IV.Mustahkamlash
1. Undalma gap bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishadimi?
2. Undalmalar gapning qaysi o‘rinlarida kelishi mumkin?
3. Undalma o‘zi qo‘shilayotgan gapga qanday uslubiy ma’nolarni yuklaydi?
4. Undalmalar gapning o‘rtasi va oxirida kelganda, qanday subyektiv munosabatlarni anglatadi?
V.Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa:
91-mashq. Undalmalarning gapdagi o‘rnini aniqlang, shunga ko‘ra ulardagi uslubiy ma’nolarni izohlang.
1. Menga qara, ko‘ppak, xotiningni oldiga shu alpozda borma! (Said Ahmad) 2. E devona, o‘zi narsaga muhtoj bo‘lsa, senga narsa olib kelarmidi! (Abdulla Qahhor) 3. Yaxshilik yerda qolmaydi, o‘g‘lim.Bizga ko‘rsatgan lutf-u karamingiz, Xudo xohlasa, o‘n chandon bo‘lib o‘zingizga qaytadi. (Tohir Malik) 4. Axir, mulla Said Jalolxon, nega kishini qo‘rqitasiz? (Abdulla Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |