Sana: Sinf: Mavzu: “Ilm baxt kaliti”



Download 95 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi95 Kb.
#316390
Bog'liq
9- may Xotira va qadrlash kuni


Sana:
Sinf:

Mavzu: “Ilm baxt kaliti”
Dars shiori: “Beshikdan to qabrgacha, ilm izla”
I.Darsning maqsadi:
a) o’quvchilarga xalq og’zaki ijodi namunalari bo’lgan rivoyat va maqollar haqida ma’lumot berish
b) o’quvchilarning maqollar va rivoyatlarga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish
c) o’quvchilarda fikrlash, qiyoslash, xulosalash ko’nikmalarini va vatanparvarlik, ezgulik  tuyg’ularini  rivojlantirish
Dars turi: noan’anaviy
II.Darsning usuli:  
  Test, savol-javob, “Kim topqir?”,“O’tmishga sayohat” o’yinlari
III.Dars jihozlar:darslik, A4 formatidagi qog’oz, proyektor 
IV.Darsning borishi: salomlashish, sinf ozodaligini tekshirish, davomatni aniqlash.                                                     

O’tgan darsda o’quvchilar bilan “Yozgi ta’til” (Predmetlarni hajm va o’lchoviga ko’ra ta’riflash) mavzusi bilan tanishilgan edi. Uyga vazifa
 “Yoz o’tdi soz” matnini o’qish, Po’lat Mo’minning “Non aziz-eng halol she’rini va lug’at so’zlarni yod olish topshirilgan edi. O’quvchilardan uyga vazifa so’raladi va faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.         Yangi mavzu bayoni: “Bilim-xazina” mavzusi slaydlar orqali namoyish etiladi. Rivoyat o’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimgi janrlaridandir. Rivoyatlar  hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi xalq og’zaki ijod turidir. Rivoyatlarda tarixiy hodisalar va ayrim tarixiy shaxslar bilan bog’liq hodisalar hikoya qilinadi. Rivoyatlar u yoki bu voqea haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifasini bajaradi. Rivoyatlar  mavzusiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: Toponimik rivoyatlar va tarixiy rivoyatlar. Toponimik rivoyatlarda joy nomlarining kelib chiqishi bilan bog’liq hikoyalar ifodalanadi. Masalan:Samarqand nomining kelib chiqishi bilan bog’liq rivoyatlar. Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati yoki xalq qhramonlari bilan bog’liq  bo’lgan voqealarni aks ettirib, ahloq va odobning go’zal ko’rinishlarini ulug’laydi. Masalan:To’maris, Shiroq, Ibn sino haqidagi rivoyatlar.  O’quvchilar bilan birgalikda quyidagi rivoyat o’qiladi va savol-topshiriqlarga javob beriladi: “Bir podsho uch o’g’liga nomingizni qoldiradigan ish qiling deb mablag’ beribdi. Katta o’g’il chiroyli maqbara qurdiribdi. O’rtanchasi bog’ yaratibdi. Kenjasi do’st orttiribdi. Buni eshitgan ota: “Vaqti kelib  maqbara nurab bitadi, bog’ quriydi ammo chin do’st umrinig oxirigacha do’stiga yaxshilik qiladi, kichik o’g’lim juda to’g’ri ish tutibdi,”- deb butun boyligini unga topshiribdi.”                                      
    Xalqning dono, purhikmat ifodalari, yirik madaniyat arboblari olimlar, davlat arboblarining ibratomuz gaplari xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarini ixcham shaklda ifodalovchi asarlar maqolllardir. ,,Maqol” so’zi arabcha bo’lib, ,,so’z” demakdir. Maqollarda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda va albatta, hukm tarzidagi ibratli fikr bo’ladi. U yoki bu maqollarning ko'chma
  ma'nosini, unda nima deyilmoqchi bo'layotganligini aniqlash uchun maqolda keltirilgan obrazlarning mohiyatini to'g'ri anglamoq kerak. O’quvchilar o’qituvchi yordamida quyidadi maqollarni o’qishadilar va ularning ma’nolarini tahlil qilishadi:
 Egrining soyasi ham egri.
Tekinning minnati ko’p,
Mehnatning ziynati ko’p.
Egri ozadi, to’g’ri o’zadi.
     1-mashqda berilgan rivoyatni o’quvchilar o’qishadi va ajratib ko’rsatilgan so’zlarning lug’atini yozib chiqishadi. 4-mashqni o’quvchilar doskada bajaradilar.
   Yangi mavzuni mustahkamlash “Kim topqir?” o’yini o’tkaziladi. O’quvchilar o’yin shartlari bilan tanishtiriladi. Bu o’yin proyektor yordamida amalga oshiriladi. O’quvchilar ikki guruhga ajratiladi. Proyektorda maqollarning birinchi qismi beriladi, o’quvchilar esa maqollarni davom ettirishlari kerak bo’ladi. 
Mehnatdan kelsa boylik- …   …                                                                   

Izzat tilasang ko’p dema … …                                                                                   

Ona yurting omon bo’lsa …   … …                                                                                                             

Qarisi bor uyning … …                                                                                                         

Qizim senga aytaman…  …                                                                                            

Yaxshi so’z qand yedirar                                                                                                     

Yomon so’z …  … …                                                                                                                        Aybsiz do’st izlagan …  … …                                                                                                               

Ko’z qo’rqoq



 
Qaysi guruh eng birinchi va eng to’gri javoblarni aytsa o’sha guruhga “Rag’bat kartochkasi” beriladi. O’yin oxirida kartochkalar sanaladi va g’olib guruh aniqlanadi.  


    Mavzuni mustahkamlash uchun 2-o’yin “O’tmishga sayohat” o’yini o’tkaziladi. Bu o’yinda o’quvchilarning barchasi sayohat qatnashchilari bo’ladi.  O’yin shartlari tushuntiriladi, bunda o’quvchilar ikki guruhga ajratiladi. Har ikkala guruh uchta orolga sayohat qilishadi: “Bilimdonlar oroli”, “Sharhlovchilar oroli”, “Donishmandlar oroli”.
 “Bilimdonlar oroli”da o’quvchilarga mavzu bo’yicha savollar beriladi:
1.   Rivoyatlarning qnday turlarini bilasiz?
2.  “Maqol” so’zining ma’nosi?
3.     “Bilim baxt keltirar” rivoyatida otaning merosi nimalardan iborat edi?
4.      O’gillar nimani tanladilar?
5.     Kimga eng bebaho meros qolgan ekan?
“Sharhlovchilar oroli”da o’quvchilar hikmatlarning mazmunini so’zlab beradilar: 
1.Olimlar bilan o’tirsang foyda olasan. Chunki gul yonida o’tirgan kishiga gul hidi urib qoladi.
2.Ilm va odob -tagi yo’q xazina. Kimki unga ega bo’lsa, qadr-qiymati baland bo’ladi.
“Donishmandlar oroli”da quyidagi ilm haqidagi hadis qo’yib eshittiriladi yoki o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi. Sayohatchilarga  ilm haqidagi bilgan maqollarini eslash va ularning mohiyatini ochish topshiriladi: “Ilm egallang! Ilm- sahroda do’st, hayot yo’llarida-tayanch, yolg’izlik
 damlarida –yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda-rahbar, qayg’uli onlarda-madadkor, odamlar orasida-zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi quroldir.”
      Olim bo’lsang, olam seniki. Bilim- davlatdan qimmat. Ilm-aql chirog’i. Bilimli kishi o’zar, bilimsiz kishi to’zar. Ilmni mehnatsiz egallab bo’lmas.  Shu tariqa sayohatchilarning “O’tmishga sayohatlari” yakunlanadi va o’quvchilar rag’batlantiriladi. 
  Uyga vazifa: Keltirilgan maqollardan birini sarlavha sifatida tanlab, kichik matn tuzib kelish, lug’at so’zlarni o’qib kelish topshiriladi.


Yangiyo’l tumani Pedagogika kolleji 3-bosqich 71-guruh o’quvchisi Xurramova Shirinoyning tarbiyaviy soat fanidan “Ilm baxt kaliti”mavzusidagi




Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish