Darsgayakunyasash: Amaliymashg’ulotniyaxshibajargano’quvchilarishinamoyishetiladivatahlilqilinadi. O’quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
Sana:__________ Tekshirildi_____________
3-dars. Mavzu: Yo’lsimon naqsh ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:
o’quvchilarga yo’lsimon haqshlar haqida ma’lumot berish;
yo’lsimoh naqshlarni ishlashning o’ziga xos xususiyatlari va uning ahamiyati bilan tanishtirish;
o’quvchilarning tasviriy malakalarini o’stirish;
badiiy bilim doirasini kengaytirish;
ularni estetik va badiiy didlarini rivojlantirish.
Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.
Darsning jihozlanishi: Naqshlar aks etgan buyumlar rasmlari va naqshlangan buyumlardan namunalar, shu mavzuda parallel sinf o’quvchilari tomonidan ishlangan naqsh namunalari.
Dars tafsilotlari:
I. Dars mavzusiga kirish: Darsni ustalar tomonidan ishlangan naqsh namunalari, naqsh bilan bezatilgan tayyor mahsulotlar, tarixiy obidalarga ishlangan naqsh bezaklari misolida savol-javob orqali suhbat qilish bilan boshlash maqsadga muvofiq. Suhbat davomida «Naqsh» - arabcha so’z bo’lib, tasvir, gul degan ma’noni anglatishi, u o’simliklar, handasaviy (geometrik) belgilar, mevalar tasviri asosida ishlanishi ularning
takrorlanishidan hosil qilingan bezaklar naqsh deb atalishi ta’kidlanadi. Har qanday naqshlarning belgilari tevarak-atrofdan olinganligi haqida tushuncha beriladi. Respublikada ko’zga ko’ringan naqsh ustalari haqida ayrim muhim ma’lumotlar beriladi. Xususan,
Usta Shirin Murodov (1897- 1957) haqida. U O'zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, me’mor, ganch o'ymakorligi ustasi. Ganch o'ymakorligining an’analarini mahorat bilan qo'llagan, ularni yangi mazmun bilan boyitgan (naqsh zaminida ko'zgudan foydalangan). Usta Shirin Murodov Toshkent kuranti, Navoiy teatri, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi va boshqa tarixiy obidalarni bezatishda ishtirok etgan.
O'quvchilar naqsh chizishning o'ziga xos xususiyatlari, uning ahamiyati bilan tanishtiriladi. Tarixiy obidalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turli-tuman jihozlardagi naqshlar tahlili orqali dars tushuntiriladi. Naqsh turlari haqida o'quvchilarning fikrlari tinglanadi.
Asosiy qism:
0‘qituvchitomonidanturlinaqshnamunalaridarslikdagivadarslikdaberilmaganqo'shimchamateriallaryordamidako'rsatiladi. Naqshlarning yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak va doiraviy turlari borligi va ularning bir-biridan farqi aytib o'tiladi. Yo'lsimon naqsh namunalariga alohida urg'u hamda uni chizish va bo'yalishi yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Oddiy naqsh chizish uchun, avvalo, ikkita o'zaro parallel chiziqlar chiziladi va birxil kattalikdagi kvadratchalarga bolinadi. Birinchi katakka asosiy naqsh chiziladi. Keyingi bosqichda asosiy naqsh takrorlanib, yo'lsimon naqsh to'ldiriladi. Bunday bir xildagi takrorlanishdan ritm hosil bo'ladi. So‘ngra naqsh xoshiyasi ishlanadi. Oxirgi bosqichda naqsh bo'yaladi.
Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar namunalarga asoslangan holda yangi yo'lsimon naqsh namunalarini ishlaydilar. O'qituvchi o'quvchilar ishini kuzatadi va amaliy yordam ko'rsatadi.
Darsga yakun yasash: Dars jarayonida fikr yuritilgan tushunchalar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
Sana:__________ Tekshirildi_____________
4-dars. Mavzu: Naturaga qarab rasm chizish
Darsning maqsad va vazifalari:
haqidagi tushunchalarini rivojlantirish;
o'quvchilarda hajmli shakllar haqida to'g'ri tasavvur hosil qilish;
_ naturaga tushayotgan yorug'-soya yuzasidan dastlabki tushunchalar ’ berish;
rasm ishlash yuzasidan boshlang'ich malakalar hosil qilish.
Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Naturaga qarab rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: Geometrik jismlar: shar va kub maketlari.
Dars tafsilotlari:
I. Dars mavzusiga kirish: Tevarak-atrofdagi har bir narsa ma’lum shaklga ega ekanligi misollar asosida tushuntiriladi.
Natyurmort frantsuzcha «jonsiz tabiat» degan ma’noni bildirishi aytiladi. Insoniyat hayotida ishlatiladigan buyum, narsalar, sabzavot va mevalar, asbob-uskuna kabilarga o‘xshash namunalarning tasvirlanishi tasviriy san’atda natyurmort janri deyilishi tushuntiriladi. 0‘quvchilarni rassomlar asarlari bilan tanishtirish jarayonida natyurmotrchi rassom- lardan R. Ahmedov, L. Salimjonova, T. Abdurahmonov, R.Oripovalar haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi. Darslikdagi rasmlar bilan tanishish jarayonida o'quvchilarturli shakldagi predmetiarni kuzatishlari, predmetlar shakli va rangini estetik idrok etishga erishiladi. Turmushda turli-tuman narsalar mavjud bo'lib, ular hajmli va yassi narsalar deb ikki turkumga bo'linishi, yassi narsalar turkumiga: daftar, papka, qog‘oz, tunuka, barg, belkurak kabilar kirsa, hajmli narsalar turkumiga esa koptok, chelak, choynak, quti, daraxt, uy kabilar kirishi aytib o'tiladi. Tabiatdagi (anor, loia, paxta, barg va boshqalar) shakllar, shuningdek, handasiy (geometrik) shakllar (doira, to'rtburchak, uchburchak va boshqalarjning nomlari va shaklning o'ziga xosligi yuzasidan ma’lumotlar beriladi, darslikdagi rasm va savollar asosida suhbat uyushtiriladi.
Aylana, kvadrat, to'rtburchak, uchburchak, oval kabi handasaviy (geometrik) jismlar yuzasidan suhbatda atrofimizdagi narsalar geometrik jismlarga yoki ularning birikmalariga o'xshashligiga e’tibor qaratiladi. O'quvchilar aylana, kvadrat, oval, uchburchak va to'rtburchak shakllar chizadilar.
O'quvchilar rangtasvir ustasi Rahim Ahmedov ijodi bilan qisqacha tanishtiriladi. Rassom yaratgan natyurmortlarda o'zbek diyoridagi tabiat ehsonlari rang-barang bo'yoqlarda tashlanishiga e’tibor qaratiladi. Rassom ishlagan natyurmortlar asosida mavzuni yoritish davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |