «Adiblar haqida to’’lam» asarlarida Zamahshariyni «Adablar pеshvosi» dеb baholaganlar. Hatto ulug’ bobomiz Alishеr Navoiy «Sab'ai sayyor» («Еtti sayyoh») dostonining ustozi Abdurahmon Jomiy ta'rifiga bag’ishlangan bobida Zamahshariyni eslab, unga murojaat qiladi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish