Sana: Tekshirildi tasviriy san’at dars. Mavzu: 0‘zbekiston bayrog'i rasmini ishlash



Download 381,5 Kb.
bet1/19
Sana28.03.2022
Hajmi381,5 Kb.
#515207
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 sinf rasm konspek



Sana:__________ Tekshirildi_____________
TASVIRIY SAN’AT

  1. dars. Mavzu: 0‘zbekiston bayrog'i rasmini ishlash

Darsning maqsad va vazifalari:

  • o'quvchilarga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • o'quvchilarning tasviriy malakalarini rivojlantirish;

  • o'quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish.

Tasviriy faoliyat turi: Borliqni idrok etish. Naturaga qarab rasm ishlash.
Darsning jihozlanishi: O'zbekiston bayrog'i.
Dars tafsilotlari:

  1. Darsga tayyorgarlik: Dars uchun yetarli miqdorda zarur ashyolar hozirlanadi. O'zbekiston bayrog'i tegishli joyga osiladi. Doskaga dars mavzusi va tegishli ma’lumotlar yozib qo'yiladi.

  2. Dars mavzusiga kirish: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash bilan bog'liq bo'lgan darslikdagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi.

Unda 1-sentabr - O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni ekanligi, bu kunni 1991-yildan buyon bayram qilinishi aytib o'tiladi. O'quvchilar bu yilgi bayramni qanday o'tkazganliklari, ko'chalar nimalar bilan bezatilishini savol-javoblar orqali bilib oladilar.
O'zbekiston Respublikasi bayrog'i, uning qabul qilingan sanasi, undagi ranglarning ma’nosi o'quvchilar yodiga tushiriladi. Bunda quyidagicha savol-javob o'tkazish mumkin:
O'zbekiston Respublikasining qanday ramzlarini bilasiz?
O'zbekiston Respublikasining ramzlari - O'zbekiston Respublika­sining Davlat madhiyasi, Davlat bayrog'i, Davlat gerbi
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qachon qabul qilingan?
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i - 1991-yil 18- noyabr kuni qabul qilingan.
Davlatimiz bayrog'idagi har bir rang qanday ramziy ma’noni bildiradi?
Davlatimiz bayrog'idagi ranglar: moviy rang - tiriklik ramzi aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. U timsollar tilida yaxshilik va halollikni bildiradi, oq rang esa poklik, beg'uborlik, soflikni, yashil rang - navqironlik, umid va shodumonlik timsoli, qizil chiziqlar - hayotiy kuch va qudrat ramzi hisoblanadi.
Asosiy qism:
Ma’lumki, rasm ishlash narsa tasvirini qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirishdan boshlanadi. Tasvirlanadigan narsaning bo'yi va eni o'zaro taqqoslanib, bo'yi enidan katta yoki teng bo'lsa, u qog'ozning bo'yiga, aksincha, bo'yi enidan kichik bo'lsa, tasvir qog'ozning eniga joylashtiriladi. Tasvir qog'ozning o'rtasiga joylashtirilishi lozim. U katta ham, kichik ham bo'lmasligi kerak.
O'qituvchi tomonidan qog'oz o'lchami va holatini to'g'ri tanlash va bayroq chizishning darslikda berilgan bosqichlari bo'yicha ishlash tushuntiriladi va chizib ko'rsatiladi. Mazkur darsda naturadan rasm ishla- nishi sababli o'quvchilar bayroq chizish bosqichlari bilan tanishganlaridan so'ng darsliklar yopib qo'yiladi. Narsaning o'ziga qarab rasm chizish tas- viriy san’at mashg'ulotlarining asosiy turi hisoblanadi. U o'quvchilarning narsani tuzilishi, shakli, rangi, materiali, fazoviy holati to'g'risida aniq tushunchaga ega bo'lish ko'nikmalarini o'stiradi. Narsa rasmini chizishdan avval, uni har jihatdan kuzatish narsa haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. O'qituvchidan chiziladigan bayroqni sinfda hamma o'quvchilarga ko'rinarli qilib o'rnatish talab qilinadi.
O'quvchilar doskaga ilingan O'zbekiston bayrog'iga qarab mustaqil rasm ishlashga kirishadilar. Dastlab ular darslikda berilgan qalam bilan chamalab bayroq o'lchamlarini va tasvirning qog'ozdagi o'rnini aniqlaydilar. Bunda ularga o'qituvchi yordam beradi. Sinfda bayroq rasmini ishlashning qora qalamda bajariladigan bosqichlari ko'rsatiladi. O'qituvchi bu vaqtda o'quvchilar bajarayotgan ishlarni kuzatab yuradi, ularga maslahatlar beradi.

Download 381,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish